Reja: Muddatli bitimlar, uning turlari va ishtirokchilari


Muddatli valuta risklari va ularning amalga oshirilishi



Download 219,99 Kb.
bet5/7
Sana19.11.2022
Hajmi219,99 Kb.
#869092
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Muddatli bitimlar – valyuta riskidan himoya vositasi sifatida

3. Muddatli valuta risklari va ularning amalga oshirilishi


Muddatli valuta risklari – bitim tuzilgandan keyin bitimdagi kurs bo’yicha kelishilgan xorijiy valutani ma’lum muddat o’tgach yetkazib berishga kelishiladigan valuta bitimlaridir. Bundan muddatli valuta risklarining ikki xususiyati kelib chiqadi:

  1. Bitim tuzilishi bilan bajarilishi o’rtasida ma’lum davr-vaqtbor.

  2. Muddatli valuta risklari bo’yicha valuta kursi ma’lummuddat o’tganidan keyin foydalanilsa ham, bitim tuzilayotgan paytda belgilanadi.

Odatda, bu risklar valuta kursi o’zgarishidan himoyalanish yoki qo’shimcha foyda olish maqsadida amalga oshiriladi.
Muddatli valuta risklarining quyidagi turlari mavjud:

  • forvard risklari;

  • fyuchers risklari;

  • opsionlar bilan risklar;

  • SVOP risklari;– valuta arbitraji.

Forvard risklari. Muddatli valuta risklari deb belgilangan, ammo ikki ish kunidan oshiq bo’lgan muddatda amalga oshiriladigan risklarga aytiladi.
Forvard valuta bitimi – bu voz kechib bo’lmaydigan va bank bilan uning mijozi o’rtasidagi ma’lum miqdordagi kelishilgan valutani bitim tuzilayotgan vaqtda qayd qilingan ayirboshlash kursida kelgusi muddatlarda amalga oshirish bo’yicha majburiyatlarning bajarilishidir. Bu vaqt aniq bir sana yoki ikki sana orasida namoyon bo’ladi. Forvard valuta bitimining o’ziga xos xususiyatlari mavjud:

  1. bu voz kechib bo’lmaydigan va majburiy shartnomadir.Bitim tuzilgandan keyin mijoz bitimdan voz kechishga haqqi yo’q. Mijoz shartnomada ko’rsatilgan chet el valutasini sotib olishi yoki sotish shart;

  2. bitim chet el valutasidagi aniq bir miqdorni tashkil etadi.Mijoz bitimda ko’rsatilgan miqdordan ko’proq valutani sotib olishga ham, sotishga ham haqqi yo’q;

v) bitim kelishilgan aniq bir sanada bajarilishi shart. Mijoz forvard bitimining bajarilish sanasini uzoqlashtira yoki yaqinlashtira olmaydi.
Agar bank sotish va sotib olish haqida bitim tuzsa, u faqat mijoz bilan kelishmay, balki tashqi Muddatli bitimlar bilan aloqa qiladi. Bu shuni anglatadiki, bank mijoz yoki bir qancha mijozlar bilan tuzgan forvard bitimlari uchun, albatta, Muddatli bitimlar orqali valutaning sotib olinishi yoki sotilishi qoplanishini ta’minlashi kerak. Dilerning pozitsiyasi har qanday ma’lum kun yoki davr oxirida doimo teng holga kelishi shart. Bu shuni anglatadiki, sotib olinayotgan va sotilayotgan valutalar balanslashtiriladi.
Agar mijoz qandaydir sabab bilan bitim shartlarini bajara olmagan holda bank, baribir, bozor bilan tuzgan bitimini bajarishi kerak bo’ladi. Shuning uchun bank mijozidan bitimda kelishilgan barcha shartlar bajarilishini talab qilishi shart. Mijoz shartlarni bajara olmagan taqdirda bank bitimning muddatini «uzaytiradi» yoki «yopadi».
Forvard valuta bitimi qat’iy belgilangan yoki opsionli bo’ladi.

  1. qat’iy belgilangan valuta bitimi – kelgusida aniq bir sana-da bajarilishi shart bo’lgan bitim.

  2. opsionli valuta bitimi – mijozning xohishiga ko’ra yokibitim tuzilgan vaqtdan uning bajarilishigacha bo’lgan davr ichida xohlagan kunda amalga oshiriladi.

Forvard kursi spot-kursidan forvard marjasi miqdoriga farq qiladi. Marja mukofot ko’rinishda bo’lishi mumkin, bunda forvard-kurs spot-kursdan yuqori bo’ladi; yoki diskont (chegirma) ko’rinishida bo’lishi mumkin, bunda forvard kurs spotkursdan past bo’ladi.
Forvard valuta bitimi asosan to’lovlarni sug’urtalash uchun qo’llaniladi.
Muddatli bitimlar bo’yicha son ko’rinishida kotirovkalanadigan valuta kurslari autrayt deyiladi.
Forvard yoki muddatli bitimlar xalqaro savdoda tijorat risklarini amalga oshirayotganda valuta riskidan sug’urtalanish imkonini beradi. Tijorat risklarini sug’urtalashning mohiyati shundaki, tashqi savdo, tijorat banklari bilan birga valuta kursi harakatidan salbiy natijalarni, ya’ni riskni yo’qotish maqsadida valutani sotish-sotib olish bitimi ham tuziladi.
Xorijiy valutadagi muddatli risklar zaruriyati, shuningdek, turli nosavdo, moliya risklarini sug’urtalash bilan ham shartlanadi:

  • xorijiy valutadagi qimmatli qog’ozlarga qo’yilmalar, pulbozoridagi depozitlar, xorijdagi filiallarga berilgan qarzlar, to’g’ri investitsiyalar va boshqalar valuta aktivlarini tashkil etadi va ular mos valutani muddatli, sotish yo’li bilan sotilishi kerak;

  • chet el valutasida xorijiy kapitallar bozoridan olingan qarz-lar valuta passivlarini tashkil etadi va sug’urtalash mos valutani muddatga sotish yo’li bilan amalga oshiriladi.

Chet el valutasidagi muddatli bitimlar quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

  • tijorat maqsadlarida valuta konversiyasi, ya’ni valuta riskinisug’urtalash uchun valuta tushumlarini oldindan sotish yoki to’lovlar uchun xorijiy valutani sotib olish;

  • xorijga portfel va to’g’ri investitsiyalarni, ular amalga oshi-rilgan valuta kursining mumkin bo’lgan pasayishi natijasidan ko’riladigan zararlardan sug’urtalash;

  • kurslar o’rtasidagi farqdan spekulyativ foyda olish.

Muddatli valuta risklarini konversiya, sug’urtalash va chayqovchilik risklarga bo’lish mumkin. Ularning barchasida chayqovchilik elementi mavjud.

Download 219,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish