. IKKINCHI O‘NLIK SОNLARINI QO‘SHISH VA AYIRISH USULLARI
10 + 5, 5 + 10, 15 – 5, 15 – 10, 15 – 1, 15 + 1 – “Ikkinchi o‘nlik” sоnlarini
o‘nlikdan o‘tmasdan qo‘shish va ayirish.
9 + 2, 11 – 6 – 20 ichida o‘nlikdan o‘tib qo‘shish va ayirishning umumiy usullari.
9 + 2 =
9 ga 2 ni qo‘shish kerak bo‘lsa, sonni bo‘laklab qo‘shiladi. Bu quyidagicha bajariladi:
7 + 8 = 15
70 + 15 = 85
37 + 48 = 85 yoki
37 + 48 = (30 + 7) + (40 + 8) = (30 + 40) + (7 + 8) = 70 + 15 = 85 20) 42 – 15 – o‘nlikdan o‘tib ayirish. 42 – 15 = (42 – 10) – 5 = 32 – 5 = 27
YOZMA QO‘SHISH VA AYIRISH
Yuqoridagi usullarning hammasi bilan tanishib bo‘lgach, o‘qituvchi yig‘indini ancha оsоn tоpish uchun misоllarni qanday yozishni ko‘rsatadi, ya’ni hisоbning yozma usulini ko‘rsatadi. Bunda sоnlar bir-birining оstiga to‘g‘ri yoziladi(ustun bo‘ylab). O‘nliklar оstidan o‘nliklar, birliklar оstidan birliklar yoziladi. Ularning chap tоmоniga + (yoki – ) alоmati qo‘yiladi. Pastdan chiziq tоrtiladi va uning ostiga yig‘indi (ayirma) yoziladi. Bunda ish birliklarni qo‘shish (ayirish)dan bоshlanadi.
Mavzu yuzasidan talabalarga quyidagi topshiriqlarni tavsiya etish mumkin:
“100 ichida qo‘shish va ayirish” mavzusini o‘rganishda o‘quvchilar bilan qanday tayyorgarlik ishi o‘tkazilishi kerak?
1-sinfda 100 ichida qo‘shish va ayirishga oid topshiriqlar tizimini tuzing.
Dars mavzusi 34 + 20, 34 + 2 ko‘rinishdagi qo‘shish hollari bo‘lsa, darsda takrorlash uchun qanday nazariy materialni kiritish kerak?
58 + 30, 47 + 2, 27 + 3, 36 – 6, 36 – 20, 30 – 4 misollarni hisoblash usullari qanday nazariy asosda ochib beriladi?
Sondan yig‘indini ayirish xossasi bilan yechiladigan misollar keltiring.
Yig‘indidan sonni ayirish xossasiga asosan yechiladigan misollar keltiring.
Songa yig‘indini va yig‘indiga sonni qo‘shish xossalariga asoslanib yechiladigan
misollar keltiring.
49 + 5, 30 – 14, 23 + 18 kabi topshiriqlarni bajarishda o‘quvchi beradigan mukammal va qisqa tushuntirishlarni keltiring.
20 ichida sonlarni qo‘shish va ayirishga oid didaktik o‘yinlarni keltiring.
100 ichida sonlarni qo‘shish va ayirishga doir o‘quvchilar tomonidan mustaqil misol va masalalar tuzishga oid ijodiy topshiriq namunalaridan misollar keltiring.
100 ichida sonlarni qo‘shish va ayirishga doir topshiriqlarni bajarish jarayonida yo‘l qo‘yiladigan tipik xatolar qatoriga nimalarni kiritish mumkin? Nima uchun?
Og‘zaki va yozma hisob usullari orasidagi farqlarni keltiring.
Misollarni tushuntirib yeching:
30+16, 100–49,100–8, 17–9, 26+74, 19–5, 36+24, 60–36, 46+3, 46+19, 50+20, 59+7, 14+3,
41+28, 59–51, 68–10, 81–37, 8+5, 75–2, 77+3, 75–8, 70–30, 85–45, 90–9, 96–15,
Ayirish va qo‘shishni yozma usulda yeching: 67–15, 73 – 47, 80 – 8, 75+21, 66+29, 83+17
Yuz ichida sоnlarni qo‘shish va ayirish mavzusi bo‘yicha dars ishlanmalarini
tuzing.
100 ichida qo‘shish va ayirishga doir ko‘rgazmali vosita tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |