Reja O’zbekiston tarixi predmeti



Download 430,38 Kb.
bet21/98
Sana20.06.2022
Hajmi430,38 Kb.
#683385
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   98
Bog'liq
O\'zb Tarix To\'liq Xolmanov

birinchidan, iqtisodiy siyosatda dehqonchilikka, umuman qish- loq hayotiga yetakchi tarmoq sifatida qarash;
ikkinchidan, milliy valyutani joriy qilish, uning qadrini muttasil oshirib borish;
uchinchidan, mulkchilikning barcha shakllariga erk berish, shaxsiy tashabbus va ishbilarmonlikka yo‘l ochish, tadbirkorlikni qo ‘ llab-quwatlash;
to‘rtinchidan, iqtisodni jonlashtirish uchun korxonalami xusu- siylashtirish, bu jarayonni tobora chuqurlashtirish;
beshinchidan, o‘tish madaniyati va qadriyatlarini tiklash ishla- rini yo‘lga qo‘yish va bu borada izchil tadbirlami amalga oshirish Mustaqil 0‘zbekistonda davlat Mustaqilligini amalga oshirishning jamiyat rivojining hozirgi bosqichidagi ustuvor yo‘nalishlaridir.
0‘zbekiston davlat rahbari tomonidan ishlab chiqilgan yosh mil- liy Mustaqil davlatlar taraqqiyotiga doir ham nazariy, ham amaliy yo‘nalishlar, ilmiy qoidalar, yo‘l-yo‘riqlar 0‘zbekiston Mustaqil ri- vojlanishining o‘n besh yili davomida hayot sinovidan muvaffaqi- yatli o‘tdi.
Yuqoridagilami umumlashtirib aytish mumkinki, mustaqillikka erishilgandan keyingi yillarda amalga oshirilgan islohotlar izchillik bilan o‘z samarasini bermoqda. Buni jahon siyosatchilari va dav- lat arboblari ham tan olmoqdalar. Jumladan, AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi taniqli siyosat- shunos Zbignev Bjezinskiy 0‘zbekistonda bo‘ldi va mamlakatimiz aholisi bilan yaqindan tanishdi. U garchi 90-yillar boshida yozgan maqolalaridan birida «Keyingi 10 - 15 yil ichida 0‘zbekiston ri- vojlanishi qanday bo‘ladi bilib bo‘lmaydi, deb «bashorat» qilgan boisa-da, qariyb 12 yildan keyin 0‘zbekistonda boiib yurtimiz- da amalga oshirilgan ishlami yuqori baholadi va 0‘zbekistonning mintaqamizda muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, 0‘zbekiston bilan hamkorlik AQSH manfaatlari uchun muhim ahamiyatga egaligini asoslab berdi.
«Islom Karimov - yangi 0‘zbekiston Prezidenti» deb nomlan- gan teran tahlil va mazmunga ega kitob mualliflari doktor Levitin va doktor Karlayl ko‘p yillar Markaziy Osiyo respublikalarida bo‘lgan, mintaqadagi siyosiy vaziyat va iqtisodiy islohotlaming borishiga gu- voh bo‘lgan, mintaqaning o‘ziga xos jihatlarini atroflicha o‘rgangan kishilar sifatida o‘z asarlarida 0‘zbekistonda olib borilayotgan islo- hotlar samarasiga yuksak baho beradilar.
«Tasawurimcha, - deb yozadi LXevitin - dunyoda 0‘zbekiston misolida alohida sivilizatsiyaviy qiyofa kuchayishi bilan, o‘ziga xos sivilizatsiyaviy o‘z-o‘zini anglashning o‘sishi bilan ish ko‘rayotir».
Ko‘rinib turibdiki, Markaziy Osiyodagi siyosiy va iqtisodiy va- ziyatni chuqur tadqiq etib, har ikki xorijiy muallif «Islom Karimov o‘tish davrining obyektiv omillarini inobatga olib, o‘zbek xalqi sivi- lizatsiyasi xususiyatlaridan kelib chiqib ish tutdi, islohotlar o‘zining ijobiy samarasini bera boshladi. Oqibatda bu holni mustaqil davlat- lar taraqqiyoti uchun xos boTgan rivojlanishning «o‘zbek modeli» degan jahon tan olgan yoTga olib keldi», deb baholaydi.
Darhaqiqat, mustaqillik yillarida 0‘zbekistonda jamiyatni ri- vojlantirish va uni ijtimoiy taraqqiy ettirishning o‘tgan davriga na- zar tashlar ekanmiz, bu davr mobaynida erishilgan har bir natija va yutuq haqli ravishda «buguni va kelajagini o‘z qoTi bilan bunyod etayotgan millionlab vatandoshlarimizning irodasi, aql- zakovati va fidokorona mehnati» bilan bogTash mumkin. Jumla- dan, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, millatlararo totuvlik, hududiy daxlsizlik va rniliiy xavfsizlik, tarixiy, milliy va axloqiy qadriyatlar hamda an'analarning tiklanishi, iqtisodiy taraqqiyot. shaharsozlik sohasidagi olamshumul o'zgarishlar, siyosiy hayot- ning erkinlashuvi, mamlakatimizning jahon hamjamiyati bilan in- tegratsivasidagi amaliy qadamiar islohotlardagi izchillik samarasi Jeyish mumkin. Ushbu fikniing tasdig'i sifatida Prezident !. Ka- rimovning 2003-yilda niamlakaini ijtimoiy-iqtisodiv rivojlantirish yakunlan va 2004-yil iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirishning asosiy yo‘naiishlariga bagTshlangan Vazirlar Mahkamasi majlisida qilgan ma’ruzasidagi quyidagi xulosani keltirish o'rinlidir: «0'tgan yil yakunlarining asosiy ko‘rsatkichlarini chuqur va atroflicha tah- iil qilar ekanmiz, quyidagi mulohaza va xulosalami chiqarishimiz zarar, deb o‘ylayman.
Mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sish sur'atlarining izchilligi ta’minlanmoqda. Keyingi olti yil davomida yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari har yili muntazam ravish- da 4 foizdan ko‘proq oshmoqda.
O'tgan yili bu ko‘rsatkich 4,4 foizni tashkil etdi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, 0‘zbekiston Mustaqil Davlat- lar Hamdo'stligi davlatlari orasida 2001-yildayoq islohotlar bosh- langan 1900-yilga nisbatan yalpi ichki mahsulot hajmini oshirishga erishgan yagona mamlakatdir». Ma'lumki, har qanday jamiyat hayotida ro‘y beradigan tub o‘zgarishlar eng avvalo uning iqtisodiy jabhalarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki iqtisodiy munosabatlar jamiyatdagi siyosiy, ma’naviy, ijtimoiy jarayonlar va voqeliklaming uzviyligini, aloqa- dorligini ta’minlaydi. Tom ma’nodagi iqtisodiy taraqqiyotga erishish pirovardda jamiyatdagi siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy barqarorlik- ning shakllanishiga olib keladi. Shu ma’noda ham 0‘zbekistonda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, moddiy farovonlikka erishish ma- salalari har doim ustuvor jabha sifatida qaralib kelinmoqda.
Iqtisodiy islohotlaming birinchi bosqichi davrida iqtisodiy bar- qarorlikka erishish, mamlakat iste’mol bozorlarini toTdirish, milliy ishlab chiqarishni rag‘batlantirish masalalariga katta e’tibor qaratilib kelingan boTsa, 1995-2000-yillarga kelib import 0‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish, xorijiy investitsiyalarini keng jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatiarini barpo qilish bilan bogTiq tadbir- lar asosiy o‘rinni egaliadi.
2000-2006-yillarda esa iqtisodiyotdagi umumiy holatning kes- kin o‘zgarganligiga guvoh boTmoqdamiz. Chunonchi, endi asosiy e'tibor milliy eksport salohiyatini oshirish, mahalliy resurslarga ta- yangan holda ishlab chiqarish pirovardini tashqi va ichki bozorlar- ga yo‘naltirish kabilarga qaratilmoqda. Bu borada, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes tuzilmalari iqtisodiyotning eng harakatchan, faol, shu bilan birga istiqbolli qatlamlari sifatida e’tirof etilmoqda. Ayni paytda 0‘zbekiston taraqqiyotining asosi boTmish xususiy va mil- liy investitsiya oqimlarining vujudga kelishi kichik va o‘rta biz- nes tuzilmalarining bundan keyingi faoliyatiga bevosita bogTiq sa- naladi. Shu jihatdan ham Prezident 1. Karimov 2006-yil yakuniga bag‘ishlangan ma'ruzasida muhim ustuvor yo‘nalish sifatida iqti- sodiyotda tarkibiy o'zgarishlami amalga oshirish, uni erkinlashti- rish, xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, xorijiy sarmoyalaming faol ishtirokini ta’minlash, kichik va o‘rta biznesga aholi farovonligi va daromadlari o‘sishining, mamlakatda ishsizlik muammosini kamaytirishning yechimi sifatida qarash, boshlangan islohotlami rivojlantirish, ulami mantiqiy davom ettirish ekanligiga alohida e’tibor berdi.

Download 430,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish