Neyrogliya (yunon. glia - yelim, nerv yelimi) yordamchi to`qima bo`lib, o`zining tuzilishi va faoliyati bo`yicha turlicha bo`lgan ko`pgina hujayralardan iborat. Neyrogliya - tayanch (markaziy hamda periferik nerv sistemasining stromasini tashkil qiladi), chegaralovchi (chegaralovchi glial pardalar hosil qilib nerv elementlarini atrofdagi biriktiruvchi to`qimadan ajratib turadi), trofik (nerv hujayralaridagi modda almashinishida ishtirok etadi), himoya (multipotentsial va mikrogliya hujayralari) va sekretor vazifani o`taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |