4. MULOQOT KISHILAR ORTASIDAGI OZARO TASIR ETISH
Kishilar muloqotga kirishar ekan, savol berish, buyruq, iltimos qilish, biror narsani tushuntirish bilan birga oz oldiga boshqalarga tasir etish, shu narsani ularga tushuntirish maqsadini qoyadi. Muloqotning maqsadi kishilarning birgalikdagi faoliyatiga ehtiyojini aks ettiradi. Bunda muloqot shaxslararo ozaro tasir sifatida namoyon boladi, yani kishilarning birgalikdagi faoliyati jarayonida paydo boluvchi aloqa va ozaro tasirlar yigindisidir. Birgalikdagi faoliyat va muloqot ijtimoiy nazorat sharoitida roy beradi. Jamiyat ijtimoiy normalar sifatida maxsus xulq - atvor namunalari tuzilishini ishlab chiqqan. Ijtimoiy normalar kolami nihoyat keng - mehnat intizomi harbiy burch va vatanparvarlik xushmuomalalik qoidalari ana shular jumlasidandir. Ijtimoiy nazariya muloqotga kirishuvchilar bajaradigan rolning “repertuar”iga mos holda namoyon boladi. Psixologiyada “rol’” deganda ijtimoiy (sotsial) mavqeni egallab turuvchi har bir kishidan atrofdagilar kutadigan, normativ tomonidan maqullangan xulq - atvor namunasi tushuniladi.
(yosh, mansab, jins va oiladagi, oqituvchi va oquvchi shifokor va bemor, katta kishi yoki bola, boshliq yoki xodim, ona yoki buvi, erkak yoki ayol, mehmon yoki mezbon rolida namoyon bolishi mumkin). Oz navbatida har bir rol’ oziga mos talablarga javob berishi kerak. Bir kishi turli muloqot vazifalarida turli rollarni bajarishi mumkin. Masalan, xizmat jo -
yida direktor, kasal bolsa shifokor korsatmalariga itoat etuvchi bemor, oilada keksa ota - onasining qobil farzandi, mehmondost oila boshligi boladi. Turli rollarni bajaruvchi kishilarning ozaro munosabati rolli kutishlari bilan boshqariladi. Xohlaydimi yoki yoqmi atrofdagilar undan malum namunaga mos keluvchi xulq -atvorni kutadilar. Agar rol’ yaxshi bajarilmasa ijtimoiy - nazorat tomonidan baholanadi, ozmi -kopmi cheklanishlar qilinadi. Muloqotning bevosita muvaffaqiyatining sharti ozaro tasir etuvchi kishilarning har biridan kutilayotgan harakatlarga mos keluvchi xulq - atvor namunasini qollanishidadir. Kishining boshqalar undan nimani kutayotganini, nimani eshitishga va unda nimani korishga tayyor ekanligini togri, aniq, xatosiz kochira olish qobiliyati takt deb ataladi. Oqituvchi oquvchilar jamoasi kishilardan tashqil topganligini unutmasligi har bir oquvchi shaxsini etibordan chetda qoldirmasligi kerak. Oquvchilar bilan psixologik aloqaning qisqa muddatga bolsada yoqolishi, ogir oqibatlarni vujudga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |