Reja: Muloqot haqida tushuncha


PEDAGOGIK FAOLIYATDAGI MULOQOT



Download 23,63 Kb.
bet2/8
Sana21.07.2022
Hajmi23,63 Kb.
#832854
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nutqli va nutqsiz muomala

PEDAGOGIK FAOLIYATDAGI MULOQOT:


1. Oquv vazifalarini bajarish vositasi.
2. Tarbiyaviy jarayonni taminlashning ijtimoiy - psixologik tizimi.
3. Talim va tarbiya jarayoni muvafaqqiyatini taminlovchi oqituvchi va oquvchilarning ozaro munosabatlarini tashqil qilish usuli.
4. Oquvchining individual xususiyatlarini tarbiyalash jarayoni sifatida namoyon boladi.
Pedagog bu muloqotning oquv tarbiyaviy jarayonlarni hissiy foni va vosita mazmunini tashqil etadi. Muloqot ikki va undan ortiq kishilar ortasida bilish yoki baholash tarzidagi axborot almashishda namoyon boluvchi ozaro tasirdir.


2. MULOQOTNING TURLARI VA VAZIFALARI.

Hamkorlikdagi faoliyatda zaruriyat tufayli inson boshqa kishilar bilan birlashishi, ular bilan munosabatga kirishishi, aloqa ornatishi, ozaro tushunishga erishishi va kerakli axborotni olishi, shunga mos javobni berishi kerak. Bunda muloqot faoliyatning bir tomoni, uning axborot aspekti-kommunikatsiya sifatida namoyon boladi. Biroq predmet yasash bilan birga inson ozi yasagan predmetda ozini “translyatsiya” qiladi, yani ozini boshqalarda davom ettiradi. Hosil qilingan predmet (korilgan bino, yozilgan qatorlar, otkazilgan daraxt) bir tomonidan faoliyat predmeti, ikkinchi tomondan inson ozini korsatadigan vositadir. CHunki bu boshqa kishilar uchun hosil qilingan. SHunday qilib, faoliyat muloqotning bir qismi, uning tomoni; muloqot faoliyatning bir qismi va tomonidir. Lekin muloqot va faoliyat barcha hollarda yaxlit (buzilmas) birlikni tashqil etadi.




3. MULOQOTNING NUTQLI VA NUTQSIZ VOSITALARI

Til muomala vositasidir. Til muomalaga kirishuvchilar ortasidagi kommunikatsiyani taminlaydi, chunki uni axborot beruvchi ham, uni qabul qiluvchi ham birday tushunadi. Boshqa kishiga axborot beruvchi (kommunikator) va uni qabul qiluvchi (retsipient) muloqot jarayonida bir xil tildan foydalanishi kerak, aks holda bir - birini togri tushunolmaydi. Axborot almashish muomala qatnashuvchilariga tushunarli belgi va mazmunga ega bolishi kerak. Til soz belgilari yigindisidan iboratdir. Sozning manosi uning mazmuniy tomonidir. Har bir alohida odamning harakatlari va faoliyatlarini alohida odamning harakati va faoliyatlarini 3 ta muhim omil belgilaydi. Birinchidan, butun insoniyatning yoki bir muncha tor doiradagi kishilar jamoasining ijtimoiy -tarixiy tajribasi belgilaydi. Kichkina bola dunyoni mustaqil ravishda bilab olmaydi, u ota - onasiga savollar beradi va ular unga javob beradilar, bu javoblardan bola oz faoliyatini keyinchalik foydalanadigan umumiy bilimlarning faqat ozgina qismini oladi. Umumiy bilimlarning bu ozginagina qismini bola til shaklida, til yordamida soz belgilari tizimida hosil qila oladi. Maktabda ham xuddi shunday boladi, oquvchi olam haqida barcha bilimlarni oqituvchining tushuntirishidan yoki darslikdan, yani til yordamida ozlashtiradi. Bu erda til ozining muhim vazifalaridan birini bajaradigan, yani yashash vositasi ijtimoiy -tarixiy tajribani berish va ozlashtirish vositasi tarzida namoyon boladi. Ikkinchidan, har bir alohida odamning ish -harakati va faoliyati kopincha ijtimoiy qiymatga ega bolmagan ozga kishilarning bevosita tajribalari belgilaydi. Masalan, men oshxona tomon yol olaman. Yolda ortogim uchrab menga: “oshxona yopilgan”, deydi. SHu paytda bu xabar mening faoliyatimni malum bir tarzda boshqaradi: men qayrilib, boshqa oshxona tomon jonayman. Bu erda til ozining boshqa muhim vazifasi bilan, yani vosita yoki kommunikatsiya usuli yoki olamning xatti -harakatlarini boshqaruvchi bir vosita sifatida namoyon boladi. Natijada har qanday kommunikatsiya, har qanday munosabat suhbatdoshiga tasir qilishdan iboratdir. Uchinchidan, har bir alohida odamning ish -harakatlari va faoliyatlarini har bir ayrim kishilarning shaxsiy tajribasi belgilaydi. Odamning “shaxsiy” tajribasi, oz individual tajribasi boshqa kishilarning tajribalari va ijtimoiy tajribaning oziga xos aralashmasidan iborat. Odam hayvondan farqli ularoq, o`z harakatlarini rejalashtira oladi. Bunday rejalashtirishdan va umumiy fikriy masalalarni hal qilishning asosiy quroli tildir.


Bu erda biz tilning uchinchi vazifasi aqliy faoliyatning ( idrok, xotira tafakkur, xayol) quroli sifatidagi vazifasiga toqnash keldik. Soz belgilari tizimi sifatida tildan nutq faoliyatida foydalaniladi.
Nutq faoliyati - odam tomonidan ijtimoiy -tarixiy tajribani ozlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya ornatish oz harakatlarini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. Til aloqa vositasi yoxud quroldir, nutq faoliyati yoki nutq esa aloqa jarayonining ozidir. Nutq faoliyatining faol va passiv turlari farqlanadi: Sozlovchining nutqi faol nutq, tinglovchining nutqi esa passiv nutq hisoblanadi. Nutq ichki va tashqi nutqqa bolinadi. Tashqi nutq-yozma va ogzaki nutqka, ogzaki nutq esa monolog va dialogik nutqqa bolinadi. Monolog - bir kishining oziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqidir. Bu oqituvchining bayoni, oquvchining tolaroq javobi, maruza va boshqalardir. Monologik nutq malum qiyinchiliklarga ega. Monologda gapirayotgan kishi fikrlarning aniqligiga, grammatik qoidalarning saqlanishiga, mantiq va aytilayotgan fikrlarning izchilligiga etibor berish kerak. Dialogik nutqqa nisbatan monologik nutq kechroq shakllanadi. Maktabda oqituvchilar oquvchilarda monologik nutqni rivojlantirishga alohida etibor berishlari kerak. Ikki yoki undan ortiq kishilar ortasidagi nutq dialog deyiladi. Dialogik nutqda bayon qilinayotgan fikr kop jihatdan undan oldingi fikrga bogliq boladi. Dialogik nutqda suhbatdoshlarga malum bolgan ayrim sozlar tushirib qoldiriladi. SHuning uchun yozib olingan dialog boshqalarga unchalik tushunarli bolmasligi mumkin. Dialogik nutqda har xil turdagi shablonlar, yani odatlanib qolingan soz birikmasi kop uchraydi (qoyil, marhamat qilib aytingchi). Nutqning ichki nutq deb atalgan turi nutq faoliyatining alohida turi hisoblanadi. Ichki nutq amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish fazasi sifatida namoyon boladi. Biz sozni chala - yarim aytishimiz bilanoq tushunaveramiz. Ichki nutq ayrim ogzaki nutq aktlaridan ilgariroq, xusosan ixtiyoriylik darajasi ancha yuksakroq bolgan ogzaki nutqdan ilgariroq sodir bolishi mumkin. YOzma nutq monologik nutqning turlaridan biri bolib yozma nutq monologik nutqqa nisbatan batafsilroqdir.
Nutqsiz kommunikatsiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, ohang, pauza, poza (holat), koz yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar nutqli kommunikatsiya - sozni toldiradi, kuchaytiradi va bazan uning ornini bosadi. Bolgarlarda boshni qimirlatish yoq degani, ruslarniki teskarisi boladi. Turli yosh guruhlarida nutqsizl kommunikatsiya vositasi turlicha boladi. Masalan, bolalar kopincha kattalarga tasir etish, ularga oz xohish va kayfiyatlarini otkazishda yigidan vosita sifatida foydalanadilar. Axborotni soz bilan bayon etishning mazmuni va maqsadiga nutqsiz kommunikatsiya vositalarining mos kelishi muomala madaniyatining bir turidir. Bu ayniqsa pedagog uchun goyat muhimdir.



Download 23,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish