Qumoy,Snejniy sip, Gyps himalayensis [Hume, 1869]. Tabiatdan kamyob hisoblanuvchi o’troq, lokal tarqalgan tur. Hisor, G’arbiy Tyanshan, Turkiston tog’ tizmalarida tarqalgan.Tog’larning o’rta va yuqori qisimlarida yashaydi.Son jihatdan doimo kam bo’lgan. Tahminlarga ko’ra umuniy soni 20-tadan oshmaydi.Yovvoyi tuyoqlilar sonining kamayib ketishi cheklovchi omil bo’ladi. Ko’paytirish choralari sifatida dunyo hayvonot bog’larida ko’paytirilmoqda. Ovlashni taqiqlanganligi va CITECning II-ilovasiga kiritilganligi bilan muhofaza choralari ko’rilgan.
Oq boshli qumoy ,Belogoviy sip, Gyps fulvus [Hablizi 1783].Bu yirtqich qush o’troq, mozaik tarqalgan nominal kenja tur hisoblanib, tarqalish joylari G’arbiy Tyanshan, G’arbiy Pomir - Oloy. Tog’larning etak va o’rta qisimlarida yashaydi. 1980-yillarda tahminan 140 jufti qayd etilgan. Soni asta – sekin kamayi bormoqda. Cheklovchi omilar yovvoyi tuyoqlilar sonining kamayib ketishi va brakonerlik hisoblanadi. Dunyo hayvonot bog’larida ko’paytirish olib borilmoqda. Muhofaza choralari qilib ovlashni taqiqlash va CITECning II- ilovasiga kiritilganligi belgilab qo’yilgan.
Tasqara,Chyorniy grif,Aegypius monachus [Linnaeus, 1766].O’troq yashovchi mozaik tarqalgan nominal kenja tur bo’lib, G’arbiy Tyanshan, G’arbiy Pomir – Oloy,Bo’kantov, Tomditov qoldiq tog’lari va Janubiy Yevropada tarqalgan.Tog’larning etak va o’rta qismlarida yashaydi. 1980-yillarda 80 ga yaqin
jufti qayd etilgan. Oxrgi marta Hisor tog’ tizmasida 75- 80 ta zoti uyalashi qayd etilgan. Bu qushning tarqalishidagi cheklovchi omillar yovoyi tuyoqlilar sonining kamayib ketishi va brakonerlik hisoblanadi. Ko’paytirish choralari esa dunyo hayvonot bog’larida olib borilmoqda ya’ni ko’paytirilmoqda. Ovlash taqiqlanganligi va CITECning II-ilovasiga kiritilganligi muhofaza choralari bo’lib xizmat qilmoqda.
Ilonburgut, Zmeeyad, Circaetus galliycus [S.G.Gmelin, 1788].Hozirgi vaqtda qisqarib borayotgan uchib o’tuvchi Turkiston kenja turi.Ushbu yirtqich qush deyarli hamma joyda tarqalgan bo’lib, yashash joylari. Qumloq cho’llar,
.qo’qay zorlar, qoldiq tog’lar, tog’larning cho’llashgan etaklardir. Soni jihatidan 1970-1980 yillarda 20 taga yaqin uyalovchi jufti qayd etilgan.Cheklovchi omillar Qo’ruq yerlarni o’zlashtirilishi hisoblanadi.Bu turni ko’paytirish amalgam oshirilmagan bo’lib,hozirgi vaqtda hayvonot bog’larida saqlanadi. Muhofaza choralari sifatida ovlashni ta’qiqlanganligi hamda CITECning II-ilovasiga kiritilganligidir.