Birinchidan, Sharqda azaldan davlat demokratiyaga qanchalik keng imkoniyat yaratib bergan bo‘lmasin, kuchli hokimiyat mav- jud bo‘lgan. Eng ulug‘ va adolatpesha davlat boshlig‘i qat'iyatli, talabchan va, ayni paytda, mehr-muruvvatli bo‘lishi bilan hammaga o‘mak boigan, hamisha tinchlik, adolat va haqiqatga xizmat qilgan. Aks holda har qanday hokimiyat anarxiyaga aylanib ketishi hech gap emas.
Ikkinchidan, boshqaruvning parlamentar - respublika usulida Prezident parlament yigilishida uning a’zolari tomonidan saylana- di. Prezidentlik - respublika boshqaruvida esa u umumxalq saylovi yo‘li bilan barcha fiiqarolaming ovoz berishi asosida saylanadi. Bun- da Prezident o‘z vakolatini parlamentning sanoqli a’zolaridangina emas, keng xalq ommasidan oladi. Qolaversa, buning siyosiy, huqu- qiy, ma’naviy va demokratik mazmuni ham bor.
Umuman olganda, jamiyatni boshqarishda davlat boshliqlarini saylash tartibi ham juda katta ahamiyat kasb etadi. Parlamentar - respublika boshqamvi shaklidagi davlatda Prezident parlament ovo- zi bilan saylanadi. Prezidentlik - Respublika boshqamvi shaklidagi mamlakat prezidenti esa parlament ishtirokisiz bevosita xalq tomo- nidan saylanadi, u o‘z vakolatlarini xalqdan olgan hisoblanadi. Ho- zirgi zamon davlatchiligi tajribasiga tayanib shuni alohida ta’kidlash mumkinki, boshqamvning Prezidentlik - respublika shakli davlat boshqamvining eng maqbul shaklidir.
Darhaqiqat, tarixiy tajriba, yon atrofimizda yuz berayotgan turli xildagi bo‘hronlar, ayrim mamlakatlarda ijtimoiy-siyosiy jarayonlar- ning tahlikali tus olishi shundan dalolat bermoqda.
Prezident Islom Karimov ishlab chiqqan mashhur besh tamo- yilning biri - o‘tish davrida davlat bosh islohotchi bo‘lib qolishi zarurligining mohiyati shunday paytda ko‘zga yaqqol tashlanadi. Ijro hokimiyati bilan davlatning jilovi bir kishining qo‘lida bo‘lgan taq- dirda va uni parlament qonun bilan himoyalab turgan bir sharoitda mamlakatda sog‘lom ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ruhiy vaziyat barqa- ror bo‘ladi. Demak, tub islohotlaming samaradorligi, har bir fuqaro hayoti va istiqboli kafolatlangan hisoblanadi.
Mutaxassislaming fikricha, keyingi yillarda davlat boshqamvi- ning parlamentar - respublika va monarxiya shakli o‘matilgan mam- lakatlarda ham hukumat - oliy ijro idorasi asosiy o‘rinni egallamoq- da. Masalan, Olmoniya, Italiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda ana shunday hodisa yuz bermoqda.
Umuman olganda, Prezident Islom Karimov faoliyatidagi qafiylik, qat’iy intizom, yuksak talabchanlik ulkan mas'uliyatni chuqur his etish ifodasidir. Buni «KoMCOMOjn>cicaa npaBjia» gazeta- si muxbiri savollariga bergan javoblarida yaqqol ko‘rish mumkin. Jumladan, u «Muxoliflarim meni diktator qilib ko‘rsatishni juda xohlaydilar. Tan olaman: ehtimol mening harakatlarimda avto- rifarizm nishonalari bordir. Ammo, men buni faqat bir narsa bilan izohlayman: tarixning muayyan davrlarida, haqiqiy dav- latchilik qaror topayotgan paytda, ayniqsa, bir tizimdan ikkin- chisiga o‘tish davrida, har holda kuchli hokimiyat zarur. Qon to‘kilishiga va qarama-qarshilikka yo‘l qo‘ymaslik, mintaqada millatlararo va fuqarolar totuvligi, tinchligi va barqarorlikni saqlash uchun shundav bo‘lishi zarur. Bu yo‘lda men jonimni fido qilishga tayyorman», deya o‘z nuqtayi nazarini ochiq-oydin bayon etgan edi.
Darhaqiqat, 0‘zbekiston davlatchiligida qat’iy intizom bor. Uni nazorat qilib boruvchi Konstitutsiyaviy sud mavjud. Dastlab mamla- katda Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi tashkil etildi. Ma’lum mud- dat o‘tgach bu qo‘mita Konstitutsiyaviy sudga aylantirildi. Chun- ki, nazorat qo‘mitasining mazmun-mohiyatida voqea-hodisalarni ko‘zdan kechirib qo‘yish, ularga nazar solib turish ma’nosi yotadi. Sudda esa qat’iy talab va hukm mavjud. Bunda talab ham, mas'uliyat ham oshadi.
Ijro hokimiyati haqida gapirganda yana shuni ham ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida ilgarigi ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga xos bo‘lgan xalq xo‘jaligi tarmoqlarini boshqaradigan awalgi vazir- lik va idoralar bekor qilindi. Ular bozor munosabatlariga muvofiq holda korporatsiyalar, konsemlar, assotsiatsiyalar va davlat tasarmfi- da bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi boshqa idoralarga aylantirildi.
Bu o‘rinda umumdavlat ahamiyatiga molik strategik vazifalami hal etish, rivojlanishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarini ishlab chiqish, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan korxonalaming faoliyatini muvofiq- lashtirish uchun turdosh tarmoqlami yirik xalq xo‘jaligi kompleks- lariga aylantirish tajribasidan foydalanildi. Shuning uchun ham yan- gi hukumat tarkibiga Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mehnat va ijtimoiy ta'minot vazirligi va shu kabi boshqa faoliyati asosan aholini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlashga, ko‘p ukladli iqtisodiyotni rivojlantirishga, tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy faoli- yatni muvofiqlashtirishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini mu- hofaza qilishga, qonunchilik va huquq-tartibotni mustahkamlashga yo‘naltirilgan vazirliklar va davlat qo‘mitalari kiritildi.
Albatta, bozor munosabatlariga o‘tish davrida boshqamv tizimi- da bunday islohotni taqozo etgan o‘ziga xos omillari bor edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |