Reja: "Obekt" va "predmet" tushunchalarining mohiyati



Download 51,5 Kb.
bet1/5
Sana09.06.2023
Hajmi51,5 Kb.
#950163
  1   2   3   4   5
Bog'liq
geografik qobiq tabiiy fanlarning o\'rganish obyekti sifatida referat


Geografik qobiq tabiiy fanlarning o'rganish obyekti sifatida
Reja:


1.“Obekt” va “predmet” tushunchalarining mohiyati.
2. Yer yuzasi – geografiya fanlarining tadqiqot obekti.
3. Geografik qobiq to`g`risidagi ta’limotning tarkib topishida U.Hilbert, B.Varenius, A.Humboldt, V.V.Dokuchaev, N.I.Brounov va V.I.Vernadskiyning xizmatlari.
4.A.A.Grigoryev va S.V.Kalesnik tomonidan geografik qobiq to`g`risidagi ta’limotning shakllantirilishi.

Asosiy tayanch termin va tushunchalar: obekt, predmet, Yer yuzasi, geosfera, o`zaro aloqa va o`zaro ta’sir, landshaft, tabiiy-geografik qobiq, geografik qobiq.
Fanning rivojlanishini o`rganish ob`yektining izchillik bilan shakllanishi va almashinuvi sifatida tasavvur qilinishi mumkin. Har qanday ilmiy fanning tadrijiy rivojlanishi esa uning tadqiqot ob`yekti barcha komponentlarining sekin – asta o`zgarishi jarayonidan iborat. Fanning bilimlarning barcha tizimining tadrijiy rivojlanishiga va, shuningdek, bu ilmiy faoliyat tizimi funksiyalarining jamiyat tizimidagi o`zgarishlarga bog`liq. Fannig rivojlanish jarayonida uning tadqiqot ob`yekti to`g`risidagi tasavvurlar ham tadrijiy rivojlanadi, muayyan paytda dolzarb bo`lgan nazariy va amaliy muammolar, o`rganish ob`yektining nomini aniqlash masalasi va boshqa vazifalar birinchi darajali ahamiyatga ega bo`ladi. Tabiatshunoslik juz`iy fanlarining, shu jumladan tabiiy geografiyaning umumiy muammolari bo`yicha har qanday nazariy tadqiqot uchun shu fanning ob`yektini, uning fizikaviy hajmini va ob`yektni bosqa fanlarning tadqiqot sohalaridan ajratib turadigan chegaralarini belgilash muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Zero, tadqiqot ob`yektining bunday juz’iyatlarini belgilash shu fanning mustaqilligini ta`minlaydi.Shuningdek, tadqiqot ob`yektini aniq belgilashgina uning mohiyatini va rivojlanish qonuniyatlarini teran ochib berish uchun shart-sharoit yaratadi.
Har bir fanning, shu jumladan geografiyaning ham umumiy muammolariga doir har qanday nazariy tadqiqot uchun bajarilishi shart bo`lgan vazifanning yechimi shu fanning ob`yekti, ob`yektning o`lchamlarini, chegaralarini va asosiy juz’iyatlarini imkon darajasida aniq belgilashdan iborat. Tadqiqot ob`yekti aniq belgilangandagina uning mohiyatini va rivojlanish qonuniyatlarini teranroq va chuqurroq aniqlash va bilib olish imkoniyatlari bo`ladi. Geografiya va uning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo`lgan tabiiy geografiyaning ob`yekti va predmeti to`g`risidagi tasavvurlarning yuzaga kelishi va rivojlanishining tarixini qarab chiqish zarur bo`ladi.
Har bir fanning mazmun-mohiyati uning o`ziga xos “sifat belgisi” bo`lgan nazariyani isjlab chiqishda ifodalanadi. Nazariya voqealarni tushuntirish, tushunib yetish, tasvirlash va talqin qilish uchun foydalaniladigan asosiy dalillarning tizimini belgilaydi. Nazariya orqali son-sanoqsiz faktlar “elanadi” va saralanadi.Fanning pirovard maqsadi - ham tabiiy, ham ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarni oqilona boshqarish yo`llari va usullarinin ishlab chiqish va asoslashdir.Fanning hozirgi metodologiyasida tadqiqotning bir-biridan mazmuni va mohiyatiga ko`ra “ob`yekt (lot. objectum – narsa, hodisa, predmet)” va “predmet (rus. predmet narsa)” tushunchalarini farqlay bilish lozim ekanligi ko`rsatiladi. “Ob`yekt” va “predmet” tushunchalari lo`g`aviy jihatdan bir xil mazmunga ega bo`lsada, tabiiy fanlarda, ayniqsa Yer to`g`risidagi fanlarda bu tushunchalarni bir ma`noda talqin qilish mumkin emas. Falsafiy nuqtai nazardan qaralganda ob`yekt – bizning ongimizga va bizlarga bog`liq bo`lmagan holda namoyon bo`luvchi tashqi dunyo, moddiy borliq. O`zbekiston Milliy ensiklopediyasida (2003) “ob`yekt – sub`yktga qarama - qarshi bo`lgan hamda insonning amaliy va bilish qobiliyati qaratilgan ob`yektiv reallik. Ob`yekt inson va yning ongidan mustaqil …” deb ta`rif berilgan (6-jild, 242-b.). Har qanday fanning rivojlanishi davomida uning ob`yekti turli jihatlardan qaraladi. Odatda tadqiqot tashqi, yuza belgilarni o`rganishdan boshlanadi va keyinroq ichki, tub juz’iyarni ochib berishga o`tiladi. Bunday holat fanga xos bo`lgan har qanday ob`yektni bilib olishning muayyan qonuniyatlari, shuningdek, fan oldiga jamiyat tomonidan qo`yiladigan vazifalarning o`zgarishi bilan bog`liq. Ob`yekt predmetga nisbatan umumiyroq, kengroq qamrovga ega bo`lgan tushuncha va shu sababli bir qator fanlarning yagona o`rganish obektini tashkil etuvchi strukturaviy qismlar (jihatlar, komponentlar, xossalar)ning har biri esa biror-bir fanning predmeti bo`lib hizmat qiladi. Ob`yekt rivojlanishning muayyan bosqichida fan tomonidan o`rgnilayotgan tomoni uning taqiqot predmetini tashkil etadi. Ob`yektni tadqiq qilishda fan yechayotgan vazifalarning o`zgarishi bilan uning predmeti ham o`zgaradi.
A. Soliyevning ta`biricha (1999), “…ob`yekt serqirra borliq, hodisa va voqealar bo`lib, birgina fan uchun emas, balki ko`p fanlar birikmasi uchun xizmat qiladi. Har bir fan hodisa va voqealarning bir tomonini (aspektini) o`rganadi. Ammo shu “bir tomoni yoki aspekti” fanning predmetini” tashkil etadi. Shu nuqtai nazardan qaralganda barcha geografik fanlarning umumiy ob`yekti bitta bo`lib, uning ayrim jihatlari yoki alohida bir tomonlari hususiy geografik fanlarning predmelarini tashkil etadi. Fanning ob`yekti uning tadqiqot sajiyasi va yo`nalishini belgilovchi vazifalar, muammolar va masalalr asosida shakllanadigan takliflar majmuasidan iborat. Ta`kidlanganidek, fan ob`yekti ob`yktiv borliq, hodisa, uning qanday nomlanishi esa sub`yektiv jarayondir.
Jahon gegrafik adabiyotlarida hozirgi paytda geografiya fanlarining tadqiqot ob`yekti va predmetlariga doir turli terminlarni uchratish mumkin. Bu terminlardan ba`zi birlari oldingi davrdan meros bo`lib qolgan bo`lsa, boshqalari yangi termin sifatida taklif qilinadi.
Hozirgi paytda jahon geografik adabiyotlarida geografiyaning, xususan tabiiy geografiyaning ob`yektiga taalluqli turli nomlarni uchratish mumkin. Bu nomlar orasida geografiyaning tadqiqot ob`yekti sifatida turli modifikatsiyalarda: a) Yer yuzasi, b) geografik qobig`i, c) landshaft va d) tabiiy (geografik) muhit ko`proq qo`llaniladi.

Download 51,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish