Aim.uz
Axborot va ma’ruza matni tayyorlash, matn ustida ishlash
Reja:
1.Nutq madaniyati va notiqlik madaniyati me`yorlari haqida .
2.So`z tanlash va matn tuzish usullari .
Tayanch so`z va iboralar : Nutq madaniyati, notiqlik madaniyat me`yorlari, so‘z tanlash va matn tuzish usullari.
Nutq madaniyati va notiqlik san‘ati bir-biri bilan chambarchas bog‘liq, har ikkalasi ham kishilar nutqiy faoliyatining namunali bo‘lishini taqozo etadi. Ammo notiqlik san‘ati alohida mahorat va qobiliyat talab qiladi. Chunki har qanday nutq egasi mohir notiq bo‘lavermaydi. Shunga ko‘ra har ikkalasining ham o‘ziga xos tarixi mavjuddir.
San‘atning eng qadimiy turlaridan biri notiqlikdir. Tinglovchilarga biror narsa-hodisani tushuntirish, isbot etish yoki ularning hissiyotiga, tushunchasiga ta‘sir qilish niyatida so‘zlangan nutq notiqlik faoliyatiga kiradi. Bu hodisani san‘at darajasiga ko‘tara olgan kishi haqiqiy notiqdir.
Til boyligidan mohirlik bilan foydalana olish, o‘sha boylikni nutqning g‘oyaviy mazmuniga moslab qo‘llay bilish nutq madaniyatidir.
Nutq madaniyati ham uslubiyat ilmi ham o‘zining uzoq o‘tmishiga ega. Ular ta‘limot sifatida qadimgi Rim va Afinada shakllangan. Gap shundaki, qadimgi davlat arboblarining obro‘-e‘tiborli yuqori lavozimlarga ko‘tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog‘liq bo‘lgan. Notiqlik san‘ati sarkardalik mahorati bilan baravar ulug‘langan. Bu ikki san‘atni mukammal egallagan arboblargina yuqori lavozimlarga saylangan. Hozirgi sharoit ham shuni taqozo etmoqda. Grek notig‘i Demosfen va Rim notig‘i Sitseronlarning hayoti bunga misoldir. Ular kishilik jamiyatida ritorika va notiqlik san‘atining o‘ziga xos maktabini yaratganlar. Jumladan, Sitseron fikricha, notiq quyidagi san‘atlarga ega bo‘lmog‘i lozim:
Notiqning o‘zi juda dadil va amin bo‘lishi kerak.
Nutq to‘la isbotlanishi lozim.
Nutqdagi hamma narsa muhim hisoblanishi kerak.
Nutq materialini sidqidildan to‘plash va idrok etishi kerak.
Materialni joylashtira olishi, tushunishga oson bo‘lishini ta‘minlashi lozim.
Sharqda notiqlik san‘ati voizlik deb yuritilgan. Shunga ko‘ra nutq va‘z, notiq-voiz deb yuritilgan. Va‘z degani «Qomusi Usmoniy» lug‘atida sharhlanishicha «kishilarning qalbini yumshatadigan pand-nasihatdir».
Axborot xat. Bunday xatlardan ko‘zlangan maqsad ma’lum tashkilot yoki shaxsni amalga oshirilayotgan tadbirdan xabardor qilishdir.
Axborot xatlarning hajmi oddiy ma’lumotnoma ko‘rinishida bo‘lib, bir jumladan to bir necha sahifagacha bo‘lishi mumkin. Ba’zan axborot xatlardan ayrim tashkilotlar o‘z faoliyatini targ‘ib qilish maqsadida ham foydalanadi.
Ushbu xatlarga referent yoki kotibning imzosi yetarli. Biroq xatda bayon qilinayotgan voqea yoki tadbirning ahamiyatiga qarab, xat tegishli mansabdor shaxs tomonidan imzolanishi ham mumkin. 1-2-ilovalarda shunday xatlardan namunalar keltirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |