Neyrogliya nerv oxirlarining tuzilishida ishtirok etib, nerv impulsi hosil bolishda va uni otkazishda hamda nerv tolalarining degeneratsiyasi va regeneratsiyasida ishtirok etadi. Hamma gliya elementlari ikki genetik turga - m a k r og l i y a va m i k r o g l i y a bo`linadi. Makrogliya hujayralari ektodermadan rivojlanadi. Uning hujayralarini kumush bilan ishlangan preparatlarda ko`rish mumkin. Makrogliya o`z navbatida astrogliya, ependimogliya, oligodendrogliya va multipotentsial gliyaga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |