Reja: O`zbekiston ichki suvlari



Download 37,78 Kb.
bet1/7
Sana01.01.2022
Hajmi37,78 Kb.
#281231
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Word


Mavzu: Oqar suvlarda suv sifatini nazorat qilish punktlarini shakllantirish.

Reja:


  1. O`zbekiston ichki suvlari

  2. O`zbekiston daryolari. Daryolarning to`yinishi.

  3. Qashqadaryo

  4. Sirdaryo

  5. Surxondaryo

  6. Daryolarning xujalik axamiyati va suvini toza saqlash

O`zbekiston ichki suvlariga daryolar, ko`llar, yer osti suvlari, muzliklardagi suvlar, suv omborlari, kanal va ariqlardagi suvlar kiradi. Ichki suvlar faqat iqlim xususiyatlariga emas, balki uning tabiatining boshqa unsurlariga, xususan relefiga ham bog`liqdir. Relef ichki suvlarga, shu jumladan oqim hosil bo`lish jarayoniga bevosita hamda tabiiy-geografik omillar, ayniqsa iqlimiy omillar orqali bilvosita ta`sir etadi. Chunki tor yonbag`irlarining ko`pincha tik bo`lganligi tufayli yoqgan yomg`ir, erigan qor va muz suvlari tezda pastga oqib tushib, soy va daryolarni hosil qiladi. Buning ustiga tog`larda mutlaq balandlikning ortib borishi tufayli yog`in ko`proq tushadi, haroratning pastligi oqibatida qalin qor qoplami hosil bo`ladi, muzliklarni to`yintirib turadi. Qor va muz suvlarining erishi natijasida yyer osti suvlarining hosil bo`lishiga, daryolarni to`yintirib turishiga qulay sharoit yaratadi.Mamlakatimiz yer maydonining 71% ni ishg`ol qilgan tekislik qismida tog`larda vujudga kelgan suvlar bug`lanish (ekin dalalaridan, sug`orish shoxobchalaridan, tuproq yuzasidan va o`simliklar orqali) va shimilish natijasida sarflanib ketadi. Chunki tekislik qismida yog`in juda kam, aksincha bulutsiz jazirama issiq kunlarning uzoq davom ztishi tufayli mumkin bo`lgan bug`lanishning ko`pligi oqibatida daryolar juda kam, yyer osti suvlari nisbatan chuqurda joylashib, sho`rtang. Ana shu sabablarga ko`ra jumhuriyatimiz tekislik qismida tranzit daryolarni hisobga olmaganda doimiy oqimga ega bo`lgan daryolari yo`q hisobi.

Mamlakatimiz ichki suvlari landshaft unsuri sifatida o`z navbatida tabiatning boshqa unsurlariga ta`sir etadi va ular bilan uzviy aloqada rivojlanadi. Ichki suvlar jumhuriyat yyer yuzasi relefini o`zgartiradi, tuproq hosil bo`lishida, o`simliklarning rivojlanishida ishtirok etadi. Ichki suvlar Mamlakatimiz xalq xo`jaligi va maishiy turmushida muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimiz ichki suvlari, xususan daryo oqimining o`zgarishida xishilarning xo`jalik faoliyati ham muhim omillardan biriga aylaiib qoldi. Chunki O`zbekistonning tekislik qismida unumdor, lekin qurroqchil yyerlarning mavjudligi ularni sug’orishni taqozo etadi. Buning uchun esa daryolardan ko`plab sug`orishga suv olinadi, okibatda ularning oqimiga ta`sir etib, ba`zilari ma`lum havzaga yetib bormasdan togdan tekislikka chiqqach suvi juda kamayib, qurub qoladi. Shuningdek, kishilar yyerlarni sug`orish uchun sersuvli daryo havzasidan kanallar qurib kamsuvli daryo havzasiga uning bir qismi suvini burib yuborib, daryolar suv oqimini qayta o`zgartiradi. Bunga Zarafshon suvining bir qismi Eski Tuyatortar kanali orqali Sangzor daryosiga, Amu-Buxoro magistral kanali orqali Amudaryo suvining bir qismini Quyi Zarafshonga burib yuborilganligi yaqqol misoldir.

Shunday qilib, yuqorida keltirilgan ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, O`zbekistonning torli qismi bilan tekislik qismining gidrologik xususiyati bir-biriga butunlay qarama-qarshidir. Chunki uning tog`li qismida namlik to`planib, uning bir qismi bug`lansa, bir qismi oqar suvlarni, yana bir qismi shimilib, yer osti: suvlarini hosil qiladi, torlarda ularning ko`p qismi tabiiy drenajga ega bo`lganligidan daryo tarmoqlariga qayta kelib qo`shilsa, qolgan qismi tekislikdagi yer osti suvini to`yintiribturadi. torden boshlanadigan daryolar, tekislik qismiga chiqqach ularning suvi ko`plab bug`lanadi, shimiladi, sug`orishga sarflanib, ko`pchshshk daryolar suvi ozayib, ma`lum havzata yetmasdan cho`llar ichida yo`q bo`lib ketadi. So`nggi yillarda kishilarning xo`jalik faoliyati jumhuriyatimiz daryo oqimiga emas, balki ko`llarning joylashishiga, yyer osti suv sathining o`zgarib turishiga ham ta`sir etmoqda. Sug`oriladigan mintaqada va unga yaqin bo`lgan joylarda ekin dalalarini sug`orish davrida yoki tuproq sho`rini yuvish vaqtida yyer osti suvining tabiiy drenaji sekin bo`ladigan joylarda uning sathi ko`tarilib, tuproqning qayta sho`rlanishiga olib kelmoqda,. Bunday joylarga Quyi Amudaryo, Quyi Zarafshon, Mirzacho`l, Qarshi cho`lini misol qilib keltirish mumkin. O`sha yer osti suvining tabiiy siljishi sekin bo`lgan, qayta sho`rlashgan joylarda zovur-drenajlar qurib, yer osti suvini sug`oriladigan mintaqadan tashqariga chiqarib tashlash oqibatida esa bir qancha sho`r ko`llar vujudga kelmokda. Bularga Mamlakatimizdagi Aydor, Tuzkan, Arnasoy, Sudochhe, Sariqamish, SHo`rko`l. Somonko`l, Ulug`sho`rko`l, Oqko`l va boshqalar yaqqol misoldir. Shunday qilib, so`nggi yillarda jumhuriyatimiz ichki suvlarining gidrologik xususiyatlaridagi o`zgarishlar kishilarning xo`jalik faoliyatiga ham sezilarli darajada ta`sir etmoqdaki ularni hisobga olmaslik mumkin emas. Mamlakatimiz ichki suvlari ichida tirik organizm va ayniqsa insonlarning hayoti va xo`jalik faoliyati uchun zng muximi daryolardir.


Download 37,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish