Uchinchidan, har bir kadrdagi yuksak axloqiylik, halollik, vij- doniy poklik, kamtarlik kabi yuksak insoniy fazilatlar eng muhim talab ekanligini ta’kidlash joizdir.
Gap kadrlar tanlovi va ulami joy-joyiga qo‘yish haqida ketar ekan, ulami muntazam ravishda tarbiyalash, boshqarishga o‘rgatish xususida ham borishi kerak. Chunki, hech kim tayyor rahbar bo‘lib tug‘ilmaydi. Uni qafiiyat va bardosh bilan tarbiyalash, o‘stirmoq ke- rak. Har bir hayot sabog‘idan to‘g‘ri, odil xulosa chiqarishga, xalq- dan ajralmasdan, uning dardi, o‘y-fikriga doimo sherik bo‘lish m- hida tarbiyalamoq lozim. Bir so‘z bilan aytganda har bir kadrda odamlarga yetakchi bo‘lish malakasini izchillik bilan shakllantirib borish lozim.
Ana shu maqsadlami amalga oshirish uchun 1995-yil sentabr oyida mamlakat Prezidenti huzurida Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi tashkil qilindi. Akademiyaning ochilish marosimida nutq so‘zlar ekan, I. Karimov shunday degan edi: «Akademiya tash- kil qilish, bu shunchaki orzu ketidan quvish, yangi bir institut tashkil etishga intilish emas, balki tabiiy zaruriyat, qonuniyat taqozosi va hayotiy ehtiyojdir... Islohotlarni amalga oshirish bo- rasidagi bundan buyongi olg‘a siljishlarimiz tobora qiyin mu- ammoga borib taqalishi mumkin. U ham bo‘lsa yuksak malakali xodimlarning eng awalo, davlat hokimiyati va boshqaruvi, ja- moat idoralari, bank va moliya tizimini boshqaradigan daraja- dagi rahbarlarning yetishmasligidir...
Akademiyaning vazifasi faqatgina muayyan soha uchun kadr tayyorlab berishdangina iborat emas, balki u o‘zining il- miy, pedagogik salohiyati asosida butun maorif tizimini islohot qilish uchun yangi muhit, yangi sharoit yaratib berishi lozim».
Hukumat ko‘rsatmalari asosida Akademiya qisqa vaqt ichida xalq xo‘jaligining turli sohalari uchun zarur kadrlar tayyorlashda katta ishlarni arnaiga oshirdi. Keyingi ikki yil mobaynida 300 dan ortiq yosh mutaxassis 10 oylik kurslarda o'qib, boshqaruv sirlarini jahon amaliyoti andozalari darajasida egallab qaytdilar va turii soha- iarda faoliyat ko'rsatmoqdalar. Shu davrda Akademiyaning maiaka oshirish kurslarida bir necha yuzlab shahar va turnan hokimiari, va- zirlik va davlat idoralari xodimlari zamonaviy boshqaruv san'atining yangi qirralari bilan tanishib amaiiyotda qo‘Ilamoqda!ar.
Hozirgi zamon kadrlar siyosatiga doir yana bir jihatga, ya'ni kadrlar zaxirasi, uni shakllanlirish, undan foydalanishga harn e'tibor kuchaydi.
Kadrlami tayvorlash, tarbiyalash va joy-joyiga qo'yish yangi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar shakllanib borayotgan, tuzum boshqacha mohiyat kasb etayotgan paytda muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda Prezidentiik devomda, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasida, viloyat va tuman hokimliklarida ishiayotganlaming asosiy qismini yoshlar tashkil etmoqda. Xususan 2001-2007-yillarda vaziriikiar, konsemiar, aksionerlik birlashmalari rahbarligiga yosh, navqiron, hozirgi siyosiy o'zgarishlar va islohotlaming tub mohiyatini to'g'ri angiaydigan, o‘z vazifasi va burchini aniq tushunadigan yoshlar ta- yinlandi. Bu mamiakatni boshqarishda yangi avlodning kirib kela- yotganidan, sog‘lom ma’naviy-siyosiy muhit shakllanavotganidan dalolat beradi.
Boshboshdoqlik, o‘zibo‘larchilik, turli xildagi jinoyatchilik avj olib ketganligi sababli bir qator viloyatlar va tumanlarda, vazirlikiar va yirik idoralarda rahbarlaming o‘zgartirilishi bunday salbiy hodisalarga qat’iy chek qo‘yish, har qanday sharoitda ham mustaqillikni mustahkamlash va mamlakat ravnaqini ta’minlash imkoniyatini ber- ihoqda.
Mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik illatlari bilan kelisha olmas- lik, barcha shaxsiy adovat va manfaatlardan umumxalq manfaatini ustun qo‘yishni qat’iy talab qilish kadrlar siyosatida muhim o‘rin tutadi. Rahbar eng awalo millat ramzi, mamlakat obro‘-e’tiboridir. IJ ana shunday yuksak unvonga munosib bo‘lishi uchun «Xalq», «Vatan», «Millat» tushunchalarini hammadan chuqurroq anglashi, liammadan ko‘ra ko‘proq fidoyi bo‘lmog‘i lozim. Bu uchun unda, qalbining tub-tubida sadoqat, qafiiyat bo‘lmog‘i kerak. Rahbar ma’naviyati, uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘mi xususida ga- pirar ekan, Islom Karimov kuyinib bunday deydi: «Sadoqatli odam hoshiga qilich kelganda ham so‘zidan, ahd-u qaroridan qayt- maydi. Inson awalo oilasiga, xalqiga, vataniga sadoqatli, va- fodor bo‘lishi zarur. Bugungi zamonda sadoqatli bo‘lish qiyin. Oqim u tomonga tortadi, nafs bu tomonga, «o‘yinchilik» boshqa tomonga. Shunday paytda odam agar mard bo‘lsa, irodasi ba- quvvat bo‘lsa, u yoq, bu yoqqa og‘ib yurmaydi.
Nima uchun bizlarda o‘yin bo‘layapti? Nima uchun har ehtimolga qarshi goh unisi bilan o‘ynaymiz, goh bunisi bilan? Sabab shuki, ko‘pchilik mas’ul rahbarlarda izchil, hayotiy po- zitsiya, fuqarolik burchini teran anglash, bugungi davlat siyosa- tiga aniq munosabat yetishmaydi... Rahbar bo‘lish uchun awa- lambor kurashchi bo‘lish kerak, irodasi baquwat, iymoni butun bo‘lishi darkor». Bu shunchaki oddiy bir gap emas. Mahalliychilik, tor tushunchalar qobig‘idan chiqolmaslik illatlariga burkalib qolish hollari bor. Bu so‘zning tagida mustaqillik mohiyatini pasaytirishga, taraqqiyotimizni ataylab orqaga tortishga intilayotganlar, turli xil- dagi nayrangbozlar-u firibgarlardan xalos bo‘lish, qafiiyat va sabot bilan haq yo‘ldan to‘g‘ri borish va bu yo‘lda birlashib harakat qilish orzu-istagi turibdi. Uning zamirida hamon joylarda amalparastlik, buyruqbozlik, tamagirlik va munofiqlik yo‘qolmayotgani, hokimlar va tashkilot rahbarlari hali to‘la quwat bilan ishlamayotganligi ma- salasi yotibdi.
Bir qism kadrlar zamon shiddatiga bardosh berolmayaptilar. Bu toifadagi odamlaming aksariyati ko‘p yillik boqimandalik, sansolar- lik kayfiyatidan chiqolmayapti, hozirjavoblik, masalani o‘z vaqtida to‘g‘ri hal etish qobiliyatiga ega emas. Iloji boricha ishni orqaga surish, xodimlami esa o‘z fe’l-atvoriga mos ravishda o‘rtamiyona, «qulluqchi», «labbaychi» xillaridan tanlashga intiladi. Yana bir guruhlari esa yangilik bilan eskilik orasida chindan ham dovdirab qol- gan. Eskicha ishlolmaydi, yangilikning esa mohiyatini tushunmaydi.
Bunday kadrlar haqida 2001-2007-yillarda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi xalq deputatlari, Toshkent, Sirdaryo, Naman- gan, Farg‘ona, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari sessiyalarida ro‘yirost gapirildi. Rahbar kadrlaming yana bir turi ham borki, ular haqiqatan ham mustaqillik fidoyilari. Yangicha fikrlash va yangi- cha ishlash uchun o‘zlarida qobiliyat ham, g‘ayrat va rag‘bat ham sezadilar. Biroq, ular ba’zan turli xildagi to‘siqlarga uchrab qoladi- lar. Natijada bor imkoniyatlarini ko‘rsata olmaydilar. Bu tabiiy hol, o‘tish davrining tabiiy qiyinchiligi.
Mustaqillikning o‘tgan davri mobaynida bir necha viloyat, sha- har va tuman hokimlari, vazirliklar, birlashma va konsemlar rah- barlari almashtirildi. Shu yo‘1 bilan davlat boshqamv tizimi mus- tahkamlanmoqda. Joylarda zamonaviy fikrlaydigan, tub islohotlar mohiyatini tushunadigan va ulami amalga oshirishga qodir boTgan kadrlar tanlanmoqda.
0‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatda kadr- laming ijtimoiy bazasi har qachongidan ko‘ra kengaydi. MaTumki, 70-80-yillarda rahbarlik lavozimlariga ko‘plab mutaxassis, deb hi- soblangan injener, agronom, iqtisodchilar tavsiya qilinar edilar. Qog‘ozda mavjud boTgan rezerv kadrlar ham asosan shu toifa mu- taxassislar hisobiga shakllantirilar edi. Endilikda bu tamoyil to‘g‘ri kelmaydi. U respublika mustaqillikka erishgandan keyin vatan rav- naqi, el-yurt farovonligi yoTida fidoiylik bilan mehnat qiluvchi bar- cha tabaqa mutaxassisliklaming eng yaxshi vakillari turli darajadagi rahbarlik lavozimida samarali faoliyat ko‘rsata boshladi. Shu bois, rezerv kadr shakllantirishda turli kasb va mutaxassisliklar vakillari- ning eng yaxshilarini hisobga olib, ulami mustaqillik ehtiyojiga mos tarzda tarbiyalab, turli rahbarlik lavozimlariga tortish dolzarb masa- laga aylandi.
Bundan tashqari erkin fuqarolik jamiyatiga, bozor iqtisodiyotiga va mulkchilikning turli-tuman shakllariga oTish sharoitida rahbar- laming sifat tarkibini yaxshilash uchun yana bir imkoniyat paydo boTdi. Gap jamiyatda yuzaga kelgan yangi toifa kishilar - ishbilar- monlar, tadbirkorlar xususida bormoqda. Ular jamiyat ravnaqi uchun butun kuch-g‘ayratini sarflashga qodir, hayot tajribasiga va kasb ma- horatiga ega boTgan beqiyos tayanchdir.
Kadrlar zaxirasi shakllantirilayotganda yosh, g‘ayratli, tashab- buskor xodimlami hisobga olish bilan, ayni chog‘da maTum daraja- da tajriba orttirgan kishilardan ham oqilona foydalaniladigan boldi. 1997-yil 10-martda Vazirlar Mahkamasi demokratiya va bo- zor islohotlari talablaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash bo‘yicha davlat, jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalarini qamrab oladigan Milliy dastur tuzish maqsadida «Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur tuzish to‘g‘risida» Qaror qabul qildi. Unda butun ta’lim tizimini isloh qilish, ishlab turgan o‘quv yurtlarini yan- gi yo‘nalishga solish hamda zamonaviy texnologiyalarda ishlay ola- digan mutaxassislar tayyorlash vazifasi kun tartibidagi bosh masala bo‘lib qoldi.
1997-yil, avgust oyida 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj- lisining sessiyasida 0‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni yangi tahrirda va «Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy Dastur» qabul qilindi.
Ushbu qonunda yoshlarga milliy uyg‘onish va umuminsoniy qadriyatlami idrok etish asosida Vatanga mehr-muhabbat, mustaqil- lik g‘oyalariga sadoqat mhida taTim-tarbiya berish vazifalari ham belgilab berildi.
Kadrlar tanlovida mahalliychilik, qarindosh-umg‘chilik illat- laridan qutulib boTmayotganligiga davlatimiz rahbari 2004-2009- yillarda Surxandaryo, Toshkent, Navoiy, Andijon, Farg‘ona viloyat- larida xalq deputatlari viloyat Kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalaridagi ma’ruzalarida alohida e'tibor bergandi.
Shu bilan birga Oqsaroy qarorgohida Prezident Islom Karimov 2005-yil 7-fevral kuni Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi bilan boTgan uchrashuvda «Yangi hayotni eskicha qarash va yondashuv- lar bilan qurib bo‘lmaydi» mavzuida ma'ruza qilib, bu masalaga alohida urg‘u berib shunday deydi. «Yana bir muhim masalaga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Bu davlat xodimlarini lavo- zimga tanlash va tayinlash bilan bogTiq. Bu haqda gapirganda ko‘p uchraydigan bir holatni taassuf bilan aytishga majburman. Masalan, bir nomzodga ishonch bildirib, uni vazirlik lavozimi- ga qo‘yamiz. Yarim yil, bir yil o‘tgach, qani ishlaringizni bir ko‘raylik, deb u boshqarayotgan sohaning ahvoli bilan qiziqsan- giz, har qaysi boTim yoki tarmoqqa boshqaruv ishiga o‘zining tanish-bilishlari, qarindoshlarini, bir paytlar G‘allaoroldami, yoki boshqa joydami, birga ishlagan og‘aynisini qo‘ygan boTib chiqadi. Ya’ni mahalliychilik, oshna-og‘aynigarchilik kasaliga duchor boTadi. Qachonki, biz kadrlar masalasining ishimiz- ga eng katta ziyon yetkazadigan mana shunday salbiy tomon- larini bartaraf etolsak, ko‘p muammolarni yechishga imkon tug‘iladi».
Do'stlaringiz bilan baham: |