2. Yog‘da eriydigan vitaminlar. Bularga A, D, E, К vitaminlar kiradi. Odam
orpnizmida A, D, B, B, PP, С vitaminlar parchalanib ketadi.
Vitamin A
- organizmning o‘sish va rivojlanish vitamini. O‘smir ovqati
tarkibida vitamm A yoki karotinning bo‘lmasligi (u ovqat bilan organizmga tushib,
jigarda vitamm A ga aylanadi), ko‘z kasalligi - shabko‘rlik paydo qiladi,
orgamzmning yuqumli kasalliklarga nisbatan qarshiligini susaytiradi bu vitammsiz
yuz va qo‘l terisi g‘adir-budir bo‘lib qoladi, dag‘allashadi,
sochlar xuralashib,
to'kiladi. Vitamin A sut yog‘larida, sariyog'da, tuxum sarig’ida, sutda, baliq-moyida,
jigarda, sabzida, pomidor, qovoq, o‘rik xurmo, salat, ismaloq va na’matakda ko‘p
bo‘ladi.
Vitamin B
1
- (tiamin) o‘simlik urug‘larida, yirik tortilgan undan tayyorlangan
nonda, no‘xat, loviya, suli va grechixa yormasida, shuningdek, go‘sht, sut, tuxumda
bo‘ladi.
Ovqatda vitamin B
1
bo‘lmaganda sog‘liqqa katta zarar qiladi; odam tez
charchab qoladi, yurak urishi tezlashadi, holdan toyadi, oyoqlardan quvvat ketadi,
yurganda gandiraklaydi va hokazo.
Vitamin B
1
(riboflavin) oqsil va yog‘ almashinuviga aloqador bo‘ladi, ko‘ruv
idrokida muhim rol uynaydi, nerv sistemasining normal ishlashiga yordam beradi.
Ovqatda vitamin B
2
yetarli bo'lmasligi o‘sish va rivojlanishga yomon ta’sir
qiladi, odam o'sishdan
orqada qoladi, lab shilliq pardasi (og‘iz burchagi),
shuningdek ko‘z, burun qanotlari yallig‘lanadi, quloq orqasidagi terisi seboreya
ekzemasi bilan qoplanadi. Keyinchalik yorug‘likdan qo‘rqish, ko‘zning yoshlanishi,
sochning tez to‘kilib ketishi kuzatiladi.
Vitamin B
2
ko‘k o‘simliklar bargida, karamda, pomidorda bo'ladi. Bu vitamin
ayniqsa pivo achitqisida, hayvon mahsulotlaridan sutda, go‘shtda, jigarda, tuxumda
ko‘p.
Vitamin PP
- nikotinat kislota almashinuv jarayonlarida qatnashadi. Vitamin
PP ancha-muncha yetishmaganda pellagra kasalligiga olib keladi. U ko‘pgina
mahsulotlarda bo‘ladi, asosiy manbai javdar non va bug‘doy non, pomidor,
kartoshka, sabzi, karam hisoblanadi. Shuningdek, vitamin PP yog‘da, baliqda, sutda
ham bor.
Vitamin B
6
- lipidiar almashinuvida ishtirok etadi. Bu vitamin organizmda
yetishmaganda og‘iz shilliq pardasi zararlanib, odam serjahl bo‘lib qoladi,
uyqusizlikka uchraydi va hokazo.
Vitamin B
6
o‘simlik va hayvon mahsulotlarida
(mol go‘shtida, jigarda, buyrakda, shuningdek, baliqda, tovuq go‘shtida) bo'ladi.
Vitamin C
- askorbin kislota organizmda kechadigan oksidlanishtiklanish
jarayonlarida qatnashadi, Ovqatda ko‘p miqdorda bo‘lganda mehnat qobiliyati,
organizmning yuqumli kasalliklarga nisbatan qarshiligi oshadi.
Vitamin C
organizmga yetarli tushmaganda milk qonaydi, odamni uyqu bosadi, diqqat e’tibor
va xotira susayadi. Vitamin C asosan yangi sabzavotlarda, ho‘l mevalarda (ko‘k
piyozda, qora smorodina, na’matakda, limon, apelsin, pomidor, karam va
hokazolarda) bor.
Vitamin D
- raxitga qarshi vitamin deb ataladi. Chunki bolalar organizmida
vitamin D yetishmasligi raxitga olib keladi. Bu vitamin mineral tuzlar (kalsiy,
fosfor) va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi. Vitamin D baliq moyi,
tuxum
sarig‘i, mol jigari, sariyog‘, baliq ikrasi va go’shtda bo’ladi. Organizmda vitamin D
ko‘payib ketsa suyaklarning o'sish zonalari vaqtidan ilgari suyaklana boshlaydi.
Raxit kasalligiga chalingan bolalar suyaklarining o‘sish jarayoni buziladi,
kalla suyagi yumshoq bo‘lib, peshona va tepa qismlarida shishlar paydo bo’ladi.
Boshi va qorni kattalashadi, gavdasi kaltalashib,
oyoqlari X yoki O simon
qiyshayadi, bunday bolalar rivojlanishda orqada qoladilar.
Demak vitaminlar bola organizmidagi barcha hayotiy jarayonlarni normal
o‘tishida muhim ahamiyatga ega. Agarda bolalar organizmida vitaminlar yetishmasa
shifokor maslahati bilan dorixonada tayyor holda sotiladigan vitamin tabletkalaridan
kuniga 1,2-dona iste’m'ol qilinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: