2.Bola tarbiyasida mahalla, maktab va oila hamkorligi
Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy
jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‗lib kelgan. Tabiiyki, hozirgi
kunda ta‘lim islohotlari sharoitida ham barkamol shaxs tarbiyasi muhim
ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda bunyodkorlik ishlari amalga
oshirilayotgan hozirgi kunda mehnat tarbiyasida yoshlarni ijtimoiy-foydali
mehnatga tayyorlash ishiga katta e‘tibor berilmoqda. Chunki mehnat kelajak
avlodni aqliy, ahloqiy va estetik jihatdan tarbiyalaydi, ularning dunyoqarashini
hamda mustahkam iroda sifatlarini shakllantiradi. Irodaviy sifatlarni tarbiyalash,
ularga mehnat ko‗nikmalarini singdirish g‗oyat murakkab jarayon hisoblanadi.
O‗quvchilar mehnat tarbiyasini tashkil etishda maktabning roli qanchalik katta
ahamiyatga ega bo‗lmasin, oila, mahalla hamkorligisiz bu ishni muvaffaqiyatli
hal etib bo‗lmaydi. Zero, oila birinchi tarbiya o‗chog‗i, birinchi muallim,
bolaning mehnatga layoqatini, qobiliyatini, ijtimoiy qiziqishini uyg‗otadigan
dastlabki tarbiya maskani bo‗lsa, mahalla uni rivojlanishi, ranaq topishi uchun
muhit hisoblandi.
2
Pedagоgika tarixi (I.Xоshimоv) T., 2001.76-bet.
Bolaga mehnat tarbiyasini berishda sog‗lom oilaviy muhit, ota-onalarning
shaxsiy namunasi, mehnatga munosabatlari, mehnat ahliga bo‗lgan mehr
oqibatlari, tinch-totuv mahalla, mehribon qo‗shnilar ham muhimdir. Bolada
mehnat faoliyatiga qiziqish va extiyoj ancha barvaqt shakllanadi. Ota yoki ona
farzandining xarakter-xususiyatini, qiziqishini hisobga olib, yoshligidan mehnat
tarbiyasini berib boradi. Bolalarni o‗z-o‗ziga xizmat qilishga odatlantirishda
harakatlarni tushuntirish va ko‗rsatishdan ko‗proq foydalanish kerak. Kichik
yoshidanoq har bir bola mehnatda ishtirok etsa, o‗z-o‗ziga xizmat qilsa, ya‘ni
kiyinish, ovqatlangandan so‗ng yig‗ishtirish, chang artish, oyoq kiyimlarni
taxlash, gullarga suv quyish va boshqa uncha qiyin bo‗lmagan yoki xususiyatiga
mos keladigan ishlarni muntazam bajarsa, mehnat bolaga tarbiyaviy ta‘sir etadi.
Bularning barchasiga oilada asos solingan bo‗lsa, mahalla faoliyatida
shakllanadi.
Maktabgacha ta‘lim muassasalarida o‗tkaziladigan turli mashg‗ulotlar orqali
bolalar o‗z oldiga maqsad qo‗yish, ish jarayonini rejalashtirish, materialdan
oqilona foydalanish, ishning maqsadiga muvofiq usullarni qo‗llash malakasini
o‗stiradilar. 6-7- yoshdagi bolalarga nisbatan chaqqonlik, harakatlardagi aniqlik
va tezlik, materialni moslash, murakkab holatdan mustaqil chiqa olish
ko‗nikmasi rivojlanadi. Bularning barchasi kelgusida umumta‘lim maktablarida
ijodiy faoliyat asoslarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi.
Shuningdek, umumta‘lim fanlari qatori mehnat ta‘limi darslarida bu jarayon
uzviyligi va uzluksizligi ta‘minlangan holda davom etib, o‗sib kelayotgan yosh
avlodni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan
tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko‗nikma va malakalarini, mehnatga
qiziqish, mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga,
ahamiyatini tushunishga o‗rgatish hamda kasb tanlashga tayyorlash orqali
kasbgacha tayyorgarliklarni amalga oshirishdan iboratdir. O‗quvchilar o‗z
qobiliyati va qiziqishi asosida kasb tanlab, ta‘limning keyingi bosqichlarida
o‗qishni davom ettirib, kelajakda jamiyat manfaati uchun foyda keltiradigan
shaxs bo‗lib yetishadi.
―Fonologiyaning til tovushlar tizimini o‗rganishda ilmiy jihatdan yondashishi
nutqiy jarayonlarni sintaktik qonuniyatlar nuqtai nazaridan o‗rganishi maqsadga
muvofiq bo‗ladi. Bu fonologiyaning ham tarkibiy qismini tashkil etadi. So‗zning
fonetik shakli faqat talaffuz jarayonidagina yaqqol ko‗zga tashlanadi.‖ deb
ko‗rsatadi.
3
3
Igor de Rachewiltz va Volker Rybatzki . Xung Chin
Introduction to Altaic Philology 2013/ p. 46
Mehnatga doir mashg‗ulotlarda bolalar qog‗oz va karton, turli va tabiiy
materiallar, tolali va gazlama, loy va plastilin bilan ishlash bo‗limlarida ko‗pgina
ajoyib turli tuman o‗yinchoqlar, tabriknomalar, ertak qahramonlarini qurish-
yasashni o‗rgansalar, o‗rta va yuqori (5-9-sinf) sinflarda yog‗ochga, metallga,
gazlamaga ishlov berish texnologiyalari asosida uy-ro‗zg‗or buyumlarini
yasaydilar, mebellarni ta‘mirlaydilar, turli xil kiyim-kechak, buyumlar bichib,
tikadilar,
kichik
hajmdagi
buyumlarni
to‗qiydilar,
turli tuman suvenerlar yasaydilar, pazandachilik asoslari bo‗limida milliy va
jahon taomlarini texnologiya asosida pishirishni, salat tayyorlashni hamda
dasturxonga tortish, bayram kechalarga dasturxon tuzashni, qishloq xo‗jalik
asoslari yo‗nalishi bo‗yicha o‗simlik va uy hayvonlarini parvarish qilish
yo‗llarini o‗rganish bilan ularning umummehnat ko‗nikmalarini rivojlantirishda
ma‘naviy-ahloqiy,
aqliy,
jismoniy,
estetik,
ekologik,
vatanparvarlik,
insonparvarlik va tadbirkorlik sifatlari shakllanadi.
Biroq asosiy vaqtini oila va mahallada o‗tkazishi hech kimga sir emas albatta.
Shunday ekan, oila, mahalla va maktab hamkorlikdagi faoliyati hozirgi kunda
barkamol avlod tarbiyaning asosi bo‗lib hisoblanmoqda. Shu nuqtai nazardan,
bugungi kunda MTT oila, maktab va mahalla hamkorligida bolalarni komil
inson qilib tarbiyalashda samarali va tizimli ishlar olib borish zarur.
Unutmasligimiz kerakki, oila jamiyat bo‗lagi, tarbiya va ta‘limning ilk
qadami oiladan boshlanadi.
Demak, farzandning kelajagi, uning ravnaqi, o‗zi tanlagan kasb-hunarni
egallashiga bo‗lgan qiziqishi oilada shakllanadi, rivojlanadi. Yuqorida
bildirilgan fikr-mulohazalar asosida shuni qiyosiy tarzda aytmoqchimizki, oila
ona tuproq, farzand nihol bo‗lsa, ta‘lim maskani va mahalla uning ozuqa
manbaidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |