yog’ar, uglevodlar, vitaminlar, biogen moddalar va suv kerakli nisbatda organizm
ga kiritilgan taqdirdagina ovqatlanish organizmning normal hayot faoliyatini
ta’minlaydi.
Bolalarda moddalar almashinuvi murakkab jarayon bo’lib, uning o‘zgarishi
organizmda bir vaqtda bir-biriga qarama-qarshi bo’ladi. Assimilyatsiya
organizmdagi sintezga bog’liq bo’lgan barcha
hodisalarni birlashtirib, o‘sish va
rivojlanish, organizmni hayot uchun zarur bo’lgan moddalar bilan ta’minlash va
ularni sarflash bilan ifodalanadi. Dissimilyatsiya moddalaming parchalanishi va
oksidlanishi, hamda ularni organizmdan ajratib chiqaruvchi jarayondir.
Assimilyatsiya jarayoni organizmdagi o‘sish va rivojlanish qonunlarini ifodalaydi.
Masalan, bolaUk davrida oqsilga bo’lgan talab katta yoshdagi organizmga nisbatan
ko‘proq bo’ladi. Bolalarda asosiy moddalar almashinuvi miqdori kattalarga nisbatan
1,5-2 barobar ko‘pdir. Asosiy moddalar almashinuvining nisbiy miqdori turli yoshda
1 kg/kkal tana vazniga:
2-3 yoshda 55,
6-7 yoshda 42,
10-13 yoshda 34,
kattalarda 24 ni tashkil qiladi.
Bolalik va o‘smirlik davrida kuch sarflanishi quyidagicha ifodalanadi:
1-5 yoshdagi bolalarda bu 80-100 kkal,
13-16 yoshdagi o'smirlarda 65- 50 kkal va
katta yoshdagi kishilarda 45 kkal ni tashkil etadi (har bir kg vazniga nisbatan).
Kuch sarilanishi va asosiy moddalar almashinuvining oshishiga qarab bolalar
va o‘smirlar ovqatlanishini tashkil qilish lozim. Bolalik va o'smirlik yoshida kuch
sarflanishining turli darajada o'zgarib borishini e’tiborga olgan holda tarkibida oqsil
- 24%, yog‘ - 21%, va karbonsuvlar-55% bo'lgan oziq-ovqat iste’mol qilishzarur.
Balanslangan oziqa moddalari organizmning plastik jarayonini ta’minlaydi.
Oqsillarning ahamiyati.
Bolalar uchun oqsillar eng katta ahamiyatga ega.
Oqsil inson oziqasidagi asosiy qism bo‘lib, organizmning plastik funksiyasi va
quvvatini oshiradi. Oqsil hujayraning asosiy tarkibiy
qismini va hujayralararo
tizimini tashkil qiladi. Oqsil umumiy tana og'irligining 16-17% ini tashkil qilishi,
quruvchi qism sifatida uning ahamiyati birinchi darajali ekanligini ko‘rsatadi.
Asosiy hayotiy jarayonlar oqsil bilan bog‘liq bo‘lib, ular organizmning ko'payish va
o'sish qobiliyati, sezuvchanlik, moddalar almashinuvi, qisqarish
harakatining turli
ko‘rinishi va bir qancha faoliyatiga egadir. Oqsil katalizator-tezlashtiruvchi
vazifasini bajaradi. Oqsil bolalar organizmida immunitet hosil bo'lishida qatnashadi.
DNK va RNK tarkibi oqsil molekulalaridan tuzilgandir. Oqsil moddalar energiyasi
sarflanishi jarayonida ham qatnashadi.
Bolalar va o'smirlarda oqsil yetishmasligi jismoniy rivojlanishda funksional
o‘zgarishlarga olib keladi. Oziqa mahsulotlarida oqsilni kam miqdorda iste’mol
qilish natijasida alimentar distrofiya va boshqa kasalliklar ham uchrashi mumkin.
Oqsil tarkibidagi aminokislotalar (ayniqsa organizm sintez qilishi mumkin
bo'lmagan aminokislotalar)
soniga qarab, biologik qiym at qo'yiladi. Bolalar
ovqatida aminokislotalarni noto‘g‘ri muvozanatlash, almashtirib bo'lmaydigan
aminokislotalarning biror-bir ta’sirining yetishmasligi
organizm rivojlanishiga
salbiy natija berishi mumkin. Hozircha oziq-ovqatlarda 26 xil aminokislotalar
uchraydi.
Aminokislotalarning biologik qiymatini belgilovchi mezon - bu ulaming bir
kompleksda bo‘lishi va ularsiz organizmda oqsil sintezi bo‘lishi mumkin
emasligidadir. Aminokislotalarning yetishmasligi yoki bo'lmasligi, o'sishdan qolish,
jismoniy
zaiflikka olib keladi, shu bilan birga kamqonlik, ichki bezlarning ishi
bxizilishiga sabab bo‘ladi. Masalan, organizmda lizinning yetishmasligi - suyakning
kalsiy bilan ta’minlanishining, azot
muvozanatining buzilishiga, gemoglobin
miqdorining kamayishiga, qon hosil bo'lishining buzilishiga olib keladi.
Jadval
Bolalar va o‘smirlariiing kundalík energiya (kkal)ga, oqsil, yog‘ va
karbonsuvlarga (g. hisobida) bo’lgan ebtiyoji
Yoshi
kg/kaloriya
Oqsil
yog’
karbonsuvlar
I-3 yosh
1540
53
53
212
4-6 yosh
1970
68
66
272
7-10 yosh
2300
79
79
315
11-13 yoshdagi o‘g‘il bolalar
2700
93
93
370
11-13 yoshdagi qiz bolalar
2400
85
85
340
14-17 yoshdagi o‘smirlar bolalar
2900
100
100
400
14-17 yoshdagi o‘smirlar qizlar
2600
90
90
360
Do'stlaringiz bilan baham: