belgilangan ma‘noga ega bo‗lishi yoki ekspressiv, ya‘ni, nutqning ifodaliligini
Inson o‗zining tur ichidagi muloqot usullari va vositalarini tanlashdagi
kashfiyotchiligi bo‗yicha yer sayyorasida bizga ma‘lum tirik mavjudotlarni ancha
- muloqotga bo‗lga ehtiyoj (axborotni yetkazish yoki undan xabardor bo‗lish,
suhbatdoshga ta‘sir ko‗rsatish zarur, va h.k.) boshqa odamlar bilan aloqaga
- inson ongsiz ravishda (ba‘zan ongli) foydalanishi mumkin bo‗lgan aniq
vositalar, nutqiy iboralarni tanlaydi, qanday gapirib, o‗zini qanday tutishini o‗ylab
qo‗yadi;
- suhbatdoshning javob reaksiyasini idrok qilish va baholash, qayta aloqa
o‗rnatish asosida muloqot samaradorligini nazorat qilish;
- muloqot yo‗nalishi, uslubi, metodlariga tuzatishlar kiritish.
Agar muloqot aktining biror-bir halqasi izdan chiqqudek bo‗lsa, so‗zlovchi
muloqotdan kutgan natijalariga erisha olmaydi.
Nutq – bu verbal kommunikatsiya, ya‘ni, til vositasidagi muloqot jarayonidir.
Inson nutqi xilma-xil shakllarga ega. Lekin nutqning qanday shaklidan
foydalanmaylik, u nutqning ikki asosiy: og‘zaki yoki yozma turlaridan biriga tegishli
bo‗ladi.
Ilk bolalik davrida nutqning rivojlanishi ikki xil yo‗l orqali amalga oshiriladi:
kattalar nutqini tushunishi hamda bolaning shaxsiy faol nutqi shakllanishi orqali.
Bola bilan onaning muloqoti faqatgina so‗zlar bilan emas, balki mimika, imo-ishora,
pantomimika, ohang va vaziyat kabilar orqali amalga oshiriladi. Bular harakatga
signal bo‗lib xizmat qiladi.
3 yoshga to‗lganda bola kattalar bilan nutq orqali munosabatlarga be-malol
kirisha oladi. Bu yoshdagi bolalar hamma kiyimini o‗zi kiyishga harakat qiladi. O‗z
ehtiyojlarini so‗zlar orqali bayon qila oladi. Nutqni to‗la egallaydi. Bola kattalarning
ko‗rsatmasiga binoan xatti-harakatlarini to‗g‗ri yo‗naltirishga o‗rganadi. U
kattalarning o‗zaro muloqotini diqqat bilan tinglaydi, tushunishga harakat qiladi. 1,5
yoshli bolalar 30-40 so‗zdan 100 gacha bo‗lgan so‗zlarni egallaydi, xalos. 2
yoshning ohirigacha bola 300 ta so‗zni o‗rganadi. 3 yoshning ohiriga borib, 500 dan
1500 gacha so‗zni bilib oladi. Lekin bu yoshdagi ayrim bolalar nutqi avtonom
bo‗ladi, ular nonni ―nanna‘‘, suvni ―umma‘‘ kabi iboralar bilan aytadi. Asta-sekin
kattalar bolalar bilan to‗g‗ri muloqotda bo‗lsalar, bu avtonom nutq yo‗qolib boradi.
Muloqotning muvaffaqiyatli bo‗lishida shaxsning shakllangan sifatlari,
fazilatlarining ahamiyati juda katta. Jumladan, shaxsda ijobiy fazilatlar yaxshi
shakllangan bo‗lsa (xushmuomalalik, kamtarlik, insonparvarlik, to‗g‗ri so‗zlilik,
vijdonlilik kabilar) muloqot jarayoni yaxshi o‗tadi. Chunki shaxslar bir-birini to‗g‗ri
tushunishlari uchun, muloqot muvaffaqiyatli bo‗lishi uchun ular samimiy bo‗lishlari
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: