Reja: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish to’g’risidagi qonun va qarorlar



Download 19,17 Kb.
bet1/9
Sana09.07.2022
Hajmi19,17 Kb.
#763579
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-MavzuO’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish to’g’risidagi qonun va qarorlar.


O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish to’g’risidagi qonun va qarorlar.
Reja:
1.O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish to’g’risidagi qonun va qarorlar (yangi tahrir).
1-modda. Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
2-modda. Fuqarolarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi huquqlari
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy holatidan qat’i nazar, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalarini tuzish, jismoniy tarbiya-sport harakatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jismoniy tarbiya va sport sohasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga egadirlar.
3-modda. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: insonparvarlik; demokratizm; fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va davomiyligi;
jismoniy tarbiya va sport tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
jismoniy tarbiya va sportni boshqarish davlat organlarini tuzish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilaydi;
jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlash, malakasini oshirish va attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi;
jismoniy tarbiya va sport rivojining moliyaviy ta’minlanishini belgilangan tartibda amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Download 19,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish