Reja: Neft va gazni temir yo’l orqali tashishni tashkil qilish


-§. Neft va gazni quvur orqali tashishni tashkil qilish



Download 464,17 Kb.
bet6/9
Sana15.09.2021
Hajmi464,17 Kb.
#175002
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Neft va gaz quvurlarini loyihalash-1

4-§. Neft va gazni quvur orqali tashishni tashkil qilish

    1. Neft mahsulotlarini quvurda transport qilish

Neft mahsulot provod deb – neft mahsulotlarini haydashga moʼljallangan trubo provodlarga aytiladi. Ular magistral qismlarning yer tagi va taqsimlash trubo provodlaridan, oddiy va murakkab tarmoqlardan, bosh va oraliq haydash stantsiyalaridan, quyish va soʼnggi oxirgi punktlardan iborat. Ular maʼlum bir vazifalarni bajaradi. Magistral neft provodlar quyidagi kompleks qurilmalardan tashkil topgan;

- keltiruvchi trubo provodlar;

- bosh va oraliq neft haydash stantsiyalari;

- oxirgi punkt;

- koʼp liniyali qurilmalar;

Keltiruvchi trubo provodlar – neft manbalarini magistral neft provodlarning bosh qurilmalari bilan bogʼlaydi.

Neftni haydash stantsiyasi – neftni konlardan qabul qilish, ularni qismlarga ajratish, neftlarni miqdorini hisoblash va ularni rezervuarlardan trubo provodlar boʼyicha haydashga moʼljallangan.

Bosh neftni haydash stantsiyasi neft koni yaqinida joylashtiriladi.

Oraliq neftni haydash stantsiyasi – keyinchalik neft haydashni taʼminlash uchun ishqalanish kuchini bartaraf etishga sarflangan quvvatni tiklashga xizmat qiladi. Odatda, oraliq neftni haydash stantsiyasi trubo provod trassasi boʼyicha har 50-200 km ga joylashtiriladi.

Undan tashqari bosh va oraliq neftni haydash stantsiyasining texnologik qurilmasida quyidagilar boʼladi: mexanik ustaxona, pasaytiruvchi elektr podstantsiya, pech, suv bilan taʼminlash obʼekti, xoʼjalik va maʼmuriy binolar va b.

Oxirgi punkt – magistral trubo provodning oxirgi punkti neftni qayta ishlash zavodi yoki katta nefte-baza hisoblanadi. Katta punktlardagi magistral neft provodlarda uzunligi 400 dan 600 km gacha boʼlgan foydalanish uchastkasi tashkil qilinadi. Foydalanish uchastkasining chegarasi albatta oraliq neftni haydash stantsiyasi orqali oʼtadi. Magistral neft provodning yoʼl qurilmalariga quyidagilar kiradi: trubo povodlar, yoʼl Lukidoni, trubo povodlarning korroziyadan himoyalash vositasi, aloqa yoʼli, elektruzatish yoʼli, obxodchi uylari, vertolyot maydoni, grunt yoʼllari, trassa boʼyicha yotqizilgan trubo provodlar.

Neft va neft mahsulotlarning qabul qilish va tarqatish jarayonida tashish hamda baza ichida ularni haydash asosan nasos yordamida amalga oshiriladi. U maxsus binoga dvigatel bilan birga oʼrnatiladi. Bu jarayon nasos stantsiyasi deb ataladi. Nasos stantsiyalari ishining xarakteriga va tuzilishiga qarab statsionar va ko’chma turlarga boʼlinadi.

Statsionar nasos stantsiyasiga nasos stantsiyasi va neft bazalari kiradi. Ular yer usti yoki chuqurlashtirilgan holda loyihalashtiriladi. Nasosning talab qilingan balandlikdan soʼrishini taʼminlash uchun neft bazalarda nasos stantsiyalarini trubo provod tizimning eng past nuqtasiga joylashtirish talab etiladi.

Chuqurlashtirilgan nasos stantsiyasini loyihalash jarayonini mukammal asoslash kerak. Chunki u qurilish tannarxini oshiradi va foydalanish sharoitini yomonlashtiradi. Koʼchma nasos stantsiyalariga suzuvchi va avtomobilь, avtotirkashga oʼrnatilgan nasos stantsiyalar kiradi. Statsionar nasos stantsiyalariga quyidagilar oʼrnatiladi:

- asosiy texnologik operatsiyalarga moʼljallangan nasoslar (temir yoʼl sisternasiga, tankerga, barjaga quyish va toʼkish hamda trubo provod boʼyicha neft bazasiga haydash);

- qo’shimcha operatsiyalarga moʼljallangan nasoslar. Markazdan qochma nasoslarning meʼyorida ishlashini taʼminlash uchun temir yoʼl sisternalarini, quyish sudalarni, rezervuar va trubo provodlarni tozalash hamda avtosisternaga, bochkaga, mayda taralarga quyish va qadoqlash. Аyrim hollarda qoʼshimcha operatsiyalar uchun asosiy operatsiyalardan ham foydalanish mumkin.

Nasoslar. Neft bazalarda asosan markazdan qochma, porshenli, rotorli va vintli nasoslar qoʼllaniladi. Ulardan eng koʼp foydalaniladigani markazdan qochma nasos hisoblanadi. U asosan kichik qovushqoqli neft mahsulotlarini haydashga moʼljallangan.

Porshenli nasoslar qovushqoq neft mahsulotlarini haydashga moʼljallangan (temir yoʼl sisternalarini, tankerlarni va b. tozalash operatsiyasi). Porshenli nasoslar quyidagi turlarga ajratiladi:

- privod (sim) turlari boʼyicha;

- silindrlarning joylashishi boʼyicha (gorizantal va vertikal);

- ishlash sharoitlari boʼyicha (bir, ikki, uch va toʼrt taʼsirli nasoslar).

Rotorli nasoslarga shesternali va vintli nasoslar kiradi. Ular asosan yuqori qovushqoqli neft mahsulotlarini haydashga moʼljallangan.

Markazdan qochma nasoslar asosiy soʼrish yoʼlida (liniya) siyraklashishini tashkil etish uchun qoʼllaniladi.

Neft konlarida, neftni qayta ishlash zavodlarida, neft bazalarda, magistral gazoprovod stantsiyalarida, neft mahsulot provodlarda, neft va neft mahsulotlarni toʼplash, saqlash va hisoblash uchun rezervuarlardan foydalaniladi.

Rezervuarlar – bu har xil shaklga va oʼlchamga ega va har xil materiallarda tayyorlangan idish. Vazifasiga qarab bu idishlar neftni va rangli qora neft mahsulotlarni saqlash uchun moʼljallangan rezervuarlarga ajratiladi. Rezervuarlar metall yoki nometall materiallardan tayyorlanadi. Metall rezervuarlar- asosan poʼlatdan tayyorlanadi. Nometall rezervuarlarga asosan temir-beton rezervuarlar kiradi. Har bir guruh rezervuarlari shakliga qarab ajratiladi: vertikal silindrli, gorizantal silindrli, tomchi turli va b.

Rezervuarlarning oʼrnatish shakliga qarab yer usti, yer osti va boshqalarga ajratiladi. Rezervuarlarning hajmi 100 m3 dan 120000 m3 gacha yetishi mumkin. Odatda, rangli neft mahsulotlarni saqlash uchun poʼlat rezervuarlar qoʼllaniladi. Аyrim hollarda neft mahsulotlar taʼsiriga chidamli ichki tomoni poʼlat listlar bilan qoplangan yoki nometall materiallar bilan izolyatsiyalangan temir beton rezervuarlar ham qoʼllaniladi. Katta miqdordagi neft va qora neft mahsulotlarini saqlash uchun asosan temir beton rezervuarlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Odatda, yogʼlash moylari poʼlat rezervuarlarda saqlanadi. Trubo provod kommunikatsiyalari bilan umumlashtirilgan bir turdagi rezervuarlar guruhiga – rezervuar parki deb ataladi. Har bir yer osti rezervuarlari balandligi 0,2 m boʼlgan devorlar bilan chegaralanadi.

Neftning neft haydash stantsiyasidan oʼtish harakteriga qarab, haydashning quyidagi tizimi mavjud.

- bekatli;

- rezervuar statsiyasi orqali;

- ulangan rezervuarlar bilan;

- nasosdan nasosga.

Nasosdan nososga haydash tizimida neftning yoʼqolishi kam boʼladi. Bunday hollarda oraliq stantsiyalardagi rezervuarlar magistraldan uzib qoʼyiladi va u faqat falokat yoki taʼmirlash jarayonida neftni qabul qilish uchun foydalaniladi.

Odatda uzoq masofaga moʼljallangan neft provodlarda bir vaqtda bir necha haydash tizimi qoʼllaniladi. Hozirgi vaqtda podstantsion haydash tizimi kichik neft provodlarda foydalaniladi va bitta bosh neft haydash stantsiyasiga ega.

Gruntlarga yotqizilgan neftprovodlar tuproq korroziyasiga uchraydi. Shuning uchun yerga yotqizilgan quvurlarni korroziyadan saqlash uchun ularga bitum maskasi suriladi. Koʼpincha, quvur ustidan maxsus material oʼraladi.

Аgar neft provodlarni kimyoviy yemiruvchi joylardan utkazishga toʼgʼri kelsa, elektr himoya tadbirlari ham koʼriladi. Haydalayotgan mahsulotlarga maxsus modda (passivator) qoʼshib, quvurlarining ichki sirti korroziyadan saqlanadi. Undan tashqari trubo provodlarni katodli, proyektorli, elektrodrenajli himoya qilish usullari ham qoʼllaniladi.

a) Izolyatsion qoplamalar.

Yer osti magistral trubo provodlarda qoʼllaniladigan izolyatsion qoplamalar quyidagi talablarni qondirishi kerak:

- yuqori dielektrik xossalarga ega boʼlishi;

- yaxlit boʼlishi;

- trubo provod metaliga yaxshi yopishish qobilyatiga ega boʼlishi;

- suv o’tkazmaslik, mexanik mustahkam, elastik va termoturgʼun boʼlishi.

b) trubo provodlarni korroziyadan elektrokimyoviy himoyalash.

Аmalda maʼlumki, foydalanish jarayonida yaxshi tayyorlangan izolyatsion qoplamalar oʼzining ayrim xossalarini yoʼqotadi. Ularga dielektrik xossalar, suvga turgʼunlik, adgeziyalar kiradi. Undash tashqari, trubo provodlarni transheyaga koʼmishda, oʼsimlik tomirlari taʼsirida, haroratlarning oʼzgarishi natijasida izolyatsion qoplamalar shikastlanishi mumkin. Shuning uchun izolyatsion qoplamalar yer osti trubo provodlarni korroziyadan saqlashga har doim ham kafolat beravermaydi. Shuning uchun izolyatsion qoplamalar bilan birga elektrokimyoviy himoyalash vositalari ham qoʼllaniladi. Elektrokimyoviy himoyalash – katod va protektor usulida amalga oshiriladi.




    1. Download 464,17 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish