9-модда. Таълим тизими
(1997)
- Давлат стандартларига мувофиқ таълим дастурларини амалга оширувчи дав-лат ва нодавлат таълим муассасалари;
- Таълим тизимининг фаолият кўрсати-ши ва ривожланишини таъминлаш учун зарур бўлган тадқиқот ишларини бажа-рувчи илмий-педагогик муассасалар;
- Таълим соҳасидаги давлат бошқарув органлари, шунингдек, уларга қарашли корхоналар, муассасалар ва ташкилот-лар.
Ўзбекистон Республикасининг таълим тизими ягона ва узлуксиздир.
6-модда. Таълим тизими
(2020)
давлат таълим стандартларини, давлат таълим талабларини, ўқув режалари ва ўқув дастурларини;
давлат таълим стандартларини, давлат таълим талаблари ва ўқув дастурларини амалга оширувчи таълим ташкилотла-рини;
таълим сифатини баҳолашни амалга оширувчи ташкилотларни;
таълим тизимининг фаолият кўрсатиши ва ривожланишини таъминлаш учун за-рур бўлган тадқиқот ишларини бажарув-чи илмий-педагогик муассасаларни;
таълим соҳасидаги давлат бошқаруви органларини, шунингдек уларнинг та-сарруфидаги ташкилотларни ўз ичига олади.
Таълим тизими ягона ва узлуксиздир.
Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari.
Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning I-bob, 4-moddasida keltirilgan.
4-modda. Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar.
Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
ta’lim ustuvorligining tan olinishi;
ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;
ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;
insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi;
ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.
Do'stlaringiz bilan baham: |