Reja: O‘zbekiston Respublikasi pul tizimi va uning rivojlanishi


-jadval Milliy valyutaning AQSh dollariga nisbatan kursini3



Download 267,03 Kb.
bet4/7
Sana25.03.2022
Hajmi267,03 Kb.
#510519
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7- mavzu. Ozbekiston Respublikasi pul tizimi va uning elementlari

3-jadval
Milliy valyutaning AQSh dollariga nisbatan kursini3
1995-2015 yillardagi o’zgarishi

Sana

Valyuta kursi, Sum/ AQSh dollari

Oldingi yilga nisbatan o’sish surati (koef.da)

Boshlang’ich davrga nisbatan o’sish surati (koef.da)

01.01.1995

25,00

-

-

01.01.1996

35,50

1,42

1,42

01.01.1997

55,00

1,55

2,20

01.01.1998

80,17

1,46

3,21

01.01.1999

110,00

1,37

4,40

01.01.2000

140,00

1,27

5,60

01.01.2001

325,00

2,32

13,00

01.01.2002

688,00

2,12

27,52

01.01.2003

970,00

1,41

38,80

01.01.2004

980,00

1,01

39,20

01.01.2005

1058,00

1,08

42,32

01.01.2006

1180,00

1,12

47,20

01.01.2007

1240,00

1,05

49,60

01.01.2008

1290,00

1,04

51,60

01.01.2009

1393,00

1,08

55,72

01.01.2010

1511,40

1,08

60,46

01.01.2011

1640,00

1,09

65,60

01.01.2012

1795,00

1,09

71,80

01.01.2013

1985,46

1,11

79,42

01.01.2014

2202,20

1,11

88,09

01.01.2015

2422,40

1,10

96,90

01.01.2016

2810,0

1,16

112,4

O’rt.yillik


1,287


Yuqoridagi jadvaldan milliy valyutaning AQSh dollariga nisbatan kursini 1995-2015 yillar uchun o’zgarishini ko’radigan bo’lsak, bu davrda (20 yilda) kurs darajasi 112,4 marta, yoki o’rtacha yiliga 1,287 marta (28,7%ga) oshgan. Oxirgi 3 yilda o’rtacha 12,5 % atrofida kurs o’zgargan.


Jadval ma’lumotlaridan ko’rinyaptiki 2005, 2012, 2013 yillarda valyuta kursi tushish darajasi yuqori bo’lgan. Bunday holat 2001 va 2002 yillarda ham kuzatilgan. 2001 va 2002 yillarda kursning keskin o’zgarishiga sabab mamlakat valyuta siyosatida amalga oshirilgan devolvatsiyalardir. Ya’ni 01.05.2000 yilda 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 149,38 so’mdan 231,00 so’mga (54,6%ga) oshirilgan, 01.11.2001 yilda esa 433,70 so’mdan 680,90 so’mga (57,0%ga) oshirilgan.
Valyuta kursini o’zgarishini asosiy sabablari, 2001-2002 yillarda respublikamizda valyuta munosabatlari va valyuta bozorini erkinlashtirish bo’yicha hukumat qarorlarining qabul qilinganligi va xorijiy valyutadagi to’lovlarning xorijiy netto aktivlarning ichki bozordagi taklifiga salbiy ta’sir qilganligi hisoblanadi.
2015 yilda valyuta siyosati milliy valyuta almashuv kursi keskin tebranishlari oldini olishga, inflyatsion jarayonlarni jilovlashga hamda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini qo’llab-quvvatlashga yo’naltirildi.
Bunda valyuta bozorini samarali tartibga solish maqsadida valyuta kursining o’zgarib boruvchi boshqariladigan strategiyasini qo’llash orqali so’mning AQSh dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralari ko’rildi.
Natijada 2015 yil davomida so’mning AQSh dollariga nisbatan ayirboshlash kursi 16 foizga pasayib, 2016 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, bir AQSh dollari 2810 so’mni tashkil qildi4.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan olib borilgan valyuta siyosati inflyatsiyaga qarshi siyosat olib borish yo’li bilan milliy valyutaning to’lov qobiliyatini mustahkamlashga, to’lovlar va hisob-kitob tizimini takomillashtirishga yo’naltirildi. Natijada, 2015 yilda inflyatsiya darajasi bashorat ko’rsatkichidan yuqori bo’lmadi va 5,6 %ni tashkil etdi. Valyuta kursini barqarorligi inflyatsiya darajasini boshqarishda muhim ahamiyatga egadir. Ularning o’zaro bog’liklikda ekanligini korrelyatsion tahlil natijasida aniqlashimiz mumkin.



1-rasm. O’zbekistonda 2003-2015 yillardagi inflyatsiya sur’atlari dinamikasi5
2015 yil yakuni bo’yicha iste’mol baholari indeksi asosida hisoblangan inflyatsiya darajasi 5,6 foizni tashkil etdi va 2014 yilga
(6,1 foiz) nisbatan 0,5 foiz bandga pasaydi.
Xususan, 2015 yilda oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari 1,3 foizga oshib, inflyatsiya darajasiga ta’siri 0,6 foizni, nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari 8,8 foizga oshib, inflyatsiya darajasiga ta’siri 2,9 foizni tashkil etdi.
2015 yilda ko’rsatilgan xizmatlar narxlari 10,7 foizga oshdi va inflyatsiya darajasiga ta’siri 2,1 foizni tashkil qildi6.
O’zbekistonda inflyatsiya sur’atlarining pasayishi, shuningdek, dunyo moliya bozorlarida evro va rubl kurslarining mustahkamlanishini davom etayotganligi so’mning real ko’rinishdagi kursiga ta’sir etayogan asosiy omillar bo’ldi.
Shuningdek, Markaziy Bankda milliy valyuta kursini qo’llab-quvvatlash maqsadida valyuta birjasida ta’yziq qilish uchun foylaniladigan valyuta rezervlarining mavjudligi ham ana shunday vositalardan biri bo’lib hisoblanadi. Agar valyuta bozorida mikdoriy massa ta’yziq ko’rsatishi namoyon bo’lsa, Markaziy Bank kursni qandaydir muayyan darajada ushlab, turmaslik haqida qaror qabul qiladi va dollarga nisbatan so’m kursining pasayishi ro’y beradi. Vazirlar Maxkamasining «Naqd so’mni erkin muomaladagi valyutaga almashtirishning eng yuqori summasiga doir cheklanishlarni bekor qilish to’g’risida»gi ham so’m qadrini oshirishga xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida chet el valyutasi bilan olib boriladigan operatsiyalar:
1.O’zbekiston Respublikasida chet el valyutasi oldi-sotdisi O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasi o’tkazadigan sotuvlarda ham, ulardan tashqarida – vakolatli banklar orqali ham amalga oshiriladi.
2.Chet el valyutasini valyuta savdosida sotib olish va sotish chog’ida O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasi qoidalariga rioya etilishi lozim.
3.Valyuta savdosida chet el valyutasini sotib olish va sotishga doir barcha operatsiyalar shu valyuta uchun belgilangan kurs bo’yicha o’tkazilishi lozim. Bunda valyuta savdosida har qanday rezident yoki norezidentning agenti sifatida chet el valyutasini sotib oluvchi yoki sotuvchi vakolatli bank mazkur rezident yoki norezidentdan xarid qilingan yoki sotilgan chet el valyutasi summasining 1 % dan oshmaydigan miqdorda vositachilik haqi undirib olishi shart.
4. Har gal valyuta savdosi o’tkazilgandan keyin Markaziy Bank o’zi tanlagan valyutalarga nisbatan so’mning rasmiy kursini darhol belgilaydi, chunonchi, savdoda qatnashgan valyutalardan farq qiluvchi boshqa valyutalar kursini belgilashda mazkur valyutalarning jahonda tan olingan chet el valyutalari bozoridan olingan so’nggi ayirboshlash kursiga hamda shu valyuta savdosida belgilangan AQSh dollarni so’mga ayirboshlash kursiga asoslanadi.
5. Rasmiy ayirboshlash kursi belgilangan chet el valyutasini valyuta savdosidan tashqarida sotib olish va sotish borasida olib boriladigan barcha operatsiyalar shu valyuta uchun belgilangan rasmiy kurs buyicha amalga oshirilishi lozim.
Fikrimizcha, milliy valyutadagi korrespondent aloqalarni rivojlantirish bevosita xalqaro savdo aloqalarida milliy valyutamiz - so’mdan keng miqiyosda foydalanishga asos bo’ladi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi bilan erkin savdo tizimi va eng yuqori darajada qulayliklar yaratilishini ko’zda tutuvchi bitimlar imzolangan davlatlarning xo’jalik yurituvchi sub’ektlari bilan milliy valyutada tovarlarni eksport va import qilish uchun respublikamiz korxona va tashkilotlar tomonidan shartnomalar imzolanishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.


Download 267,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish