Hisoblashga doir masalalarning yechilishga bo’lgan talablar. Moddalarning nisbiy molekulyar massasini, kimyoviy formulalar asosida hisoblay olish.
Eritmadagi moddaning massa ulushini va eritmada erigan moddaning massasini, gazlarning nisbiy zichligini, reaksiyaga kirishayotgan yoki reaksiya natijasida olinadigan moddalardan birining ma`lum miqdoriga ko’ra moddalar massasini yoki gazlarning hajmini (n.sh.da), kimyoviy tenglamalar asosida gazlarning hajmiy nisbatini hisoblashni bilish.
O’rta maktab kimyo kursida elektrolitik dissosiasiya nazariyasi 9-sinfda o’tiladi. Kimyoviy bog’lar qonuniyatiga asoslanib, u davriylik bilimini rivojlantiradi, moddalar tuzilishi bilimlariga yangi tushunchalar kiritadi.
Elektrolitik dissosiasiya nazariyasi maktab kimyo kursining eng muhim nazariy konsepsiyasining birini tashkil etadi. Bu mavzuni o’tishda o’quvchilarning oldingi kimyoviy muvozanat bilimlari asos qilib olinadi.
Moddaning tuzilishi, kimyoviy bog`lanish mavzularida olingan bilimlar yanada sistemaga kiradi va rivojlantiradi. Natijada o`quvchilar qanday sabablar ta`sirida kimyoviy bog`lanishlar uzilishi sodir bo`lishi hamda elektrolitlar suvli eritmalarda qanday xossalar namoyon qiladi. Nima uchun? kabi savollar o`z yechimini topadi. Kurs yakunida kimyoviy muvozanat hosil bo`lishi haqidagi ma`lumotlar bilan tanishiladi. Elektrolitik dissosiasiya nazariyasi bo`yicha o`quvchilar egallashi lozim bo`lgan bilimlar, ko`nikma, malakalar tizimida maktab kimyo ta`limi davlat ta`lim standartlarida o`z ifodasini topgan.
Mavzuning ta`limiy maqsadida - dissosiasiya jarayoni tushunchalarining mohiyati, mexanizmi, shartlari, moddalar, eritmadagi ionlarning holati va ular orasida boradigan reaksiyalar haqida tushuncha beriladi.
Elektrolitik dissosiasiya nazariyasini o`rganish jarayonida eng muhim tarbiyaviy maqsadlar qo’yiladi. Boshqa nazariy mavzular kabi bu mavzu ham dialektik materialistik dunyoqarashni shakllantirish uchun boy material manbaga ega. Ichki elektrolitik qarama - qarshiliklar, har xil zaryadli zaryadlangan ionlar orqali aniq misollarda falsafiy kategoriya va qonunlarning mohiyatini ochib beradi. Natijada o`quvchida modda haqidagi dialektik tushunchalarning ichki aloqadorligi ochiladi.
Mavzuni o’rganish jarayonida o`quvchilarni rivojlantirivchi maqsadi. Modda haqidagi tushunchalarning kengayishi bilan, kimyoviy reaksiyalarning mohiyati chuqurlashadi. Bu mavzuni tarkibi quyidagicha: Avval elektrolit va elektrolitmaslar farqlanadi, keyin dissosasiya hodisasi tushuntiriladi. Elektrolit dissosasiya gidratlangan ionlar jarayoni kimyoviy jarayon ekanligi aytiladi, eritma ichidagi ion almashinish hamda oksidlanish - qaytarilish misolida kimyoviy reaksiyalar tushintiriladi. Bunda 3 muhim yo’nalish:
1. Ionlar bog’lanishi yo’nalishidagi almashinish reaksiyasi boradi
2. Elektrolit tuzining suv bilan ta’siri
3. Oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari eritmalarda boradi, tarkibi va ion zaryadlari o’zgarishiga olib keladi.
O`quvchilarning bilimi yangi sifat bosqichiga ko`tariladi.
Mavzu kursning qolgan mavzularini o`rganish uchun yuqori nazariy bazani vujudga keltiradi.
O`quvchilar oldingi tushunchalarni yangicha fikrlaydilar, o`zlarining tushunchalar mohiyatini rivojlantiradilar.
Elektrolitik dissosiasiya mavzusi mazmunining tizimi.
O`quvchilar kislota, ishqor, tuzlarning dissosiasiyasini tuza bilish, dissosiasiya tushunchasining mohiyatini bilishi hamda, ion almashish reaksiya tenglamalarini tuza olish kabi bilim ko`nikma, malakalarni egallashlari o`z ifodasini topgan. Mavzu mohiyatini ochishda modda haqidagi tushunchalarning to`rtta muhim tomoniga e`tiborni qaratish lozim. Ular: elektrolitlar, eritmada ionlar, dissosiasiya jarayoni mohiyati, eritmada ion reaksiyalari bo`lib hisoblanadi.
Elektrolitik dissosiasiya nazariyasi mavzusidagi tushunchalar mohiyati quyidagicha ketma - ketlikda ochib beriladi:
1) - elektrolit moddalar:
- elektrolitlar tuzilishi.
- dissosiasiyalanishining alohida xususiyatlari;
- elektrolitlarning klassifikasiyasi.
2) - eritmada ionlar reaksiyasi.
3) - Ion almashinish reaksiyalari.
- Tuzlar gidrolizi.
- Oksidlanish- qaytarilish reaksiyalari.
4) - Dissosiacsya jarayoni mohiyati.
- dissosiasiya sharoiti.
- dissosiasiyaning mexanizmi.
Bu o`rinda kimyoviy reaksiya tushunchasining sifat jihatdan sakrashi alohida ahamiyatga ega.
1. Almashinish reaksiyalarining ionlar bog`lanishi tomonga siljishi;
2. Elektrolit tuzlarining suv bilan birikishi (gidroliz).
3. Eritmada oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tarkibini va ionlar zaryadining o`zgarishga olib kelishi. Natijada oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari hamda elektrolitik dissosiasiya nazariyalarining o`zaro bog`liqligi tarkib topadi.
Mavzuni o`rganishning metodlari. Ta`lim mazmuni va uning maqsadi asosida metod tanlanadi. Shu tanlangan metod asosida o`quvchilarda bilim va ko`nikmalar shakllanadi. Elektrolitik dissosiasiya nazariyasi muammoli metodlar tanlanganda sifat jihatdan samarali bo`ladi.
Asosiy muammo-elektrolitlar xossalarining eritmada parchalangan ionlar xossalariga bog`liqligi masalasini o`quvchiga yetkaza bilish bo`lib hisoblanadi. Bu muammoni yechish uchun quyidagi savollarga javob berish muhim bo`lib hisoblanadi.
1. Nega elektrolitlar elektr tokini o`tkazadi-yu, noelektrolitlar o`tkazmaydi?
2. Nima uchun ion va qutbli bog`lanishli birikmalar ionlarga dissosilanadi, kovalent bog`lanishli birikmalar ionlarga dissosilanmaydi;
3. Dissosiasiyaga nima ta`sir etadi – erituvchi-mi yoki elektr toki;
4. Atom va ion orasida farq mavjudmi va hokazo.
Mazkur mavzuni samarali o`rganish uchun demonstrasiya, laboratoriya, eksperiment kabi tajribalarni bajarish kerak. Tuzlar gidrolizi mavzusini o’rganishning ahamiyati. Gidroliz tushunchasi o`quvchilarga alohida qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Bu qiyinchiliklarni bartaraf etish va gidroliz tushunchalari mohiyatini rivojlantirish ion almashinish reaksiyalari, qaytar reaksiyalar, kimyoviy muvozanat, kuchli va kuchsiz elektrolitlar kabi holatlarda o`z yechimini topadi. Gidroliz - nazariy tushunchadir. U elektrolitik dissosiasiya nazariyasining asosini tashkil etadi.
Tuzlar gidrolizini faqat ion reaksiyalari asosida tasavvur etish kerak. Mavzuni o`rganish, muammoli metodda olib boriladi. Avvalo o`quvchilar faollashtiriladi. Indukatorlarga tuzlarning munosabati ochib beriladi. O`qituvchi bu holatnilaboratoriya tajribalari orqali namoyish etadi. O`qituvchi aniq misollar yordamida tuzlar gidrolizining nazariy mohiyatini ochib beradi. O’quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetentsiyalar elementlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |