3. Qiyoslash sxemalari va ularning turlari.
Qiyoslov sxemalaraga qo‘yilgan asosiy talablar MI (Sinash uslubiyoti) 2148-91 «Qiyoslov sxemalarining mazmuni va tuzilishi», va GOST 8.061-80 «Qiyoslov sxemalari mazmuni va tuzilishi» Xalqaro normativ hujjatlarda belgilanadi.
Qiyoslov sxemasi etalon o‘lchov vositasining birligini o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikkinchi yoki bir necha ishchi o‘lchov vositalari birligiga o‘tkazish tartibini belgilab beradi
Tadbiq qilinishiga qarab qiyoslov sxemalari quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Xalqaro qiyoslov sxemalari
2. Davlat qiyoslov sxemalari
3. Lokal (tarmoq) qiyoslov sxemalari
Qiyoslov sxemalari turlari
Xalqaro qiyoslov sxemalari Xalqaro standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi
Davlat qiyoslov sxemalari Davlat miqyosida foydalanilayotgan barcha o‘lchov vositalariga tadbiq etiladi.
Lokal (tarmoq) qiyoslov sxemalari korxona va tashkilotlarning ichki imkoniyatlarini qondirish uchun foydalanilayotgan barcha o‘lchov vositalariga tadbiq etiladi.
Qiyoslov sxemalari hujjatlarining yuritilishi
Qiyoslov sxemalari hujjatlari quyidagilardan tashkil topadi:
• Qiyoslov sxemasining chizmasi
• Qiyoslov sxemasi chizmasining tushuntirish xati.
Qiyoslov sxemasi chizmasining tushuntirish xatida:
• o‘lchov vositasining turi, nominal ko‘rsatkichlari yoki o‘lchash diapazoning fizik kattaliklari, o‘lchashda kattalikni uzatish talablari;
• O‘lchov birligini uzatish usuli;
• O‘lchov birligini uzatishda SI sistemasi kattaliklariga mutanosibligi.
ko‘rsatilib o‘tiladi
Qiyoslov sxemasining Elementlari:
Davlat etaloni,
etalon-nusxa, etalon-guvoxnoma, ishchi etalon,
Na’munaviy o‘lchov vositalari
Ishchi o‘lchov vositalari,
kattaliklarni uzatish uslubiyoti
Qiyoslov natijasining dalolatnomasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• o‘lchov vositasidan foydalanuvchi xaqida ma’lumot, o‘lchov vositasini ishlatish sharoiti;
• o‘lchov vositasini ishlab chiqaruvchi xaqida ma’lumot, o‘lchov vositasi modeli va seriya nomeri;
• o‘lchov vositasini ekspluatatsiya qilish intensivligi va davomiyligi;
• oxirgi marta ta’mirlangan yoki sozlangan muddati,oxirgi marta qiyoslangan davri va qiyoslagan tashkilot;
• o‘lchov vositasining metrologik va texnik xarakteristikalari;
• qiyoslov uslubiyoti, etalon birlikning tipi;
• o‘lchov vositasining qiyoslovdan keyin foydalanishga loyiqligi;
• qiyoslovni o‘tkazgan shaxs to‘g‘risida ma’lumot.
Qiyoslov natijalarining dalolatnomasi asosida qieslovni tasdiqlayotgan davlat metrologik organi quyidagilarni talab qilish xuquqiga ega:
1. O‘lchov vositasining tasdiqlovchi hujjatlariga o‘zgartirish kiritish va ularni analiz qilish.
2. O‘lchov vositasidan foydalanuvchi tashkilot bilan kelishgan xolda o‘lchov vositasi uslubiyotiga o‘zgartirishlar kiritish.
3. O‘lchov vositasidan foydalanuvchi tashkilotga o‘lchov vositasidan foydalanish, qiyoslovga topshirish davriga o‘zgartirish kirgizish, yoki o‘lchov vositasini davriy ta’mirlashda amalga oshiriladigan ishlarni tashkillash.
4. O‘lchov vositasining litsenziyasini uzaytirish maqsadida o‘lchov vositasidan foydalanayotgan tashkilotning o‘lchov vositasiga xizmat ko‘rsatish va tamirlash ishlarini yuqori saviyada olib borish.
5. O‘lchov vositasining uslubiyotida ko‘rsatilgan dalolatnomalarni to‘g‘ri to‘ldirish.
Nzorat uchun savollar.
1. O‘lchash vositalarini qiyoslash deb nimaga aytiladi?
2. O‘lchash vositalarini qiyoslash turlarini sanab bering.
3. O‘lchash vositalarining qiyoslash tartibi qanday?
4. Qiyoslovchilar kimlar?
5. Qiyoslash sxemalari va ularning turlari nimalardan iborat?
6. O‘lchash vositalarini qiyoslashdan maqsad nima?
7. Qiyoslash natijalari qanday rasmiylashtiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |