Reja: Oʻzarxiv agentligining tashkil topishi



Download 24,49 Kb.
bet2/2
Sana08.06.2023
Hajmi24,49 Kb.
#949837
1   2
Bog'liq
Hozirgi davrda Oʻzbekistonda arxiv ishi

 eng uzuni 83 metr, eng qisqasi 20 santimetrni tashkil etadi.
Hujjatlar teri, qog'oz, kal`kaga bitilgan. Saqlanayotgan qadimiy hujjatlar, asosan, arab, fors-tojik, eski o'zbek va rus tillarida bitilgan. Arxiv hujjatlari davriylik nuqtai nazaridan uch davrni qamrab oldai: 1917 yilgacha bo'lgan tarixiy davr, 1917–1991 yillar va 1991 yildan hozirgi kungacha bo'lgan mustaqillik davri. Arxivlarda 800 ming saqlov birligidan ortiq alohida qimmatli hujjatlar saqlanmoqda. “Vaqf hujjatlari kollektsiyasi”, “Xiva xonlari kantselyariyasi”, “Buxoro amirligi”, “Qo'qon xonligi” va boshqalar shular jumlasidandir.
Saqlanayotgan hujjatlarning noyobligi va dunyo tamaddunidagi ahamiyatli inobatga olinib, YUNESKO tomonidan 2017 yilda 20 ming saqlov birligidan ortiq “Xiva xonlari kantselyariyasi” hujjatlari “Jahon xotirasi” dasturining Xalqaro ro'yxatiga kiritildi. MDH mamlakatlari arxivlari orasida O'zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot milliy arxivi birinchi bo'lib va bugungi kunda yagona ISO 9001:2008 sifat menejmenti tizimi sertifikati hamda ISO 37001:2016 korruptsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi sertifikatiga ega bo'ldi.
Arxiv mutaxassislarining ishi nihoyatda mas'uliyatli va mashaqqatli. Tarixning tilsiz guvohlari bo'lgan, vaqt sinovlari natijasida uvadalanib, sarg'ayib ketayotgan qo'lyozma, durdona manbalarni tiklaydi. Hujjatlarni asrab-avaylaydi, kelgusi avlodga bezavol etib borishi uchun jon kuydiradi.
Bitta misol. SHu kungacha Ikkinchi jahon urushida 1 million 500 ming o'zbekistonlik ishtirok etgan deb hisoblanar edi. Arxiv hujjatlarini o'rganish asnosida fashizmga qarshi kurashda 1 million 951 ming nafar vatandoshimiz qatnashgani ma'lum bo'ldi. Bu bir qarashda shunchaki raqamlar o'zgarishiga o'xshashishi mumkin. Biroq buning uchun millionlab arxiv hujjatlari qayta o'rganib chiqilgan.
O'zbekistonda arxivlarning paydo bo'lishi uch ming yillik davlatchilik tarixi bilan bog'liq. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish sharoitida an'anaviy saroy, diniy va shaxsiy arxivlar bilan bir qatorda devon, kutubxona va madrasalarda ham hujjatlarni jamlash hamda saqlash rivojlangan. Markaziy Osiyo hukmdorlarining bugungi kungacha saqlanib qolgan arxiv hujjatlari, asosan, mukofotlar berish to'g'risidagi qaydlar, soliqlarning to'lov qog'ozlari, iqtisodiy mazmundagi yozishmalar va kamdan-kam hollarda hujjatlar nusxasidan iborat. Saroylarda ish yuritish va hujjatlarni saqlash bilan shug'ullanuvchi devonbegi, parvonachi, kitobdor, shotir kabi lavozimlar bo'lgan.
Vatanimiz hududida qadimdan arxivlarning mavjud bo'lgani Tuproqqal'a xarobasida olib borilgan arxeologik qazishmalar paytida isbotlangan. Bu erda milodiy III-IV asrlarga oid qadimgi xorazm tilida yozilgan yuzga yaqin hujjat topildi. Ular Xorazm hukmdorlari arxiviga tegishli ekani aniqlandi. Hujjatlarning 18 tasi yog'ochga, ko'pi oshlangan charmga yozilgan. Sakkizta hujjat yaxshi saqlangan. Hozirgi kunga qadar yuzga yaqin hujjatdan atigi 26 tasini olimlar o'qishga muvaffaq bo'ldi.
Bugun biz bilgan shakldagi arxiv esa 1919 yili tashkil etilgan. O'tgan asrning 30-yillarida markaziy arxivlar tarmog'i shakllana boshladi. Bu esa milliy ahamiyatga ega hujjatlarni jamlash imkonini ta'minladi.
Milliy arxiv fondiga tegishli yig'majildlarning 170 mingdan ortig'i alohida kimmatga ega. Ular orasidagi Xiva xonligi arxiv hujjatlari “Jahon xotirasi” dasturining Xalqaro ro'yxatida 3-o'rinda e'tirof etilib, dunyo ahamiyatiga molik bebaho meros sifatida qayd etilgan. Yig'majildda xonning yorliqlari, xalqaro diplomatik aloqalar, xodimlarni mansabga tayinlash, fuqarolarni ro'yxatga olish va masalalar qamrab olingan.
Noyob fondda Xiva xonligining ma'muriy-hududiy joylashishi, davlat boshqaruvi, qishloq xo'jaligi, hunarmandchilik, savdo aloqalari, xalqning turmush tarzi va madaniyatiga oid keng qamrovli ma'lumotlar mavjud. O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan ushbu hujjatlar 1268 ta yig'ma jilddan iborat bo'lib, 20 ming varaqni tashkil etadi. Xiva xoni Anush Muhammad Bahodirxonning fuqaro mulla Mahmud va uning farzandlariga bergan tarxon yorlig'i fonddagi eng qadimiy hujjat bo'lib, milodiy 1664 yilga taalluqlidir. Xiva xonining Angliya konsuli bilan turli masalalar xususidagi yozishmalari 1846 yilga tegishli. Xatdan ikki davlat o'rtasida do'stlik aloqalarini yanada mustahkamlash, savdo-sotiqni rivojlantirish va boshqa sohalarda hamkorlik qilish masalalari qamrab olingan.
SHuningdek, Xiva xoniga yozilgan murojat ko'pchilikning e'tiborini tortadi. Ushbu maktub xonlikda ancha yillar xizmat qilgan qul tomonidan yozilgan bo'lib, hukmdordan uni qullikdan ozod qilishini so'ragan. Uning yozishicha, “Qirqquloq” degan mavzeda ota-bobolari yashab o'tgan va qarindosh-urug'lari ham shu manzilda istiqomat qiladi. Xizmatkor o'z maktubida shu manzilga borib hayotini davom ettirish uchun xondan izn so'ragan.
Xiva xonligidan Rossiya davlatiga borishga ijozat beruvchi hujjat, aniqrog'i, pasport fuqaro SHayx Nazar Muhammadnazar o'g'li va Bekjon Bobojon o'g'illariga berilgan. Bu hujjat berilgan kundan boshlab fuqaroning uch oy mobaynida Rossiyadagi turli shaharlarga borib, o'z ishini bitirib kelishi uchun ruxsatnoma vazifasini o'tagan. Pasportda fuqaroning ismi, otasining ismi, yoshi, bo'yi, ko'zining rangi, qoshi, burni, soqoli, yuzi, toifasi (millati), qavmi (qaysi urug'dan ekani), yashash manzili, pasport seriya raqami, berilgan sanasi aniq ko'rsatilgan. Pasport rus va turkiy-chig'atoy tillarida yozilgan. Uning pastki qismida muhr, marka va imzo mavjud. Ushbu hujjat 1908 yilga taalluqli.
Download 24,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish