Reja: "Obekt" va "predmet" tushunchalarining mohiyati



Download 51,5 Kb.
bet2/5
Sana09.06.2023
Hajmi51,5 Kb.
#950163
1   2   3   4   5
Bog'liq
geografik qobiq tabiiy fanlarning o\'rganish obyekti sifatida referat

Yer yuzasi barcha davrlarda va hozirgi paytda geografiyaning, shu jumladan tabiiy geografiyaning ham tadqiqot ob`yekti bo`lgan. Yer yuzasi - insonning mavjudligi bog`liq bo`lgan va pirovardida uning barcha biologik, moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondiradigan atrof tabiiy muhitdir.Shu sababli Yer yuzasi yillar davomida geografiyaning o`rganish va tasvirlash ob`yekti bo`lib hizmat qildi, Yer yuzasini tasvirlash esa bu fanga nom berdi. Ta`kidlash joizki, “Yer yuzasi” tushunchasini sayyoramizning qattiq yuzasi, ya`ni rel`yefi sifatida tor ma`noda emas, balki insoniyatning hayoti va faoliyati kechadigan sfera sifatida – uch o`lchovli va hajmli ob`yekt sifatida tushunmoq lozim.Geografiyaning ob`yekti sifatida Yer yuzasi muhim ahamiyat kasb etadigan o`ziga xos juz’iyatlarga ega. Umumumsayoraviy sistemaning bu qismi doirasida qattiq, suyuq va gazsimon moddalar, ya`ni litosfera, hidrosfera va atmosfera bir-biri bilan tutashib va elementlari orqali bir-biriga kirib turadi hamda organik olamning mavjud bo`lishi uchun sharoit yaratadi. Aynan Yer yuzasida tarkibiga jonli mavjudot sifatga inson ham kiradigan biosfera boshqa noorganik sferalar bilab tutashadi.
XIX asrning so`ngi choragida geografiya Yer yuzasi haqidagi fan ekanligi to`g`risida tushuncha vujudga keldi. Bu tushuncha nemis geografi va geologi Ferdinand fon Rihtgofen (1833 – 1905) tomonidan rivojlantirildi.Yerning butun yuzasini F.Rihtgofen va keyinchalik boshqa nemis geograflari Yer yuzasi (Erdoberfldche) deb ataydi va geografiya faoliyatinini (o`rganish predmetini) aynan quruqlik, dengiz va atmosferaning o`zaro ta`sirdagi Yer yuzasi bilan bog`ladi.Shundan keyin olimlarning ko`pchiligi Yer yuzasini insonning uyi sifatida qaragan holda uni geografiyaning o`rganish obyekti deb hisoblay boshlashdi.
D.N. Anuchin (1843 – 1923) ham geografiya Yer yuzasi tabiatini o`rganishi lozim, deb hisoblar edi. Ammo, u F. Rihtgofendan farq qilgan holda bir butun va uning rivojlanishida qaragan. Uning fikricha, “geografiyaning obektini Yer, yoki, aniqrog`i, uning aynan hozirgi paytdagi yuzasi ifodalaydi, ammo, Yer va undagi bacha narsalar yashayotganligi, ya’ni o`zgarish va qayta o`zgarishda bo`lganligi sababli …uning evolyutsiyasi uning rivojlanishining yo`nalishi to`g`isida, bu rivojlanishni yuzaga keltiradigan va taqoza etadigan jarayonlar va kuchlar to`g`isida tasavvurga ega bo`lish zarur” (Anuchin, 1954). D.N. Anuchinning shogirdlaridan biri – A.A.Borzov (1874 - 1939) ham geografiyani Yer yuzasi to`g`risidagi fan deb hisoblaydi, ammo geografiya Yer yuzasining alohida hodisalari bilan emas, balki ularning majmuasini o`rganadi. Binobarin, A.A. Borzovga ko`ra geografiya – bu landshaftlar, Ularning Yer yuzasi bo`yicha tarqalishi va ularning o`zaro ta’siri to`g`risidagi fandir. Uning fikricha ham tabiy geografiya ikki qismdan – tabiiy geografik mamlakatshunoslik va umumiy Yer bilimidan (umumiy tabiiy geografiyadan) tashkil topgan.
Amerikalik taniqli geograf R. Hartshornning (1959) fikricha, geografiya Yer yuzasining o`zgaruvchan qiyofasini aniq, tartibga solingan va oqilona tasvirlashga va tushuntirishga harakat qiladi. Yer yuzasi - Yerning litosfera, atmosfera, hidrosfera, biosfera va antroposfera bir-biri bilan chambarchas tutashib turadigan va bir-biriga kirib turadigan tashqi qobig`idir. Yer yuzasi geografiyaning olamidir. Geografiyaning maqsadi Yer yuzasini bilishdan iborat bo`lib, buning uchun o`zaro bog`liq hodisalarni hosil qiladigan tarkibiy elementlarni, ularning xilma-xilligini analiz va sintez qilishni taqoza etadi.
Hozirgi paytda ham ba`zi hollarda tabiiy geografiyaning predmeti deb Yer yuzasini atashadi (Markov va b., 1970). G`arbiy Yevropa mamlakatlari, AQSh, Avstraliya geograflari ham Yer yuzasini geografiyaning o`rganish ob`yekti deb hisoblaydilar.
P.Galonning fikricha (1983) keng ma`nodagi tabiiy geografiyaning ob`yektini Yer yuzasi tashkil etgan holda, tabiiy – geografik fanlar (geomorfologiya, iqlimshunoslik ba b.) o`ziga xos jarayonlarni va ularning Yer yuzasiga ta`sirini tadqiq qiladi. Binobarin tabiiy geografiya muayyan hududdagi barcha komponentlarning o`zaro ta’siri mexanizmini ochib berish bilan shug`ullanadi. XX asrning 30-yillarida geografik qobiq to`g`risidagi ta`limot asoslari yaratildi. Ammo, bu qobiq to`g`risidagi ayrim g`oyalar, shuningdek, uning tarkibi, tuzilmasi va tadrijiy rivojlanishini tadqiq qilish tabiiy geografiya va unga yaqin fanlar shakllanishining uzoq vaqt davomida rivojlandi. Tarixiy – ilmiy jihatdan geografik qobiq to`risidagi konsepsiyaning ildizlari XYII asrning boshida U.Hilbert, B.Kekkerman, B. Varenius kabi tabiatshunoslarning g`oyaladiga borib tutashadi.
Geografik qobiq to`g`risidagi ta`limotning yuzaga kelishi va rivojlanishi ma`lum darajada ingliz fizigi va vrachi Uilyam Hilbert (1540 – 1603) nomi bilan ham bog`liq. U o`zining “Magnit, magnit jismlar va Yerning ulkan magniti to`g`risida” deb nomlangan kitobida Yerni ikki qismga – hayot mavjyd bo`lgan, unining to`xtovsiz paydo bo`lishi va yo`qolishi kechadigan po`st (po`stloq) va asosiy qattiq yadroni xosil qiluvchi magnitga ajratgan edi.
Holandiyalik olim Bernhard Varenius (1622-1650) ilk bor geografiyaning vazifalarini teranroq ko`rib chiqishga, sayyohlar tomonidan to`plangan ma’lumotlarni nazariy jihatdan umumlashtirishga ongli va jiddiy harakat qildi. U geografiyaning tasvirlovchi fan ekanligi to`g`risidagi tasavvurlardan voz kechib, Yer to`g`risida to`plangan barcha ma’lunotlarni yagona tizimga solishga harakat qildi.B.Varenius o`zining “Umumiy geografiya” deb nomlangan asarida Yer yuzasini quruqlik va okeandan tashkil topgan “yer-suv shari” deb ataydi va uni bir-biriga bevosita kirib turadigan quyidagi tarkibiy qismlarga ajratadi: a) grunt, mineral, o`simliklar va hayvonlarni o`z ichiga oladigan “yer”; b) suvlar (shu jumladan yer osti suvlari ham) va c) atmosfera. Bunda “yer” grunt, minerallar, o`simliklar va hayvonlarni o`z ichiga oladi. Geografiyaning rivojlanishida Yer yuzasining jismlari va hodisalarini o`rganishda bevosita olingan ma’lumotlar va qilingan xulosalar muayyan ahamiyatga ega bo`ldi. Qiyosiy metod elementlarini qo`llash natijasida usha paytda ma’lum bo`lgan joylar (tog`lar, o`rmonlar va dashtlar)ning o`xshashlik va tafovvutlari aniqlandi. Pirovardida B. Varenius “geografiyaning predmeti Yer – suv shari, dastavval tashqi qobig`i va uning qismlaridir” (237-b.) degan xulosaga keldi. Shu nuqtai nazardan geografik qobiq to`g`risidagi hozirgi ta’limotning vujudga kelishida muhim muhim ahamiyatga ega bo`ldi..

Download 51,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish