QISQACHA XULOSA
Jamiyatning siyosiy hayotini erkinlashtirish avvalo, aholining siyosiy faolligini kuchaytirishni, hokimiyat vakolatlarini nodavlat va jamoat tashkilotlariga, fuqarolarni o’zini-o’zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o’tkaza borishni taqozo etadi.
Iqtisodiyot sohasini yanada erkinlashtirish vazifasi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy erkinliklarini kengaytirish, mulkdorlarning mavqei va huquqlarini mustahkamlashni o’z ichiga qamrab oladi.
Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish masalasida o’z haq- huquqlarini taniydigan, mustaqil fikrlay oladigan, iymon-irodasi, ehtiqodi mustahkam, shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’unlashtiradigan, erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etish kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishni, mamlakatimizning kelajagini tahminlovchi yetuk mutaxassislar yetishtirishni taqozo etadi.
Aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning barcha bosqichlariga, «O’zbek modeli»ning mazmuni va mohiyatiga mos bo’lgan muhim bir mezon bo’lib kelmoqda.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlash iqtisodiy islohotlarning mazkur bosqichiga xos bo’lib, bunda bozor infratuzilmasini rivojlantirish, eksportga moslashgan va import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, moliya va bank tizimi faoliyatini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta’minlash mazkur bosqichdagi dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Bu vazifa jahondagi globallashuv sharoitida, turli mintaqalardagi vaziyatning keskinlashuvi O’zbekistonning suveriniteti va barqaror taraqqiyotiga xavf solishi mumkin bo’lgan tahdidlarga munosib javob qaytaradigan xavfsizlik tizimlarini yaratishni taqozo etadi. Mazkur bosqichda bunday tizim yaratildi.
O’zbekistonning o’ziga xos va o’ziga mos yo’li bo’lgan «O’zbek modeli» mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, ijodiy rivojlantirilmoqda.
Umuman, «O’zbek modeli» O’zbekistonning o’ziga xos bo’lgan taraqqiyot yo’li bo’lib, bu yo’l mamlakatimizning tarixiy – milliy xususiyatlarini, geografik va demografik shart-sharoitlarni hisobga olgan, respublikaning bosh, strategik maqsadi sari yo’naltirilgan, islohotlarning har bir bosqichida ijodiy rivojlanib boruvchi dasturiamaldir.
MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR
Demokratik jamiyat qurishda turli xil modellarni bayon eting
“O’zbek modeli”ning o’ziga xosligi nimalardaq
Prezident Islom Karimovning “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” asarining tarixiy ahamiyatini gapirib beringq
“Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang” kontseptsiyasining g’oyaviy mazmuni nimalarni anglatadiq
Dunyoviy davlatning konstitutsiyaviy-huquqiy tahrifi va milliy davlatchilik tushunchalarini izohlab beringq
O’zbekistonda demokratik jamiyat qurilishi jarayonida inson erkinligi, huquqlari va manfaatlarining ustuvorligi nimalarda namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |