Reja: Oila huquqi asoslari



Download 17,97 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi17,97 Kb.
#18579

Aim.uz

OILA HUQUQI
Reja:

  1. Oila huquqi asoslari.

  2. Nikoh tuzish tartibi va nikohning tugatilishi.

3. Oila kodeksi

Ma'lumki ibtidoiy jamoa tuzumidan boshlab nikoh munosabatlari mavjud. Ilk davrda odamlar bilar-bilmas er-xotin, ota-ona, farzand tuyg’ularini his qilib, bir-birlari orasida burchlarini ham bajarar edilar. Awalo, bu munosabatlar «guruh nikoh», keyinchalik «juft nikoh» deb ataldi. Jamiyatda inson ongi rivoj topgan sari nikoh munosabatlarida ham o’zgarishlar yuzaga keldi. Jamiyatdagi urug’chilik davri — onalik davridan patriarxat — otalik davriga o’ta boshladi. Bu davrga kelib erkaklarda o’z xotiniga, ulardan tug'ilgan farzandlarga, topilgan daromadiga o’zi ega bo’lish tuyg’usi vujudga keldi. Bu davr sivilizatsiya deb atalib — yakka nikoh — monogamiyaning kelib chiqishiga asos soladi. Shunday qilib, nikoh munosabatidagi o’zgarishlar, oilada ham ulkan o’zgarish tug’dirdi.

Urug’chilik davrida ham, bugun ham oilaviy munosabatdagilarning asosiy maqsadi bir-birlariga yordam berish, tarbiyalash, g’amxo’rlik qilish xususiyatlari bilan bog’liq bo’lib, bu tashkilotda eng yaqin insonlar birlashdi. Ma'lumki, kishi oilada rivojlanadi, kamol topadi. Mustaqil respublikamiz kelajagiga o’z hissasini qo’shadigan shaxs eng awalo oilada tarbiyalanadi. Oila, nikohdagilarning o’rtasida ahillik bo’lsagina, mus-tahkam bo’la oladi. Shuning uchun nikoh nima, qanday tuziladi, oila nima, jamiyatimizda uning o’rnini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Oila bu ota-ona, er-xotin, farzandlar va qarindosh-urug’lardan tuzilgan uyushma bo’lib, oila a'zolari o’rtasida mulkiy va shaxsiy huquq, majburiyatlarni vujudga keltiradi. Oila, davlat himoyasidadir.

Oilaning davlatimizning kelajagidagi o’rniga keng baho berib, asosiy qonun Konstitutsiyaning «Jamiyat va shaxs» bobida oila jamiyatning asosiy bo’g’ini ekanligi, u davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega ekanligi tasdiqlangan.

Oila munosabatlari «O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksi» bilan tartibga solinadi. Bu munosabatlar nikoh, er-xotin, ota-ona, farzandlar, oilaning boshqa a'zolari o’rtasidagi munosabatlardir.

Oila qonunlarning asosiy vazifalari oilani mus-tahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o’zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a'zolarining mas'ullik hissi asosida ko’rishdan, biron-bir shaxsning oila masalalariga o’zboshimchalik bilan aralashishiga yo'l qo’ymaslik, oila a'zolari o’z huquqlarini to’sqinliksiz amalga oshirishni hamda bu huquqlarning himoya qilinishidan iboratdir.

Nikoh erkak va ayol o’rtasida tuzilgan ixtiyoriy bitim bo’lib, FHDYOda — fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi orqali rasmiylashtiriladi. Nikoh yoshi-ga yetish, turmush qurish uchun unga har tomonlama tayyor bo’lish, yaxshi kasbni egallash, er-xottn oldida turgan burchlarini tushuntirish ota-onaning vazifasidir.

Erkak va ayol o’rtasidagi munosabatni albatta rasmiylashtirish shart. Chunki ikki shaxs rasmiylashtirilma-gan nikohiy munosabatda yashasalar, ular o’rtasidagi mulkiy va shaxsiy munosabatlar qonuniy tarzda tartibga solinmaydi. Masalan, ajrim, nafaqa olish, vorislik huquqi, turar joy, farzandlarga bo’lgan muammolar faqat qonun orqali hal qilinadi.

Qonun nikohdan o'tishning majburiy shartlari va tartiblariga rioya etilishini talab qiladi.

Nikohdan o’tishning birinchi sharti — nikohlashishga kelishganlarning o’zaro ixtiyoriy roziligi. Ikkinchidan, qo-nun uchun bo’lajak kelin-kuyovning nikoh yoshiga yetgan-etmaganligi muhimdir. Ayollar uchun 17, erkaklar uchun 18 yosh nikoh yoshi deb belgilangan. Uzrli sabablar bo’lganida, alohida hollarda nikoh yoshi bir yilga kamaytirilishi mumkin. Uchinchidan, agar tomonlarning biri boshqa nikohda turgan bo'lsa, nasl-nasabi shajarasi bo’yicha to’g’ri tutashgan qarindoshlar o’rtasida, tutash burlab o’zining familiyasiga o’tishini talab qilishi qonunda ta'qiqlanadi.

Er-xotin bolalar tarbiyasida va oilaviy turmushning barcha masalalarini birgalikda hal qilish huquqiga egadirlar.

Er-xotin har biri o’zi tanlagan kasbi, mutaxassisligi, mashg’ulot turida ishlash huquqiga ega. Er va xotin yashash joylarini tanlashda ham teng huquqli. Bundan er o’z uyida, xotin o’z uyida yashashi kerak, degan ma'no chiqmaydi. Lekin turar joy masalasida er va xotin tinch-totuv yashash imkoniyatini ko’zlab, oilani saqlash maqsadida bu masalaga yondoshishi lozim.

Mulkiy huquq va majburiyatlarda er va xotinning mulkka bo’lgan huquq va burchlari ko’rinadi. Er va xotin-ning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek nikoh qayd etilgunga qadar, bo’lajak er-xotinning umu-miy mablag’lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko’rsatil-magan bo’lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.

Er va xotin ularning birgalikdagi umumiy mulki bo’lgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishda teng huquqlarga egadir.

Er va xotindan birining umumiy mol-mulkini tasarruf etishi bilan bog’liq bitim tuzilganda bu harakat boshqasining roziligiga ko’ra amalga oshirilayotganligini anglatadi.

Er va xotinning nikohga qadar o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulki, shuningdek ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan har birining o’z mulki hisoblanadi.

Qimmatbaho buyumlar va zebu-ziynatlardan boshqa shaxsiy foydalanishdagi buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shu kabilar), garchi nikoh davomida er va xotinning umumiy mablag’i hisobiga olingan bo’lsa ham, ulardan foydalanib kelgan er va xotinning xususiy mulki hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksida zamon talabidan kelib chiqib er va xotinning mol-mulkining shartnomaviy tartiblari o’rnatilgan.

Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo’lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi nikoh deb hisoblanadi.

Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro’yxatiga olinguniga qadar ham, shuningdek nikoh davrida ham tuzilishi mumkin.

Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.

Nikoh shartnomasi er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bo’lg’usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin.

Nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda o’zgartilishi yoki bekor qilinishi mumkin


O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksini tasdiqlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprel Qonuni .

I bo’lim.Umumiy qoidalar . (1-2 bob)

II bo’lim. Nikoh . (3-8 boblar)

III bo’lim. Qon-qarindoshlik va bolalarning nasl-nasabini belgilash. (9-10 boblar)

IV bo’lim. Ota-ona hamda voyaga yetmagan bolalarning huquq va majburiyatlari . (11-13 )

V bo’lim. Oila a’zolarning va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari (14-18)

VI bo’lim.Ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni joylashtirish shakli .(19-22)

VII bo’lim. FHDQE ( 23-30 boblar )



VIII bo’lim. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosobatlarni tartibga solish

Oilaviy kodeks


  Oilaviy kodeksga kiritilgan qo’shimchaga muvofiq 50 yoshdan oshgan shaxslar oila qurish uchun tibbiy ko’rikdan o’tishlari majburiy emas.
  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oilaviy kodeksning 17-moddasiga qo’shimcha kiritish haqidagi qonunga 7 sentyabrda imzo chekdi. Qonun chiqaruvchi palata tomonidan bu qonun 11 martda qabul qilinib, Senat tomonidan 29 sentyabrda tasdiqlandi.
   Oila kodeksining 17-moddasi oila qurayotgan shaxslarning tibbiy ko’rikdan o’tishlari majburiyligini belgilaydi. 
  Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan oila qurayotgan shaxslarning tibbiy ko’rikdan o’tishi haqidagi Nizomda 50 yoshdan oshgan shaxslar o’z xohishlariga ko’ra tibbiy ko’rikdan o’tishlari mumkinligi ko’rsatilgan.
  Qabul qilingan qonun Qonuniyatdagi qarama-qarshilikni yo’qotish uchun Oila kodeksining 17-moddasida: “50 yoshdan oshgan, oila qurmoqchi bo’layotgan shaxslar tibbiy ko’rikdan o’z xohishlariga ko’ra o’tadilar.”- deb yozib qo’yilgan.
  2002 yil dekabrda Oila kodeksiga oila qurish uchun tibbiy ko’rikdan o’tish majburiyligi haqidagi qonun kiritilgan. 2003 yil avgustda esa Vazirlar Mahkamasi oila qurayotgan shaxslarning tibbiy ko’rikdan o’tishlari haqidagi Nizomni tasdiqlandi
Download 17,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish