ming dona leykotsit bo’ladi. Leykotsitlarning soni organizmning holatiga,
ovqatlanishga, muskullar ishi va boshqalarga qarab o'zgarib turadi.
Leykotsitlar donador va donasiz leykotsitlarga bo’linadi. Donador
leykotsitlarga eozinofillar, bazofillar va neytrofillar, donasiz leykotsitlarga
monotsitlar va limfotsitlar kiradi. Leykotsitlar suyak iligida, taloqda va limfa
bezlarida hosil bo’ladi va organizmni turli mikroblardan himoya qilib turadi, unga
tushgan yot moddalarni parchalaydi va mikroblarni yutadi. Leykotsitlarning yot
moddalarni yutish xususiyatini L.I. Mechnikov fagotsitoz deb atagan.
Yangi tug‘ilgan bolalarda leykotsitlarning soni 1 mm
3
qonda 10000 dan
20000 bo‘ladi, 12 yoshda 10000 dan 12000 gacha kamayadi. Maktab yoshidagi
bolalarda 1 mm
3
qonda 7-3 mingni tashkil etadi. 3-7 yoshda neytrofillar soni kam,
limfotsitlar soni esa ancha ko‘p bo'ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan neytrofillar soni
ortib, limfotsitlar soni kamayadi. Neytrofillar va qonning fagotsitar funksiyasi ham
kam bo'ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarni yuqumli kasalliklarga tez chalinishi
qisman shu bilan izohlanadi. 8-9 yoshdan fagotsitar funksiya ortib, organizmning
turli kasalliklarga chidamliligi oshadi.
Qon plastinkalari, vazifalari va yosh xususiyatlari.
Ya’ni trombotsitlarning
diametri 3 mikron. 1 mm
3
qonda 200-400 mingtagacha trombotsit bo‘ladi, bular qon
ivishida muhim rol o‘ynaydi. Trombotsitlar suyak ko‘migida mayda plastinka
shaklida ishlab chiqarñib qonga o‘tadi. Qonning ivish xususiyati kamayib ketganda
odam arzimagan jarohat tufayli qon yo‘qotib, halok bo‘lishi mumkin. Shikastlangan
tomirdan oqayotgan qon aksari 3-4 daqiqada iviydi. Qon ivish jarayonining asosiy
mohiyati uning plazmasi tarkibidagi qonda erigan fibrinogen oqsilining erimaydigan
fibrin ipchalari hosil bo‘lishidir. Fibrinogen faol trombin fermenti ta’sirida fibringa
aylanadi. Qonda passiv protrombin bo'lib, u trombokinaza fermenti va kalsiy tuzi
ta’sirida faol trombinga aylanadi. Qonning ivish sxemasini quyidagicha izohlash
mumkin.
I faza: protrombin+Ca+trombokinaza = trombin;
II faza: fibrinogen + trombin = fibrin.
Trombotsitlarning soni ham yoshga qarab o‘zgarib turadi. Katta odamda 1
mm
3
qonda 200-400 ming, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 160- 330 ming, 1 yoshdan
2 yoshgacha 140-170 ming, 2 yoshdan 3 yoshgacha 150-300 ming, 3 yoshdan 4
yoshgacha 356-370 ming bo‘ladi. Qonning ivish tezligi barcha yoshdagi bolada bir
xil bo‘Iib, 3-4 daqiqada qon lahtasi hosil bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan bolada qon suyaklardagi qizil ilikda yaratiladi. Bir yoshdan
boshlab qizil ilik yog‘ to‘qimasi bilan almashina boshlaydi, bu jarayon dastlab son,
katta boldir suyaklarida, kechroq umurtqalarda boshlanadi. Besh yoshdan qizil
ilikning yog‘ to‘qimasi bilan almashinishi ancha tezlashadi. 8 yoshda boldir
suyaklarining yarmida qizil ilik o‘rnini yog’ to’qimasi qoplaydi. 12-15 yoshdan
boshlab, qon yaratilishi kattalarnikidek bo’ladi. Bola tug’ilgandan so‘ng taloq tez
o‘sa boshlaydi, vazni 5 oylikda 2 hissa, 1 yoshda 3 hissa, 10-12 yoshda 10 hissa
ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: