Reja: Nosiruddin Rabg’uziy- turkiy adabiyot tarixida alohida mavqe qozongan



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana16.03.2022
Hajmi0,64 Mb.
#497923
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5 mavzu Nosiruddin Rabg’uziy ”Qissasi Rabg’uziy” asari

«Yilon va qarlu- 
g‘och»
hikoyati xarakterlidir. 
Unda mushuk bilan sichqon, ilon bilan baqa, ilon bilan qarlug‘och (qaldirg‘och) 
hamda ari, inson va qushlar hamda hayvonot olami orasidagi o‘ziga xos 
munosabatlar izohlanadi, badiiy tadqiq etiladi. 
Rabg‘uziy qissalari va hikoyatlarida axloqiy-ta’limiy qa- rashlar ifodasi yetakchilik 
qiladi. Deyarli har bir hikoyatda shunday qarashlar aks etgan. Sulaymonning 
qarinchg‘a (chu- moli) bilan so‘zlashgani hikoyatida ham bu hol kuzatiladi. 
Sulaymon — Dovud payg‘ambarning o‘n ikkinchi, kenja o‘g‘li. U ham boshqa 
akalariday «olim, faqih, oqil» yigit edi. Dovud podshohligi unga meros qoldi. 
Ammo otasiga o‘xshab o‘z hunarini ham qo‘ymas edi. U temirchilik hu- narini oliy 
darajaga yetkazdi. Bu hunarning keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. 
O‘zbek adabiyotida payg‘ambarlardan Dovud va Sulaymon nomi ko‘p uchraydi. 
Ayniqsa, 
«...taxti Sulaymon» iborasi
ko‘p qo‘llanadi. Rabg‘uziyning yozishicha, 
«Taxti bir yig‘och yer ichinda erdi. Ul taxtini oltun, kumush birla qilmish erdi». 
Sulaymonning chumolilar podshosi bilan suhbati katta ma’rifiy va axloqiy-ta’limiy 
ahamiyatga molik. Unda kishilik jamiyatiga xos bo‘lgan ayrim illat va kamchiliklar 
ustida so‘z boradi. Hikoyatda Sulaymon katta mavqega ega bo‘lgan, manman, 
kibrli, manfaatdor hukmdor sifatida gavdalanadi. Aksincha, qarinchg‘a — 
chumolilar podshosi dono, tadbirkor, xalq g‘amini yeydigan hukmdor, 
ma’rifatparvar, olim, orif sifatida ko‘zga tashlanadi. 


Rabg‘uziy shaxs kamoloti faqat jismoniy sifatlar bilan belgilanmasligini 
(qarinchg‘alarning ulug‘i oqsoq erdi), buning uchun undagi aqliy-ma’naviy 
fazilatlar ustun bo‘lishi lozim- ligini ta’kidlaydi. 
Qissa epik janrga mansub. Unda muayyan voqea-hodisalar tasviri qalamga olinar 
ekan, bunda voqealarning izchil tasviri, ulardagi qahramonlarning o‘ziga xos 
xususiyatlarini aks ettirish yetakchilik qiladi. Qissalar hajmiga ko‘ra yirik bo‘ladi. 
Bu yiriklik faqat hajm nuqtayi nazaridangina emas, tasvirlanayotgan voqea-
hodisalar ko‘lami, ulardagi ishtirokchilar soni bilan ham izohlanadi. 
Rabg‘uziy qissalarida qahramonlar voqea-hodisalar rivoji davomida o‘ziga xos 
xususiyatlarini ko‘rsatib borishadi. Qissalarda bir necha sujet yo‘nalishlari bo‘lishi 
mumkin. Asar kompozitsiyasi ham sujetning shu xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Asar sujetiga asos bo‘lgan voqealar ko‘p jihatdan Qur’onga tayanadi. Rabg‘uziy 
ularni o‘z dunyoqarashi hamda tajri- basi asosida qayta ishlagan, o‘z badiiy 
tafakkuri bilan ularni boyitgan. Qissalar o‘zbek nasrining ajoyib namunasidir. 
Ularda xalq tilining o‘sha davrdagi ko‘rinishlari butun boyligi, tarova- ti, kuchi, 
qudrati, qo‘yingki, mavjud holati bilan namo- yon bo‘lgan. Qissalar tarkibida 
ba’zan she’riy parchalar- ning uchrashi esa uning mazmunini boyitgan, 
ta’sirchanligini yanada oshirgan. 
Hikoyatlarda og‘zaki ijodning kuchli ta’siri seziladi. Ularda hatto latifa janriga xos 
tasvir usullari ham ko‘zga tashlanadi. 
«Qissasi Rabg‘uziy» o‘zbek badiiy nasrining ilk namunalaridan bo‘lishiga 
qaramay, unda adib Nosiruddin Rabg‘uziy- ning yuksak badiiy mahorati atroflicha 
namoyon bo‘lgan. U o‘zining ma’rifiy hamda badiiy-estetik ahamiyati bilan barcha 
avlodlar ma’naviy kamoloti uchun ham qadrlidir. 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish