Beshinchidan, hukumat mustaqil 0‘zbekiston siyosatini bel- gilashda islom diniga munosabatni tubdan o‘zgartirish lozimligini qayta-qayta uqtirdi. Chunki din turmush tarzimizga o‘chmas muhrini bosgan. Dinga nisbatan ijobiy munosabat tashqi siyosatimizda, ay- niqsa, musulmon davlatlari bilan o‘zaro aloqalarimizni kengaytirish- da katta ahamiyatga ega, - deb ko‘rsatadi.
Oltinchidan, 0‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini himoya qilish va ta’minlash imkonini beradigan boy moddiy-ma’naviy hamda ishlab chiqarish potensialiga va kadrlar qudratiga ega mamlakat ekanligidir. Endi hamma gap ana shu imko- niyatlardan unumli foydalanishda edi.
Ushbu xulosalar I. Karimov tomonidan muntazam to‘ldirilib, qadam-baqadam yangi qoida va yo‘l-yo‘riqlar bilan boyitib borildi. Xususan, 1992-yil avgust oyi oxirida 0‘zbekiston Mustaqilligining bir yilligi tantanalari arafasida Prezidentning «0‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» nomli 0‘zbekiston mustaqilligining na- zariy asoslari chuqur tahlil etilgan asari nashrdan chiqdi. Ushbu ri- sola keng jamoatchilik tomonidan ma'naviy hayotdagi yangilik va muhim qo‘llanma sifatida kutib olindi. Unda 0‘zbekiston istiqloli- ning ham nazariy, ham amaliy muammolari ilmiy jihatdan o‘rganilib, jamiyat siyosiy rivojining, iqtisodiy taraqqiyotining, ma’naviy pok- lanishining asosiy yo‘l-yo‘riqlari yangicha mushohada va yondashuv bilan ko‘rsatib berildi.
Ma’lumki, jahonning deyarli barcha mamlakatlarida jamiyatning bir holatdan ikkinchi bir holatga o‘tish jarayoni bir necha muhim ij- timoiy muammolar bilan uzviy bog‘liq.
Bular:
davlatning islohotlami o‘tkazishdagi rahnamolik roli;
jamiyatning moddiy, ma'naviy va ijtimoiy imkoniyatlarini sa- farbar etish;
o‘rta hol sinfni shakllantirish; xalqaro hamkorlikni yanada takomillashtirish masalalaridir.
Ta’bir joiz boTsa, bu omillaming bosqichma-bosqichligi, ular-
ning ahamiyati, shuningdek, ulardan alohida, har birining va barcha- si bir butun boTgan holatda beradigan samaradorligi har xil sabab- larga bogTiq.
Lekin, o‘tish davrining eng muhim omili, bu kuchli davlatni barpo etishdir. Bunday davlatsiz mavjud ijtimoiy imkoniyatlami sa- farbar etish ham, o‘rta hol sinfhi shakllantirish ham, xalqaro muno- sabatlarda muvaffaqiyatlarga erishish ham mumkin emas.
I. Karimov 0‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yoTini ishlab chiqar ekan, avvalo, mamlakatda yaratilajak jamiyat qanday mazmun kasb etishiga e’tibor berdi va uning fikricha, 0‘zbekistonda bunyod etiladigan jamiyat barcha «izm»lardan va u qanday nomla- nishidan qat’i nazar adolatli, xalqchil, insonparvar jamiyat bo‘lmog‘i lozim edi.
Shuning uchun ham, respublika ichki va tashqi siyosatining aso- siy yo‘nalishlari pirovard natijada chinakam mustaqil 0‘zbekistonda yangi, adolatli jamiyat barpo etishga qaratildi. «Respublikada sobit- qadamlik bilan xalqchil, adolatli jamiyatni bunyod etish - bosh vazifadir, - deb uqtiradi Prezident. Bu boradagi fikrini davom ettirib u «0‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat. Bu - mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu - insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’i nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir. Xalq davlat hokimiyatining manbayidir», - degan qoidani ilgari surdi. Bu Mustaqillikning bir yilligi arafasida- yoq qat’iy qilib o‘rtaga tashlangan davlat siyosati edi. Shuningdek, yangilangan jamiyat har bir a'zosining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini kafolatlovchi yoTlami ham ko‘rsatib berdi. Jumladan,
Do'stlaringiz bilan baham: |