10-Mavzu: Quduq mахsulоtlаrini o’lchаshning аhаmiyati аlоhidа vа guruхiy o’lchаsh Rеjа: 1. Nеft quduqlаri mаhsulоti miqdоrini o’lchаsh 2. Bosimlar farqi o'zgaruvchan sarf o'lchagichlar 3. Nеft tаrkibidаgi suv miqdоrini o’lchаsh 10.1.Nеft quduqlаri mаhsulоti miqdоrini o’lchаsh Neftni yig`ishning o`zioqar tartibida quduq mahsulotini o`lchashni operatorlar bajaradi. Quduqdan kelayotgan neft va suv miqdori ajratish -o`lchash qurilmasiga tushadi hamda o`lchagich - ajratkichda yoki ochiq silindrik o`lchov idishida o`lchanadi. O`lchov idishidagi mahsulot miqdori operator bo`linmalarida mavjud bo`lgan reyka yordamida o`lchanadi. Gaz miqdori guruxiy o`lchov – ajratgich qurilmalarda standart diafragmalar va DP-430 sarf o`lchagichlar yordamida o`lchanadi, ular ajratgichdan keyingi gaz tarmog`iga o`rnatiladi. Quduqlar bo`yicha neft va suv miqdori davriy ravishda quduqning ishlash tarziga bog`liq holda kuniga bir marta yoki 3-5 kunda bir marta o`lchov ishlari olib boriladi.
O’lchаgich diаmеtri qаnchаlik kichik bo’lsа, o’lchаsh аniqligi shunchаlik yuqоri bo’lаdi. Diаmеtri 6-8 m.gа tеng o’lchаgichlаrdа хаtоlik yuqоri bo’lаdi.
O`lchov idishidagi neft va suv satxining o`zgarishi bo`yicha quduq maxsuldorligini o`lchash uchun quyidagi formulalardan foydalaniladi.
O`lchov idishining 1sm balandlikdagi hajmi:
m2 Bu yerda: D - o`lchov idishining ichki diametri.
O`lchov idishidagi neft hajmi:
O`lchov idishidagi suv hajmi:
Agar o`lchov idishining to`lishi t vaqtga to`g`ri kelsa, u holda quduqning kunlik maxsuldorligi quyidagisha aniqlanadi:
Neft uchun:
Suv uchun:
Bu yerda 1440 – sutkadagi minutlar soni.
10.2.Bosimlar farqi o'zgaruvchan sarf o'lchagichlar Bu sarf o'lchagichlarning ishlash usuli quvurda moddaning oqim yo'lida o'rnatilgan qandaydir toraytirish qurilmasi yordamida hosil qilinadigan bosimlar farqini o'lchashga asoslangan bo'lib, suyuqliklar, gazlar (bug'lar) ning sarfini o'lchash vositasi sifatida keng tarqalgan. Toraytirgichlar sifatida asosan standart diafragmalar, soplolar hamda ishlatiladi.
Oqib o'tayotgan sarf miqdori bosimlar farqi va moddaning oqim tezligiga to'g'ri proporsionaldir. Suyuqlikning sarfi Q (m3/s larda) va bosimlar farqi ε(Pa) orasidagi munosabat quyidagi tenglama orqali ifodalanadi:
bu yerda α- toraytirish qurilmasining geometrik ko'rinishi va o'lchanayotgan muhitning fizik holatiga bog'liq bo'lgan sarf koeffitsiyenti; ε-toraytirish qurilmasidan o'tishda o'lchanayotgan muhitning siqilishini hisobga oladigan tuzatuvchi koeffitsiyent (suyuqliklar uchun ε = 1); F - toraytirish qurilmasining o'tish yuzasining kesimi, m2; ρ - o'lchanayotgan moddaning zichligi, kg/m3; ΔP - bosimlar farqi, Pa.
Toraytirish qurilmasi sarf o'lchagichning birlamchi o'zgartgichi hisoblanib, bundan tashqari uning komplektiga ulash tizimlari (impuls trubkalari), qo'shimcha qurilmalar (ajratish idishlari, kondensatsion idishlar) va o'lchash asbobi (differensial manometr) kiradi.
10.1 - a rasmda toraytirish qurilmasining quvurda o'rnatish sxemasi, oqimning undan o'tishi va oqim yo'nalishi bo'yicha statik bosimning taqsimlanish egri chizig'i keltirilgan. D diametrga ega bo'lgan quvurning 1-1 kesimidan oqimning torayishi boshlanib, diafragma oldida inersiya kuchining ta'siri diafragmadan keyingiga qaraganda katta bo'ladi. Shundan so'ng oqim quvurning to'liq kesimi bo'yicha kengayadi. Diafragma oldida va undan so'ng uyurma maydoni hosil bo'lib, diafragma oldidagiga nisbatan diafragmadan keyingi soha katta bo'ladi. Quvur devorlari yonida oqimning bosimi diafragma oldida hosil bo'lgan ta'sir natijasida Ptgacha o'sadi, diafragmadan keyingi eng qisqa kesim 2-2 ga, bosim esa P2 gacha kamayadi. Oqimning 2-2 kesim yuzasi diafragmaning aylanasidan ham kichik. Shundan so'ng oqimning kengayishiga qarab quvur devorlari yonida bosim osha boshlaydi. Ammo dastlabki qiymatidan P (yo'q.) ga farq qiladi. Bu esa ishqalanish va uyurmali maydon hosil bo'lish sababi yo'qotilgan asosiy energiya hisoblanadi.
10.1- rasm.Toraytirish qurilmasi (diafragma).
Sarf koeffitsiyentining qiymati barcha qurilmalar uchun tajriba yo'li bilan aniqlangan bo'lib, ularni dastlabki darajalashsiz qo'llash mumkin.
Standart diafragmalar (normal) konsentrik teshikka ega bo'lgan yupqa metall disk 2 dan iborat bo'lib, uning kirish qismi o'tkir qirrali silindr shaklida, so'ng esa 30-45° burchak ostida konus ko'rinishida yo'naladi. Normal diafragmaning qalinligi 0,1 D (quvurning diametri), aylananing silindr shaklidagi qismining uzunligi esa 0,02 D ga teng. Normal diafragmalar kamerali (10.1 - b rasm, o'qdan yuqorida) va kamerasiz bo'ladi (10.2 - b rasm, o'qdan pastda).
Kamerali diafragmalarda bosim ikkita tenglashtiruvchi aylana kameralar 1 yordamida olinadi. Kameralar korpusda disk oldida, undan keyin esa quvurning ichki yuzasi bilan tutashgan aylana ariqchalar joylashgan. Aylana shaklidagi kameralar quvur aylanasi bo'yicha bosimning o'rtacha qiymatini olishga imkon yaratib, bosimlar farqini aniqroq o'lchashni ta'minlaydi. Kamerasiz diafragmalarda esa bosim diafragma korpusida yoki disk oldida va orqasida joylashtirilgan quvurning flaneslaridagi ikkita teshik 3 yordamida olinadi. Normal diafragmalar 0,05 ≤ (d/D) ≤ 0,7 shart bajarilganda diametri 50 mm dan kichik bo'lmagan quvurlarda ishlatiladi.
Diafragmalar zanglamaydigan po'latdan tayyorlanadi. Diskning yon yuzasiga uning zavodda qo'yilgan raqami, diafragma teshigining diametri (mm larda) quvurning ichki diametri (mm larda), oqim yo'nalishini ko'rsatadigan ko'rsatgich, kirish tomonidan (+) belgisi va chiqish tomonidan (-) belgisi yozilgan bo'ladi.