Reja O’zbekiston tarixi predmeti



Download 430,38 Kb.
bet4/98
Sana20.06.2022
Hajmi430,38 Kb.
#683385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Bog'liq
O\'zb Tarix To\'liq Xolmanov

Dovon yoki Parkana nomi bilan mashhur bo‘lgan davlat Vatanimiz hududidagi qadimgi davlatlardan sanalsa-da, biroq uning haqqoniy tarixi xususida hozirgacha to‘la maTumotlar topilmagan. Faqat Xitoy yozma manbalarida ko‘rsatilishicha bu davlat mil. av. III-n asrlarda mavjud bo‘lgan. Vaholanki Farg‘ona vodiysi ham ajdodlarimizning madaniy, o‘troq hayoti kechgan, o‘z davlatchiligiga ega mustaqil hudud sifatida Xorazm, Baqtriya, Sug‘diyona,
Marg‘iyona singari qadimgi davlatlar bilan tenglasha olishiga hech bir shubha yo‘q. Buni mil. av. II asr boshlarida bu o‘lkaga tashrif buyurgan Xitoy elchisi Chjan Tsyan yozib qoldirgan esdaliklar ham isbot etadi. Manbalarda aytilishicha, bu davrda Farg‘onada 300 ming nafar aholi yashagan. Uning 70dan ziyod katta-kichik shaharlari bo‘lib, ularda savdo-sotiq, hunarmandchilik yuksak darajada rivojlangan. Mamlakat poytaxti Ershi (hozirgi Andijon viloyatning Marhamat tumanida joylashgan) o‘z davrining obod, ko‘rkam va aholisi gavjum shaharlaridan sanalgan. Qadimgi O‘zgan, Koson ham Dovonning eng mashhur shaharlari sirasiga kirgan. Dovon hududida 10 dan ortiq yirik dehqonchilik manzilgohlari mavjud bo‘lib, ularda erli mirishkor aholi sholi, bug‘doy, paxta va boshqa dehqonchilik ekinlari etishtirish bilan shug‘ullangan. Bularga Aravonsay, Oqbo‘ra, Sultonobod, Qo‘rg‘ontepa, Andijonsoy, Moylisoy, Ulug‘nor, Yilg‘insoy, Shahrixonsoy kabi dehqonchilik makonlarini nisbat berish mumkin. Xitoy sayyohi vodiyda uzumchilik nihoyatda rivojlanganiga, shu bilan birga undan noyob sharbat va uzoq muddat saqlanadigan, quvvati o‘tkir vinolar tayyorlash yuksak darajada yo‘lga qo‘yilganligiga alohida urg‘u beradi. Dovondagi ijtimoiy-siyosiy hayotning yana bir muhim jihati - bu ayollarning jamiyatda tutgan mavqeining alohidaligidir. Chjan Tsyanning e’tiroficha, bu erning erkaklari ayollarga alohida hurmat ko‘rsatganlar. Boshqacha qilib aytganda, xotin- qizlarning har qanday topshirig‘i erlar tomonidan bajarilishi shart hisoblangan. Davlat hukmdori mamlakat hayotiga oid har qanday ichki va tashqi masalalarni hal etishda Oqsoqollar kengashiga, uning maslahatlari va yo‘l-yo‘riqlariga suyangan. Ayniqsa urush va tinchlik, elchilik aloqalari masalasida Oqsoqollardan iborat Oliy kengash alohida vakolatlarga ega bo‘lgan. Hukmdor buni e’tirof etishga majbur bo‘lgan.
Xitoy Farg‘ona davlatining boy-badavlat turmushiga, uning boyliklariga ko‘z olaytirib, unga qarshi bir necha bor katta qo‘shin tortib bostirib kelgan. Chunonchi, mil. av. II asr oxirlarida (104 yilda) va milodiy 1 asrning 80-yillarida xitoyliklar Dovon davlatini o‘zlariga bo‘ysundirish uchun u bilan shiddatli urushlar olib borganlar. Dovonliklar o‘z qo‘shnilari- Qang‘a va Kushon davlatlarining harbiy yordami bilan yurt mustaqilligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ladilar. O‘rta Osiyo hududlarini kuch bilan egallash mumkin emasligini tushungan Xitoy tomoni shundan so‘ng Dovon davlati bilan shartnoma tuzadi. Bunga ko‘ra ikkala davlat o‘rtasida diplomatik va savdo-sotiq munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, jumladan, Farg‘onaning uchqur arg‘umoqlarini Xitoyga sotishga kelishib olinadi. Farg‘ona hududi O‘rta Osiyo ijtimoiy siyosiy hayotida sodir etilgan keyingi muhim o‘zgarishlar jarayonida ham o‘zining nisbiy mustaqilligini bir muncha saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.

  1. Kushonlar saltanati.

Markaziy Osiyo xalqlari tarixidagina emas balki butun antik dunyo tarixida mashhur bo’lgan Rim, Parfiya, Xan (Xitoy) imperiyalari safidan mustahkam joy olgan Kushonlar saltanati insoniyat tsivilizatsiyasi tarixida o’ziga xos munosib o’rin egallaydi. Mil.av. II asrning ikkinchi yarmida Sharqiy Turkiston hududlarida yashovchi yuechji qabilalari qo’shnisi xunlar tazyiqiga uchrab, ularning siquviga bardosh berolmay g„arbga tomon siljiydilar. Yuechjilar Issiquo’l atrofida sak qabilalari bilan to’qnashib ularni janubiy-g„arb tomonga suradilar. Biroq yuechjilar usun qabilalari zarbasiga uchrab janubga siljib mil.av.130 yillarda Sug„diyona hududiga kirib keladilar. Yuechjilar, Xitoy tarixchisi Chjan Tsyan ta’kidlashicha, Sug„diyonadan Baqtriyaga yuradilar va Baqtriyadagi yunonlar hukmronligini ag‘daradilar. Yuechjilar Farg„ona vodiysini ham egallaydilar.
Xitoy makbalarida ta’kidlanganidek yuechjilar beshta siyosiy xonadonga mansub edilar: Guyshuan (Kushon), Xyumi, Shuanmi, Xise, Xuanmi. Ularning har biri qariyb 100 yilcha alohida-alohida siyosiy kuch, hokimlik bo’lib, yagona hukmdorga bo‘ysunmagan holda faoliyat yuritadilar. Milodning I asrida Kushonlar xonadoni boshlig‘i Kujula Kadfiz (Kiotszyukyu) barcha yuechji qabilalarini birlashtiradi va butun baqtriyada siyosiy hokimiyatni egallaydi.
Kujula Kadfz qo‘shni hududlarga yurish uyushtirib Sug‘diyona, Marg‘iyona, Hindistonning shimoli-g‘arbiy qismini zabt etadi. Shu tariqa, yirik davlat - Kushonlar saltanati tashkil topadi. Kujula Kadfiz keyinchalik Amudaryo bo‘ylari, Qobul va Qandahor hududlarini ham egallaydi. Bu davrda mamlakat poytaxti Dalvarzintepa (Surxondaryoning Sho‘rchi tumanida) shahri bo‘lgan.
Kushon hukmdorlari to‘g‘risida fikr yuritadigan bo‘lsak, bunda bu davlatga asos solgan Kujala Kadfiz (milodning birinchi asri boshlari), uning o‘g‘li Vima Kadfz (milodning 1 asri o‘rtalari), Kanishka (78-123 yy.) va ularning avlodlari - Vasishka, Xuvishka, Kanishka II, Vasudeva, Kanishka III, Vasudeva II nomlarini tilga olib o‘tmoq joiz bo‘ladi.
Kadfiz 1 davrida zarb etilgan tangalarda «Kujala Kadfiz Yabg‘u» degan yozuvlar uchraydi. Uning o‘g‘li Vima Kadfiz podsholigi davri ham muhim o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bu davrga kelib shimoliy Hindistoning bir qator muhim hududlari egallanadi. Vima Kadfiz mamlakatda pul islohoti o‘tkazib, vazni 8 gr og‘irlikdagi oltin tangalarni zarb qildirib muomalaga chiqartiradi. Bu esa halqaro savdoda Kushonlar davlatining obro‘sining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Xuddi shu vaqtda Rim imperiyasi bilan savdo-sotiq aloqalari kuchayadi. Kushonlar saltanatining eng kuchayishi Kanishka davriga to‘g‘ri keladi. Bu paytga kelib Hindistonning Peshovor, Panjob, Kashmir va boshqa markaziy hududlari, shuningdek sharqiy Turkistonning ancha qismi uning davlati tarkibiga kirgan edi. Bu davrda mamlakat poytaxti ham Peshovorga ko‘chirilgan. Usta siyosatchi, etuk sarkarda bo‘lgan Kanishka mamlakat ichki hayotida muhim ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy o‘zgarishlarni amalga oshirish barobarida tashqi siyosatda ham g‘oyatda uddaburolik bilan faoliyat yuritadi. Uning din sohasida o‘tkazgan islohoti muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Garchand uning davrida Budda dini davlatning rasmiy dini darajasiga ko‘tarilsada, biroq mamlakatning turli hududlarida mahalliy aholi oldindan e’tiqod qilib kelgan boshqa dinlar erkinligi va dahlsizligi saqlanib qoldi. Hatto zarb etilgan oltin va kumush tanga pullarda Budda xudosi bilan bir qatorda mahalliy xalqlar e’tiqod qo‘yib kelgan xudolar - Anaxita, Mitra, Veretragna, Vaxsh va boshqalarning ham tasvirlari tushirilganligi bunga yorqin dalildir. Bu davrda zarb etilgan tangalar avvalgidek yunon tilida emas, balki mahalliy Kushon - baqtriy tilida chiqarilganli alohida e’tiborga loyiqdir. Bunday uzoqni ko‘zlab oqilona yuritilgan siyosat Kushonlar davlatida turli aholi qavmlari, ijtimoiy guruhlari o‘rtasida tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilgan. Biroq Kanishkadan so‘ng hokimiyatga kelgan Vasishka, Xuvishka, Vasudevalar davriga kelib Kushonlar davlati bir qator ob’ektiv va su’ektiv sabablar orqasida asta-sekin inqirozga uchray boshlagan. Ayniqsa III asr o‘rtalariga kelib qo‘shni davlat - Parfiya o‘rnida yangidan vujudga kelib, tobora kuchaya borgan Eron sosoniylari hukmdorlarining to‘xtovsiz olib borgan urush harakatlari natijasida Kushon davlati ziflashib, hududlari kichrayib bordi. Janubda Hind erlarining Kushon tarkibidan mustaqil bo’lib ajralib chiqish jarayoni kuchaydi. Ayni chog„da Xorazm, Sug„diyona sarhadlari ham o’z mustaqilliklarini qo’lga kiritadi. Buning oqibatida Kushonlar saltanati oxir oqibatda halokatga uchradi.
Kushonlar sulolasi hukmronligi davri ko’hna tariximizda katta iz koldirgan ekan, buni uning tarkibiga kirgan har bir hudud yoxud elatlar hayoti misolida yaqqol ko’rsa bo’ladi. Uning dastlabki poytaxti Dalvarzintepa (Surxondaryo), unga tutash Xalchayon (Denov), Zartepa,
Fayoztepa, Qoratepa, Ayritom (Termiz atroflari) va boshqalar Kushonlarning eng rivoj topgan savdo-sotiq, hunarmandchilik sohalari o’sgan gavjum shaharlar hisoblangan. O’lkamizda sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilk madaniyati nixoyatda taraqqiy etgan, ko’plab sug‘orish inshootlari barpo etilgan. Surxondaryo vohasida Eski Angor, Zang, So‘g‘ddagi Darg„om kanallari shular jumlasidandir. Vatanimiz ,
haykaltoroshlik, kulolchilik singari hunarmandchilik turlarining yuksak darajada taraqqiy etgan.
Buni ko‘hna TuproqqaFa, Ayritom, Termiz, Axsikent shaharlari o‘rnida olib borilgan tarixiy tadqiqotlar ham tasdiqlaydi. Ayni chog‘da Kushonlar davrida moddiy va ma’naviy madaniyat yonma-yon tarzda rivojlanib borgan, deb xulosa chiqarishga to‘la asoslar bor. Masalan, Ayritom ko‘hna shahridan topilgan uylar, muhtasham saroylar, ularning peshtoqiga ishlangan tasvirlarda gullarga burkangan, har xil musiqa asboblarini chalib turgan qizlar, do‘mbira chalayotgan bolalarning tasviri aks etgan. Qazib topilgan ibodatxona va boshqa inshootlar qoldiqlari ham o‘zining yuksak me’moriy ishlovi bilan ajralib turadi. Xalchayon yodgorligi majmausidan topilgan, loydan ishlangan nafis, chiroyli haykallar, hukmdor saroyini bezab turgan badiiy tasvirlar (milodning 1 asrga oid) - bular Kushonlar madaniyatining yuksakligiga ishoradir. Shuningdek ko‘hna Dalvarzintepadan 1972 yilda arxeologlar tomonidan topilgan, umumiy og‘ irligi 30 kg dan ortiq tilla buyumlar xazinasi alohida qimmatga egadir. Undan joy olgan 115 ta bilaguzuk, xalqalar, to‘g‘alar, bo‘yin taqinchoqlari, oltin quymalar ajdodlarimiz mahoratidan nishonadir. Xuddi shunday noyob topilmalar Xorazmning TuproqqaFa, Samarqandning Afrosiyob, Farg‘ona vodiysining Eski Quva, Chust shaharlari xarobalari o‘rnida ham uchraydi.
Kushonlar davri madaniyatining muhim katta yutuklaridan biri shundaki, bunda turli qutb va mintaqada yashagan xalqlarning madaniyatlari o‘zaro yaqinlashib, bir-birlarini to‘ldirib, boyitib borgan. Bu esa ularning bir birlari bilan turli-tuman sohalarda yaqindan hamkorlik, hamjihatlik qilishlariga keng yo‘l ochgan, umumiy yuksalishiga turtki bergan. Masalan, Hindistondan O‘rta Osiyo hududiga Budda dinining kirib kelishi va yoyilishi, o‘lkaning turli joylarida hashamatli Budda ibodatxonalarining barpo etilishi, budda haykallari va haykalchalarining yaratilishi - bular ulug‘ ajdodlarimiz ma’naviy hayotidagi jiddiy o‘zgarishlardandir. Ularning timsolida Hind va O‘rta Osiyo xalqlarini bir-birlariga ma’nan yaqinlashtirgan muhim omilni ko‘rish mumkin. Termiz, Ayritom, Eska Quva va boshqa joylardan topilgan, buddizmga oid ashyoi dalillar, budda ibodatxonalari namunalari, haykallar, ularning yuksak mahorat bilan yaratilganligi - bular Kushonlar davrida Vatanimiz hududida moddiy va ma’naviy madaniyat rivoj topganligining yaqqol ifodasidir.



Download 430,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish