Режа: Ona tili darslarida ta`limiy o‘yinlarni qo‘llashning ahamiyati



Download 38,44 Kb.
bet5/8
Sana29.04.2022
Hajmi38,44 Kb.
#591171
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Рамазанова Дилфуза Болалар адабиёти 20 13 гр 1

«Oltin toj» o'yinini oyda bir marta o'tkazib turish o'tilgan mavzularni mustahkamlashga, o'quvchilar bilimining darajasini aniqlashga, bilim olish ishtiyoqini, intilishini kuchay-tirishga yordam beradi. Bir oy davomida oltin toj sovrindori bo'lib yurish kichik yoshdagi maktab o'quvchilariga ko'tarinki ruh beradi, ularning darsga, til o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi.
Xulosa qilib aytganda, dars jarayonida o'quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olib, ta'limiy o'yinlardan foydalanish samarali natijalarni qo'lga kiritishga yordam beradi.

Ona tili darslarida didaktik vositalardan foydalanish


Ma'lumki,darslarda ta'limning turli texnologiyalaridan keng foydalangan holda madhg'ulotlar tadhkil etish,o'quvchilar qiziqishini inobatga olgan holda,tarqatma materiallardan foydalanish madhg'ulotning samaradorligini ta'minlaydi.Qiziqishni oshiruvchi vositalardan biri bu didaktik materiallardir.Didaktik materiallarga mustaqil va ijodiy ishlash hamda fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan muammoli,qiziqarli savollar,ijodiy topshiriqlar,ta'limiy o'yinlar,boshqotirmalar kiradi.Shuningdek,o'qitish jarayonida o'qituvchi tomonida qo'llaniladigan tarqatmalar,yo'riqnomalar,amaliy ishni tashkil etuvchi grafik jamlanmalar ham darsning tarbiyaviy ahamiyatini oshiruvchi omillardir.
Darslarda didaktik materiallardan foydalanishda quyidagilarga e'tibor berish ahamiyatlidir:
- o'quvchilarni turli muammolarni hal qilishga yo'naltirish;
- turli tadqiqotlar olib borishga yo'naltirish;
- muammoli vaziyat yarata olish va ulardan chiqa olish ko'nikmalarini shakllantifish;
- darslarda turli tarzdagi amaliy tajribalar o'tkazish;
- yangilimlarni izlazh va ularni tahlill qilishga y o'naltirish.
Darslarida turli didaktik materiallardan foydalanishda turli ijodiy topshiriqlar ijodiy mashq, ijodiy mustaqil ish va turli didaktik o'yinlarni ham misol qilish mumkin.Darslarda ijodiy mashq vositasida o'rganilgan bilimlar amaliyotga tatbiq qilinsa,olingan dalillardan yangi xulosalar chiqarish hamda yangicha faoliyat usullarini faoliyatda qo'llash imkoniyatlari vujudga keladi.
Didaktik vositalardan unumli va samarali foydalanishda kichuk guruhlarda yoki individual shakllarda tashkil etiladigan vaziyatlar muhim ahamiyatga ega. Guruhlarda ishlashda o'quvchilarning muloqotga kirishish, o'z fikrini aytish,boshqalar fikrini bo'lmasdan eshitish, faol ishtirok etish,bir-bringing nuqtai nazarini hurmat qilish kabi ijodiy xususiyatlar shakllanadi.

Ta’lim jarayoni, uni rivojlantirish va o`zgartirish o`qituvchi va sinf


o`quvchilarining o`zaro ochiq muloqoti va ishonchi muhitida samarali bo`ladi.
Ta’lim jarayonida qo`llanadigan o`yinlar qisqa vaqtga mo`ljallangan bo`lib, guruh
bo`lib mashq qilishga odatlantiradi, oldindan tayyorgarlikni talab etmaydi.
O`yinlar vaqtida kichik guruhlar faolligi ortadi, ta’lim ishtirokchilarining diqqati
ishga (ta’lim jarayoniga) to`liq jalb etiladi.
O`yinlar vositasida o`quvchilarga yangi bilimlar berish, ko`nikma hosil
qilish, kichik guruhlar a’zolarining ijodiy qobiliyatlarini rag`batlantirish mumkin.
O`yinlarni darsning kirish yoki yakunlovchi qismida o`tkazish mumkin. O`yinlarni
maqsadiga ko`ra 7 turga ajratish mumkin:
1. Guruh bo`lib ishlash uchun sog`lom muhit tashkil etishga qaratilgan
o`yinlar:
- guruh a’zolarining o`zaro tanishishlariga yordam beradi;
- guruh bo`lib ishlash ishtiyoqini tug`diradi;
- guruh a’zolarining o`zini erkin his etishlarini ta’minlaydi, charchoqni
tarqatadi.
2. Umumiy qiziqishlarni aniqlashga yo`naltirilgan o`yinlar:
- guruh a’zolarining ichki munosabatlarini tezda tiklashga yordam beradi
(umumiy qiziqishlar, orzularni aniqlash orqali);
- guruhga yangi qo`shilgan a’zolarning (o`quvchilarning) yangi sharoitga
moslashishlariga yordam beradi.
3. Guruhning birligini qo`llab-quvvatlovchi o`yinlar:
- o`zaro munosabat me’yorlarini o`rnatishga yordam beradi;
- guruhning birligini, jipsligini mustahkamlashga yo`naltirilgan bo`ladi.
4. O`zaro bog`lovchi o`yinlar:
- bir mavzudan ikkinchi mavzuga yengillik bilan, tabiiy o`tishni ta’minlaydi;
- turli tushunchalarni o`zaro bog`lash uchun xizmat qiladi;
- yangi mavzuni o`rganishni yakunlash bosqichini faollashtiradi.
5. Rag`batlantiruvchi o`yinlar:
- guruh bo`lib ishlashga rag`batlantiradi;
- murakkab mavzularni muhokama qilishga yordam beradi;
- dars davomida “nafasni rostlab”, ishni davom ettirishga yordam beradi.
6. Ijodkorlikni rag`batlantiruvchi o`yinlar:
- dunyoga boshqacha ko`z bilan qarash, ta’limda innovatsion metodlarni
qo`llashga yordam beradi;
- o`yin qatnashchilari o`zlarining yangi qirralarini kashf etadilar, yangilikni
qabul qilish ko`nikmasini hosil qiladilar.
7. Yakunlovchi o`yinlar:
- katta mavzularni o`rganishni yakunlash, egallangan bilim va ko`nikmalarni
mustahkamlashga yordam beradi;
- ta’limning innovatsion metodlarini baholash va unga munosabat bildirishga
o`rgatadi.
4
Ta’lim jarayonida qo`llangan har bir o`yin yakunida o`qituvchining sharhiga
vaqt ajratiladi. Bunda u yoki bu o`yin guruh a’zolari tomonidan qanday qabul
qilingani, guruhda qanday g`oyalar tug`dirganini sharhlashga e’tibor beriladi.

Download 38,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish