Reja: O‘rta guruhda dekorativ rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari. O‘rta guruhda dekorativ rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari. Tayyorlov guruhda dekorativ rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari


Quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi



Download 138,22 Kb.
bet4/6
Sana21.07.2022
Hajmi138,22 Kb.
#832140
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1544074750 73096

Quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi.

  • Aylana, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak ichiga naqsh chizishda shakllarning ritmik joylashtirishda qo‘llanadigan kompozitsion qobiliyatni rivojlantirish.

  • Rang qobiliyatini rivojlantirish, kontrast ranglarni mos holda ishlatishni o‘rgatish.

  • Naqshning oddiy elementlarini chizishga o‘rgatish.

  • Mo‘yqalamdan foydalanishning texnik ko‘nikmalarini rivojlantirish (qog‘ozda yengil yurg‘izish, nuqtalar qo‘yish, chiziqlar chizayotganda mo‘yqalamning butun usti bilan chizish).

  • Avval bolalar mo‘yqalam bilan to‘g‘ri chiziqlarni chizishni va ularni orasiga nuqtalar qo‘yishi, ranglarni ketma-ket almashtirib chizishni o‘rgatadilar. Undan tashqari bolalar, dumaloq va aylana shakllarni chizishga o‘rganadilar.

К atta guruhda dekorativ rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari. Besh yoshdagi bolalar uchun dekorativ rasmda ancha murakkabroq topshiriqlarni berish mumkin. Chunki bu yoshda bolalarning estetik hissiyotlarining rivojlanish darajasi ancha yuqoridir. Bolalarga quyidagilarni o‘rgatish zarur:

  • Qog‘oz shakliga yoki hajmli predmetga nisbatan naqshni simmetrik joylashtirish;

  • Naqshda turli xil to‘g‘ri, doirasimon chiziqlardan, shakllardan hamda o‘simlik elementlaridan foydalanish;

  • Asos (fon)ga nisbatan ranglarning chiroyli moslashuvini topish; Mo‘yqalamdan mahorat bilan foydalanish (uchi bilan chizish, boshchasi bilan to‘liq chizish, mo‘yqalamni turli yo‘nalishda harakatlantira olish). Boshlang‘ich mashg‘ulotlarda o‘rta guruhda hosil qilingan malakalar mustahkamlanadi. Ular quyidagilardan iborat: turli shakllarda mo‘yqalam yordamida to‘g‘ri chiziq chizish, botirib olish usuli bilan chizish, nuqtalar c hizish. Bu - o‘rta guruh materialini oddiygina qaytarish emas. Bolalarning ixtiyoriga bir necha xil ranglar hamda naqshda bir-biriga moslashadigan elementlarning turli hajmlari havola qilinadi. Yilning boshida bolalarga doira ichida naqshni chizishning yangicha usuli o‘rgatiladi, ya’ni markaz hamda konsentrik aylana bo‘ylab simmetrik elementlar chiziladi. Doira va kvadratdan tashqari naqshni tuzish uchun bolalarga–oval, uchburchak, rozeta (to‘pbarggul shaklidagi bezak), oltiburchak kabi shakllar beriladi.

Katta guruhda kompozitsion usul sifatida elementlarni navbat bilan almashib chizish prinsipidan foydalaniladi; bunday usul naqshni yanada dekorativlashtiradi. Navbat bilan almashib chizishda naqsh o‘z ichiga turli xil shakldagi va rangdagi 2-3 xil elementni olishi mumkin. Naqshning bezak elementi sifatida bolalar turli chiziq shakllaridan (enli va ensiz chiziqlar, botirib olib chizish, nuqtalar, doirachalar, aylanalar chizish) va murakkabroq bo‘lgan – o‘simlik shakllari (barglar, mevalar, gullar) dan foydalanishni o‘rganadilar. Bunday o‘simlik shaklidagi elementlarni bir necha marta qaytarib chizish bolalar uchun ancha murakkablik qiladi. Bolalarga yana mo‘yqalamdan foydalanishning yangicha usuli ko‘rsatib beriladi, ya’ni qog‘ozga mo‘yqalamni yon tomoni bilan botirib olish usulidir. Bunday botirib olish natijasida hosil bo‘ladigan bosmalar barg shaklida bo‘ladi va ulardan gullarning, barglarning naqshini chizishda foydalanish mumkin. (mo‘yqalamning raqamini inobatga olgan holda: № 3, № 5, № 6.)
К atta guruhda bolalar rangli fonga moslashtirgan holda turli ranglar jilosidan foydalanishni o‘rganadilar. Дyekorativ rasmda mazmunli rasmga nisbatan fonning rangi juda ham turli xil bo‘lishi mumkin. Yorqin ranglarning moslashuvidan tashqari, bolalar ranglarning chiroyini ma’lum bir ranglar majmui (gamma) da (ko‘k, havo rang, oq, qizil, olov rang, sariq va hokazolar) ko‘rishni o‘rganadilar. Bolalar bir xil rangdagi, sidirg‘a naqshlarni his qilish layoqatiga egalar. Masalan: qor parchasining naqshi, turning jimjimador naqshi. Katta guruhda bolalarni hajmli buyumlarda naqshlarni hosil qilishga o‘rgatiladi. Bunday rasm chizishning murakkabligi shundaki, naqsh kompozitsiyasini kuzatish qiyin, negaki chizuvchi uni qisman ko‘ra oladi va naqsh elementlarining shakli buyumning yuzasi qavariqligidan ozmuncha o‘zgaradi. Masalan: ko‘zani yoki biror o‘yinchoqni bezatish. Shuning uchun bolalarga naqsh bilan bezash uchun beriladigan hajmli buyumlar sodda shaklga ega bo‘lishi kerak.
Masalan: Hamro buvi o‘yinchoqlari namunasi asosida loydan yasalgan – qushlar, otlar.
Hamro buvi o‘yinchoqlarining naqshi sodda va ritmikdir – turli kenglikdagi to‘g‘ri va to‘lqinsimon chiziqlar bilan nuqtalarning, doirachalarning, xalqachalarning moslashuvidan iborat.
Bu ornamentlar rangi jihatdan oq fonning bir necha asosiy yorqin ranglar bilan oddiy kontrast (keskin) moslashuvini beradi.
Bolalarni quyidagi vazifalarga o‘rgatish kerak.

  • V araqning shakliga mos qilib naqshni simmetrik chizish.

Naqshda turli to‘g‘ri, egri chiziq va shakllardan o‘simlik elementlaridan
foydalanish.

  • Fondan kelib chiqib, ranglarning turli jilolaridan foydalanish.

  • Mo‘yqalam bilan ishlash (uchi bilan, butun uchi bilan, turli yo‘nalishlarda erkin harakatlantirish).

B olalar to‘g‘ri to‘rtburchakka, aylanaga, kvadratga naqshni chizishni o‘rganib boradilar. Bulardan tashqari oval, uchburchak va oltiburchak ichiga naqsh chizishni o‘rganadi.



Download 138,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish