O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiya-si qabul qilingan kunini umumxalq bayrami deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qonundan.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo’lim, 128 moddadan iborat. U
«Mustaqillik Deklaratsiyasi», «O’zbekiston Respublikasining Davlat mutaqilligi asoslari
to‘g‘risida» gi qonunda mustahkamlangan tamoyillar va g„oyalarni o’zida to’la
mujassamlashtirdi.
O’zbekiston Konstitutsiyasi ijodkor xalqimizning xohish irodasi va dono fkr mulohazalari asosida va jahonda to’plangan eng ilg„or Konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasini va milliy davlatchiligimiz hususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil ishlab chiqildi. Ilgari
Konstitutsiyalar esa markaziy hokimiyat tomonidan tayyorlangan Ittifoq Konstitutsiyasi nusxalaridan ko’chirib olinar edi. Shu boisdan ham yangi asosiy qonunimiz mustaqil O’zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi-ni o’rganish jarayonida uning mohiyatini ochib beruvchi asosiy tamoyillarini bilib olishga ahamiyat berish zarur. O’zbekiston Konstitutsiya-sining muhim tamoyili davlat suverinitetidir. 1-6 moddalarda O’zbekiston - suveren demokratik respublika, davlat xalq manfaatlariga xizmat qiladi, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritadi, o’zbek tili davlat tilidir, deb belgilab qo’yilgan. Konstitutsiyada davlatning «O’zbekiston Respublikasi» va «O’zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi, deb belgilab qo’yilgan.
Konstitutsiyamizning tamoyillaridan yana biri xalq hokimiyatchiligidir. 7-14 moddalarda xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir, O’zbekiston xalqini millatidan qafiy nazar uning fuqarolari tashkil etadi, davlat o’z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko’zlab amalga oshiradi, deb ko’rsatilgan.
Yana bir Konstitutsiyaviy tamoyil-davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo’linishidir. O’zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo’linishi qonunlashtirildi. Uch hokimiyatdan har biri faoliyatda mustaqil bo’lib, faqat qonunga bo’ysunadi. 88-98-moddalarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshdig„i ekanligi, uning vakolatlari va vazifalari Vazirlar Mahkamasining faoliyati qonunlashtirilgan.
Asosiy Kolnstitutsiyaviy tamoyillardan biri demokratiyaga sodiqlikdir. Kontitutsiyada umuminsoniy demokratik tamoyillarning, xalqaro huquq sohasida umum e’tirof etilgan qoidalarning ustunligi tan olingan. O’zbekiston Konstitutsiyasida inson hayoti, erkinligi , or- nomusi, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat ekanligi belgilab qo’yilgan.
Yana bir Konstitutsiyaviy tamoyil- Konstitu-tsiya va qonunlarning ustivorligidir. Konstitu- tsiyaning 15-moddasida «O’zbekiston Respublikasi-da O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi.
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar», deb belgilab qo’yilgan.
Konstitutsiyaning 21-moddasiga binoan O’zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘matilgan. O’zbekiston Respublikasining millati, elatidan qat’iy nazar barcha fuqarolari O’zbekiston xalqini tashkil etadi.
O’zbekiston Konstitutsiyasining muhim tamoyili-bu odil sudlov, sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligidir. Sudya faqat qonunga bo‘ysunadi. Konstitutsiyaning 106-116 moddalarida O’zbekistonda sud tizimi va ularning vazifalari belgilab berilgan. Konstitutsiyala sudya
deputatlikka saylano olmasligi, siyosiy partiyalar va harakatlarning a’zosi bo‘la olmasligi
qonuniylashtirilgan. Sud majlisi ochiq va oshkora olib boriladi, sud ishlari davlat tilida yuritiladi va zarur holda boshqa tilda yuritilishi ham mumkin.
Sud hokimiyati davlat hokimiyatining muhim bir tarmog‘i bo‘lib, Konstitutsiyada sudning hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxs va fuqarolar uchun majburiy ekanligi qonunlashtirilib qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy maqomi,
O‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlarning huquqiy asoslari belgilab berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |