6. Kurakoyoqli mollyuskalar (Scaphopoda) sinfi.
Курак оёқли моллюскаларни ҳозирги замон фаунасида 500 та тури учрайди. Барча вакиллари типик денгиз ҳайвонлари ҳисобланади, қум ва балчиқни ёриб (денгиз тубида) ҳаёт кечиради. Чиғаноғи узун трубкасимон бўлиб сут эмизувчилар тишининг тузилуришига ўхшаш. Шунунг учун бир пайтлар тишсимон моллюскалар ҳам деб аталган. Турлари катталиги 4мм дан – 30 см гача бўлади.
7. Mollyuskalar filogeniyasi va evolyutsiyasi.
Mollyuskalar – paleozoy erasining boshlari (kembriy davri) dan boshlab yashab kelayotgan va bir zamonlar okean – dengizlarda nihoyatda keng tarqalgan eng qadimgi hayvonlarlardir (bularning tuxumi qurigan bir necha o‘n ming qazilma turlari fanga ma’lum). Hozirgi paytda ham bu tipning yuz mingdan ortiq turi ma’lum bo‘lib, dunyoda eng ko‘p tarqalgan hayvonlardan hisoblanadi.
Mollyuskalarning hozir yashayotgan avlodlarini qiyosiy o‘rganish va qazilma qoldiqlarning tekshirish xulosalaridan ma’lum bo‘lishicha, bularning eng qadimgi avlodlari qorinoyoqlilar va to‘rt jabrali boshoyoqlilar bo‘lgan (qorinoyoqlilar hozirgi zamonda ham mazkur tip turlarining yaqin beshdan to‘rt qismini tashkil etadi). Qorinoyoqlilarning ham ko‘p qadimgi turlari yo‘qolib ketib, ularning o‘rniga yangi – o‘zgargan muhitga muvofiqlashgan formalari paydo bo‘lgan. Shu bilan bir qatorda dengizda yashovchi qorinoyoqlilarning bir qancha turlari qatorda dengizda yashovchi qorinoyoqlilarning bir qancha turlari chuchuk suv havzalarida, hatto quruqlikda yashashga moslashgan formalar hosil etgan.
Dengiz ikki pallalilari bilan qorinoyoqlilarning embrion rivojlanishini asosan bir tipda, ya’ni dastlab traxofora lichinkai, so‘ngra – veleger lichinkalari shaklida borishi va boshqa qiyosiy faktlar ikki pallalilarning qadimgi avlodlarini qadimgi qorinoyoqlilardan paydo bo‘lganligidan dalolat beradi. Faqat ikki pallalilar suv muhitidan tashqariga tarqalib, qorinoyoqlilar kabi ko‘p turlar hosil eta olmaganlar. Bu hodisaga, aftidan, ularning yon tomonidan “qisuvchi” ikki pallali chig‘anoqlari va boshqa faktlar sabab bo‘lgan.
Paleozoy erasining boshlaridan boshlab, yaqin 500 mln. yillar davomida yashab, minglarcha turlar hosil eta olgan to‘rt jabralilarning ba’zi avlodlaridan ikki jabralilar (o‘n oyoqli va sakkiz oyoqli mollyuskalar) rivojlangan. Garchi mazkur sinfning minglarcha qadimgi turlarining tuxumi qurigan bo‘lsada, hozirda ham bular (xususan ikki jabralilar) dengizda eng ko‘p tarqalgan yirik mollyuskalar hisoblanadi.
Qalqonli mollyuskalar aftidan mazkur tipning eng qadimgi avlodlaridir.
Traxofora lichinkasi va yagona ikkilamchi tana bo‘shlig‘ining saqlanishi, ba’zi guruhlarida (qalqonlilar sinfida) sodda chuvalchanglar xos nerv sistemasining saqlanganligi va boshqa faktlar mollyuskalarning eng qadimgi avlodlarini qadimgi sodda halqalilarning avlodlaridan yoki qadimgi traxoforasimon hayvonlardan mustaqil ravishda rivojlanganligini ko‘rsatadi. Bu masala fanda hozirgacha to‘la isbotlangan emasdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |