Reja: Orol dengizi haqida



Download 0,76 Mb.
Sana23.05.2023
Hajmi0,76 Mb.
#942855
Bog'liq
2 5415841945077426535


Mavzu:Orol fojiasi
Reja:

  1. Orol dengizi haqida

  2. Orol dengizining qurishi sabablari

  3. Prezident Sh.Mirziyoyevning BMTga murojaati

  4. Orol dengizi oʻrnidagi oʻrmon

  5. HULOSA.


1.Orol dengizi okean sathidan 53m balandlikda, Markaziy Osiyo cho’llarining markazida joylashgan. 1960-yillargacha u, maydoni bo’yicha, dunyodagi to’rtinchi eng katta (64,500 km²) ko’l hisoblangan va uning o’rtacha chuqurligi-16m, eng chuqur nuqtasi esa 68m ni tashkil etgan. O’zining tarixi mobaynida, Orol dengizi sathi goh ko’tarilib goh pasayib turgan. Uning tubidan daraxt qoldiqlari aniqlangan va Kaznozoy davrida u Kaspiy dengizi bilan bog’langan edi.Orol dengiziga Markaziy Osiyoning ikki eng katta daryosi-Amudaryo va Sirdaryo suvlari quyilgan. Ushbu daryo suvlaridan irratsional foydalanish, shunindek, 70-yillarda Amudaryoning Orol dengiziga quyilishini to’sib qo’yilishi, Orol dengizi qurishining asosiy sabablari hisoblanadi. So’nggi 30-40 yillar mobaynida, dengiz sathi keskin pasaydi. XX asrning 50-60 yillarida dengiz sathi Boltiq balandlik tizimi bo’yicha 53,5m ni tashkil etgan. Orol dengizi suvi sathining o’zgarishi 1970-yildan (o’shanda suv sathi 2.4 m pasaygan) boshlab izchil o’rganilgan. 2009-yilgi ma’lumotlarga ko’ra, Orol dengizining markaziy qismining butunlay qurishi kuzatildi. Ushbu davrda uning maydoni atigi 11,800 kv.km.ni, umumiy suv hajmi esa- 1960 yilgi suv hajmining 10%ni tashkil etgani qayd etildi. Hozirgi kunda Orol dengizi uchta alohida suv havzasiga (akvatoriy) bo’lingan: shimoliy Kichik dengiz, Katta dengizning G’arbiy va Sharqiy havzalari. Orol suvining sho’rlanishi, dengiz hayvonot olamining keskin pasayishga olib keldi va uning sayozlanishi- cho’llanish va iqlim o’zgarishini keltirib chiqardi.1970-yillargacha Orol dengizi hududida 34dan ortiq, ulardan 20dan ortig’i tijoriy ahamiyatga ega bo’lgan baliq turlari mavjud edi. Ammo XX asrning 80-yillarning boshlarida, dengizning qurilishi tufayli baliqchilik faoliyati qisqardi. Shunga qaramasdan, dengiz suvining hozirgi holati qisqichbaqasimonlarning ( artemiyalar) ko’payishiga qulay sharoit yaratadi. Orol dengizi — Oʻrta Osiyodagi eng katta berk shoʻr koʻl. Maʼmuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan koʻproq janubiy-gʻarbiy qismi Oʻzbekiston (Qoraqalpogʻiston), shimoliy-sharqiy qismi Qozogʻiston hududida joylashgan. Oʻtgan asrning 60-yillarigacha Orol dengizi maydoni orollari bilan oʻrtacha 68,0 ming km² ni tashkil etgan. Kattaligi jihatidan dunyoda toʻrtinchi (Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqori koʻl va Afrikadagi Viktoriya koʻlidan keyin), Yevrosiyo materigida (Kaspiydan keyin) ikkinchi oʻrinda edi. Dengiz shimoliy-sharqdan janubiy-gʻarbga choʻzilgan, uz. 428 km, eng keng joyi 235 km (45° sh.k.) boʻlgan. Havzasining maydoni 690 ming km², suvining hajmi 1000 km³, oʻrtacha chuqirligi 16,5 m atrofida oʻzgarib turgan. Havzasining kattaligi uchun dengiz deb atalgan. Orol dengizi yuqori pliotsenda Yer poʻstining egilgan yeridagi botiqda hosil boʻlgan. Tubining relyefi (gʻarbiy qismini qisobga olmaganda) tekis. Orol dengizida juda koʻp yarim orol va qoʻltiqlar boʻlgan. Shimoliy Qirgʻoqlarida eng katta qoʻltiqlaridan Chernishev, Paskevich, Sarichigʻanoq, Perovskiy, jan.-sharqiy va sharqiy qirg‘oqlarida Tushbas, Ashshibas, Oqsagʻa, Suluv va boshqa,Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladigan joylarida Ajiboy, Tolliq, Jiltirbas qoʻltiqlari, Qulonli va Moʻynoq yirik yarim orollari boʻlgan. Orol dengizda qadimdan suv sathi goh koʻtarilib, goh pasayib turgan. Keyingi geologik davrda Sariqamish va Oʻzboʻy orqali O.d. suvi vaqt-vaqti bilan Kaspiyga quyilgan, suv sathi ancha baland boʻlib, janubiy va jan.-sharqidagi bir necha ming km² maydonli sohil suv ostida boʻlgan. O.d. unchalik chuqur emas. Chuqur joylari gʻarbiy qismida. Qoraqalpogʻiston Ustyurta yonida chuq. 69 m gacha yetgan.Dengizning sayoz joylari uning janubiy, janubiy-sharqiy va sharqiy qismlariga toʻgʻri kelgan.Orol dengizi qirgʻoqlarining morfologik tuzilishi juda murakkab. Ular bir-biridan baʼzi xususiyatlari bilan farqlanadi. Shim. Qirgʻogʻi baland, ayrim yerlari past, chuqur qoʻltiqlar bor. Sharqiy qirgʻogʻi past; qumli, juda koʻp mayda qoʻltiq va orollar boʻlgan. Jan. Qirgʻogʻi Amudaryo deltasidan hosil boʻlgan.

2.Orol dengizi ilgari vaqtlarda dunyoda eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib undan ovchilik transport Amudaryo, Sirdaryo yer osti suvlari hamda atmosfera yog`inlari tushushi va yuzadan suvning bug`lanishini tashkil etadi. Qadimgi tarixiy davrlarda dengiz sathining 1,5-2 m o`zgarishi, tabiiy iqlimi xususiyatlari biloan bog`liq bo`lib, suvning hajmi 100-150 km3 suv sathi maydoni 4000 km2 ni tashkil etadi.Sug`oriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida sug`orishga foydalaniladigan qaytmas suvlar va qurg`oqchilik yillari Amudaryo va Sirdaryoning belgisiga quyidagilar suv miqdori kamaydi.Shunday qilib, hozirgi vaqtda dengizning sathi 1961 yilga nisbatan 16,8 marta pasaydi. Bunda dengizning hajmi 3 marta yuzasi esa 2 marta sho`rlanish darajasi 9-10 g/l dan 34-37 g/l ga ortdi.Hozirgi kunda dengiz sathining pasayishi yiliga 80-100 sm tashkil etmoqda. Qirg`oq chizig`i 60-80 km ga pasayib ochilib qolgan yerlar 23 ming km2 ni tashkil etadi. Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida suvning sifati yomonlashdi hamda ichish uchun yaroqsiz bo`lib qoldi. Ekologik tizimlar, o`simlik va hayvonlar chuqur inqirozga uchrayapti. Eng yomon ahvol janubiy oroldadir. Ushbu mintaqa o`z ichiga shimoliy g`arbiy qizilqum Zaungauz qoraqumi janubiy ustyurt va Amudaryo deltasi kabi lanshaft komplekslarini oladi. Orol bo`yining umumiy maydoni 437 ming km2 bo`lsa uning janubiy qismi 245 ming km2 ni tashkil etadi. Bunga Qoraqalpog`iston hududi O`zbekistonning Xorazm viloyati Turkmanistonning Tashovuz viloyatlari kiradi.Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida ko`pchilik maydonlar qoniqarsiz meliorativ aholi bilan III va IV kategoriyaga mansub yerlar hisoblanadi. Sho`rlangan, kuchli sho`rlangan maydonlar 35-70 foizni tashkil etadi.Tuproqlarning sho`rlanishi hisobiga qishloq xo`jalik mahsulotlari hosili O`zbekistonda 30 foiz, Turkmanistonda 40 foiz, Qozog`isotnda 30-33 foiz, Tojikistonda 19 foiz, Qirg`izistonda 20 foizga pasayib ketdi.Markaziy Osiyoda keyingi yillarda yalpi paxta hosilining ko`payishi sezilmayapti. O`simliklar qatlamining o`zgarishi bilan umumiy yem-xashak zaxirasi 1200 dan 500000 tonnagacha kamaydi. Boshoqli har yil o`tloqzorlardan 3 marta qisqardi. Dorivor o`simliklar zaxirasi kamayib siyraklashib bormoqda. Yaylovlarning qisqarishi va hosildorlikning pasayishi chorva molla;riga o`z ta’sirini ko`rsatmoqda.Sho`rlangan yerlar maydoni kundan-kunga ortib bormoqda. Qirg`oqchilik tufayli iqlimning keskin kontinentanligi ortib ketdi. Dengiz va quruqlik o`rtasidagi haroratni o`zgarishi shamol tezligining ortishi suvning to`lqinlanish xodisasini kuchayishiga olib keldi. Avvali qumlar ortiqcha namlikni yutishi hisobiga, namlikni doimo ushlab turishiga cho`l o`simliklarning rivojlanishiga yordam berar edi.Kuchli sho`rlangan yer osti suvlarining yuza joylanishi, cho`llanish jarayonini kuchaytirmoqda. Amudaryo va Sirdaryo qirg`oqlarining pasayishi natijasida daryoning quyi qismida suv toshqinlarini kamaytirib yubordi. Bu o`z navbatida to`qay o`simliklari maydonlarini qisqarishiga ilgari gumusga boy bo`lgan o`tloqlar o`tloq botqoqli tuproqlar unumsiz, o`tloq taqir, cho`l, qumli o`tloqlarga ayalanishiga olib keladi. Sut emizuvchi hayvonlar va qushlar kamayib ketdi. Qurigan maydonlar aholi uchun xavfli kasallik tarqatuvchi kemiruvchilar bilan to`lib bormoqda. Orol buyining epidemiologik ahvoli nihoyatda og`ir. Aholining markazlashgan suv bilan ta’minlash 29067 foizni tashkil etadi. Aholining yarmi ifloslangan ochiq suv xafzalaridan foydalanadi. Orol dengizini saqlab qolish mumkinmi? Orol muammosining asosini uning kdengiz sifatida saqlab qolishni tashkil etadi. Shuni ta’kidlash lozimki Orol o`z tarixi davomida ilmiy ma’lumotlarga qaraganda ko`p marta o`z shaklini o`zgartirgani va qurib qolgani ma’lum.





3.BMT Bosh assambleyasi Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiyani qabul qildi. Bu tashabbus bilan O‘zbekiston prezidenti chiqqan edi.18 may kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi yalpi majlisida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.Dunyoning turli mintaqalaridagi 60 ga yaqin davlatlar mazkur rezolyutsiyaga hammuallif sifatida ishtirok etdi. Unda Bosh assambleya Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy va demografik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan mintaqaviy tadbirlar va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi.Hujjatda bundan buyon ham Orolbo‘yi mintaqasi tabiatini tiklash va yaxshilash, tabiiy resurslarni saqlash va aholi hayot sifatini oshirish manfaatlari yo‘lidagi ilmiy-tadqiqot maslahatlashuv faoliyati rag‘batlantirilishi qayd etilgan.Rezolyutsiyada Orol dengizi inqirozi oqibatlarini bartaraf etish va Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirishda mintaqaviy hamkorlikni faollashtirish muhimligi ta’kidlangan.Bosh assambleya barcha manfaatdor tomonlarni qo‘shma fanlararo tadqiqotlar o‘tkazishga, ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishga, inklyuziv va ekologik barqaror iqtisodiy o‘sishga hamda energiya va suvni tejovchi texnologiyalarni qo‘llashga turtki berishga chaqiradi.Hujjatda O‘zbekiston prezidenti huzurida Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazining tashkil etilgani hamda BMT shafeligida Orolbo‘yi mintaqasi uchun ko‘psheriklik Trast fondini ta’sis etilgani BMT tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi qayd etiladiBMT Bosh assambleyasi Orolbo‘yi mintaqasi bo‘yicha maxsus rezolyutsiya qabul qildiBMT Bosh assambleyasi Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiyani qabul qildi. Bu tashabbus bilan O‘zbekiston prezidenti chiqqan edi.BMT Bosh assambleyasi Orolbo‘yi mintaqasi bo‘yicha maxsus rezolyutsiya qabul qildi18 may kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi yalpi majlisida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.Dunyoning turli mintaqalaridagi 60 ga yaqin davlatlar mazkur rezolyutsiyaga hammuallif sifatida ishtirok etdi. Unda Bosh assambleya Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy va demografik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan mintaqaviy tadbirlar va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi.Hujjatda bundan buyon ham Orolbo‘yi mintaqasi tabiatini tiklash va yaxshilash, tabiiy resurslarni saqlash va aholi hayot sifatini oshirish manfaatlari yo‘lidagi ilmiy-tadqiqot maslahatlashuv faoliyati rag‘batlantirilishi qayd etilgan.Rezolyutsiyada Orol dengizi inqirozi oqibatlarini bartaraf etish va Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirishda mintaqaviy hamkorlikni faollashtirish muhimligi ta’kidlangan.Bosh assambleya barcha manfaatdor tomonlarni qo‘shma fanlararo tadqiqotlar o‘tkazishga, ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishga, inklyuziv va ekologik barqaror iqtisodiy o‘sishga hamda energiya va suvni tejovchi texnologiyalarni qo‘llashga turtki berishga chaqiradi.Hujjatda O‘zbekiston prezidenti huzurida Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazining tashkil etilgani hamda BMT shafeligida Orolbo‘yi mintaqasi uchun ko‘psheriklik Trast fondini ta’sis etilgani BMT tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi qayd etiladi.Orolbo‘yi Bosh Assambleya tomonidan «Ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi» singari yuqori maqom taqdim etilgan ilk mintaqa bo‘ldi, deyiladi TIV xabarida. Hujjat mintaqaviy ustuvorlik, integratsiya va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha BMT tizimidagi ixtisoslashgan agentliklar, jamg‘armalar va dasturlarning amaliy harakatlarini hamda loyihalarini umumlashtirish va ular o‘rtasidagi muvofiqlashuvni ta’minlashga xizmat qiladi.Shavkat Mirziyoyev Orolbo‘yi mintaqasiga ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi maqomini berish tashabbusini birinchi marotaba 2018 yil avgust oyida Orolni qutqarish bo‘yicha Xalqaro jamg‘arma ta’sischi-davlatlari yig‘ilishida e’lon qilgan edi. Prezident ushbu qaror mintaqa davlatlarining umumiy harakatlari bilan ekologik toza, energiya va suvni tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilishga investitsiyalarni jalb qilish, «yashil iqtisodiyot» tamoyillarini majmuaviy qo‘llash, cho‘llashuv va ekologik migratsiya jarayonlarining oldini olish, ekoturizmni rivojlantirish va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga yordam berishini ta’kidlagan edi.n Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasiO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 72–sessiyasida so‘zlagan nutqida ham Orol dengizining ekologik fojiasiga alohida eʼtibor qaratgandi. Chunki Orol dengizi qurishi oqibatlarini bartaraf etish xalqaro saʼy-harakatlarning faol mustahkamlanishini talab qiladi. Shundan kelib chiqib, 2018 yilning 24 avgust kuni Turkmanboshi shahrida bo‘lib o‘tgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi taʼsischi davlatlari rahbarlarining sammitida O‘zbekiston rahbari tomonidan Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb eʼlon qilish taklif etildi.Ushbu tashabbus ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, yashil iqtisodiyot tamoyillarini, ekologik toza, energiya va suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni kompleks amalga oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlovchi texnologiyalarni joriy etish, cho‘llanishning oldini olish, ekologik migratsiya va ekoturizmni rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida anjuman ishtirokchilari eʼtiborini yana bir bor Orol dengizi qurishining halokatli oqibatlariga qaratgani bejiz emas. Chunki hozirgi kunga kelib Orolbo‘yi hududi chinakam ekologik fojianing markaziga aylandi. O‘zbekiston mavjud ahvolni yaxshilash uchun bu yerda ikki million gektar yangi o‘simlik maydonlari va daraxtzorlar yaratish, tuproq qatlamini shakllantirish bo‘yicha ulkan ishlarni amalga oshirmoqda.

4.Moʻynoqdan bir necha yuz chaqirim uzoqdagi sahroda tong sahardan odamlar ishga tushishadi.Bu yerlar hali 40 yil oldin ham 25-30 metrlik dengiz tubi edi. Bugun atrof izgʻirin shamol, tevarak esa kichik chigʻanoq hamda tuzlardan oppoq koʻrinadi.Erkaklar ikki nafardan ishlashadi. Bittasi bir chiziq boʻylab kichik oʻra qazib boradi, ikkinchisi och kulrang koʻchatlarni oʻtqazadi.“Yomgʻir yogʻadimi, kun sovib ketadimi, baribir ishlaymiz” – deydi yigitlardan biri qatʼiyat bilan.“Oʻz oldimizga maqsad qoʻyganmiz: bir gektar yerga koʻchat ekib chiqmasak, uyga qaytmaymiz”.Yigitlar saksovul koʻchatlarini oʻtqazishmoqda.Koʻrimsiz va butasimon saksovul Markaziy Osiyoda tabiiy oʻsib kelgan daraxt. Oʻzbekistondagi Qizilqum sahrosida bir necha tabiiy saksovul oʻrmonlari ham bor.Bugun esa Oʻzbekiston aynan shu saksovulni Orol qurishi oqibatlariga qarshi kurashdagi eng muhim vosita sifatida tanladi.Yaxshi rivojlangan bir tup saksovul oʻz ildizi atrofida 10 tonnagacha qum va tuzni tutib turadi” – tushintiradi Qoraqalpogʻiston Oʻrmon Xoʻjaligi mutaxassisi Oʻrazbay Allanazarov.Saksovullar tuproqdagi chang-tuzlarni shamol uchirishini toʻxtatadi. Shu asno Orol tubidagi zaharli tuzlar osmonga koʻtarilishi kamayadi.Hozir Oʻzbekistondagi Orol dengizi tubining yettidan bir qismi yoki yarim million gektari saksovul oʻrmoniga aylantirilgan.“Mana bu yerda har ikkinchi saksovul koʻchati tutib ketgan va daraxtga aylangan. Bu juda yaxshi natija” – deydi odam boʻyidan oshib qolgan daraxtlarni koʻrsatib Oʻrazbay Allanazarov.U 4-5 yil oldin ekilgan saksovul oʻrmoniga qarab quvonchini yashirmaydi.Daraxtlar orasida boshqa giyohlar va oʻsimliklar ham oʻsayotganini koʻrish mumkin.“Saksovul shoʻr va changga chidamli, shu uchun saksovul tanlangan” – tushuntiradi Oʻrazbay Allanazarov.Saksovul bir chiziq boʻylab ekiladi. Ammo yonma-yon qatordan orasida 10 metrdan joy tashlanadi. Chunki saksovul voyaga yetgach, uning urugʻi atrofga sochiladi va orada ham yangi nihollar unib chiqadi.Qarabsizki, bir necha yilda oʻrtadagi boʻsh joy ham yangi daraxtlar bilan qoplanadi.Ammo oʻta quruqlashib ketgan iqlim, yogʻingarchilik kamligi va tuproq tarkibidagi zaharli tuzlarning baʼzan oʻta koʻpligi saksovullarning tutib ketishiga xalaqit beradi.Baʼzan 20-25% koʻchatlar yashab ketadi, xolos. Hozir daraxtning yashovchanligini koʻpaytirish ustida ham izlanishlar ketmoqda.Shundoq boʻlsa-da, qurigan Orol dengizining Oʻzbekiston tarafidagi yarim million gektar sahro bugun saksovul va yulgʻun oʻrmoniga aylantirildi.Bu hali dunyoda misli kuzatilmagan aql bovar qilmas tajriba.Biroq hamon 3 million gektarlik dengiz tubi ochiq sahro boʻlib qolmoqda.Qolgan maydonni ham oʻrmonga aylantirish uchun esa hozirgi surʼatda yana 150 yil kerak.Hozirgi ekish surʼati juda sekin” – tan oladi Oʻrazbay Allanazarov – “Biz jarayonni tezlashtirishimiz, koʻproq maydonda saksovul ekishimiz lozim.“Ammo bu uchun mablagʻ, xorijiy sarmoyalar darkor”.Orolboʻyida hayotni asrab qolish uchun dengiz tubini oʻrmonga aylantirish aslida eng arzon, foydali va qulay chora sifatida tanlangan.Lekin shu holatda ham har yili 18-20 ming gektarga saksovul ekish uchun 5-7 million atrofida mablagʻ darkor.SSSRdan meros qolgan bu ulkan ekologik fojea oqibatlariga qarshi kurashish Oʻzbekiston va Qozogʻistonning gardaniga tushmoqda.Aksar mablagʻni hozircha Oʻzbekiston hukumati ajratadi.Saksovulzorlar kengayarkan, Qoraqalpogʻistonda koʻpchilik bugun yana kelajakka umid bilan qaray boshlagan.


5.Hulosa. Ekologik muammolardan biri boʻlgan Orol fojiasi haqida koʻplab maʼlumotlarga ega boʻldim.Tabiatni asrash undagi bor neʼmatlarni qadrlash yurtning dardi shu mamlakatning har bir fuqarosining dardi hisoblanadi.Hozirda falokatga uchragan hududda oʻrmonlashtirish ishlari olib borilmoqda .Orolda sodir boʻlgan tuzli boʻronlar tarkibidagi tuz va changlar hatto Shimoliy Amerikadagi Grelandiya yarimorolidan topilgan .Boʻronlar tarkibidagi zararli tuzlar inson salomatligiga katta havf tugʻdirishi aytib oʻtilmoda.Shuning uchun ham har bir inson oʻz hududidagi boʻlayotgan ekologik muammolarga befarq boʻlmasligi kerak va oʻz hissasini qoʻshmogʻi zarur.
Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish