Reja: Mollyuskalar (Mollusca) tipiga umumiy tavsif


Mollyuskalar (Mollusca) tipiga umumiy tavsif



Download 28,74 Kb.
bet2/21
Sana14.01.2022
Hajmi28,74 Kb.
#364756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
6.Maruza

1. Mollyuskalar (Mollusca) tipiga umumiy tavsif.

Mollyuskalar (Mollusca) tuzilishi xususiyatlari bilan ko‘rib o‘tilgan tiplardan keskin farq qiladi. Tanasi sigmentlashmagan. Shu bilan birga teri – muskul xaltasi, ikkilamchi tana bo‘shlig‘ining mavjudligi, ayirish organlariningg nefridiyalar shaklida tuzilganligi hamda rivojlanish xususiyati bilan bular ma’lum darajada halqali chuvalchanglarning avlodlariga yaqin turadi. Mollyuskalarni o‘rganadigan fan Malakologiya deb ataladi.

Hozirgi vaqtda mollyuskalarning oldin yashagan 100 mingga yaqin turini hisobga oladigan bo‘lsak ularning umumiy soni manbalarda 50 ming dan 150 ming gacha tebranadi. Ma’lumotlarda bunaqa farqning bo‘lishi ko‘pgina holatlarda ayrim turlari bir necha marta qayd etilgan. Mollyuskalar nihoyatda uzoq evolyutsion tarixga ega. Mollyuskalarning kembriy davri yotqiziqlaridan boshlab topilgan, bugungacha yaxshi saqlangan ohaktoshli chig‘anoqli paleontologik topilmalari ular haqida boy ma’lumotlar beradi.

Mollyuskalar haqiqiy dengiz hayvonlari bo‘lib, chuchuk suvlarda ham yashaydi. Faqatgina bitta sinfi - gastropodalarning bir necha yuz turigina quruqlikda yashashga moslashgan.

Mollyuskalarning tanasi bosh, tana (“ichki organlar qopchig‘i”) bitta yaxshi muskullashgan oyoq va tananing orqa yelka qismidan maxsus iskana shaklida hosil bo‘lgan o‘simta – mantiya dan iborat. Deyarli hamma mollyuskalarda mantiya to‘qimasi himoya vazifasini bajaruvchi chig‘anoq hosil etadi. Mantiya bilan tana oralig‘ida mantiya bo‘shlig‘i hosil bo‘lgan. Tashqi muhit bilan tutashgan bu bo‘shliqqa jabralar (yoki o‘pka) va bir qancha ichki organlarining yo‘li ochilgan.

Boshida og‘iz, paypaslovchilar (teri va hid sezuv organi) ko‘z joylashib, og‘iz bo‘shlig‘ida qirg‘ichsimon o‘simtalar bilan qoplangan “til” bo‘lishi xarakterlidir. Terida joylashgan maxsus bezlar shilimshiq modda ajratib turadi. Shuning uchun tanasi yumshoq shilimshiqli. Ikkilamchi tana bo‘shlig‘i (selom) qisqarib, yurak atrofida va ba’zilarida tuxumdon yoki urug‘don atrofida joylashgan.

Og‘iz bo‘shlig‘i yoki xalqumga so‘lak bezining yo‘li ochilgan. Oshqazon atrofida “jigar” deb ataladigan organ joylashgan. Ko‘pchilik turlari jabralar orqali nafas olsa, quruqlikda yashaydiganlari esa mantiya devoriga tutashgan o‘pka yordamida nafas oladi. Yaxshi rivojlangan muskulli yurak – ikkilamchi tana bo‘shlig‘i (yurak oldi bo‘shlig‘ida joylashib) undan to‘qimalar va organlarga boruvchi qon tomirlari tarqalgan. Qon aylanish sistemasi ochiq. Ko‘pchiligi ayrim jinsli; ba’zilari ikki jinsli (xunosa - germofradit).

Nerv sistemasi - uch juft asosiy nerv; bosh nerv tuguni, ichki organlar va oyoq tugunlaridan tarkib topgan. Mazkur tugunlar o‘zaro tutashgan. Sezuv organlari ko‘z paypaslovchilar, muvozanat organi va kimyoviy sezuv organlaridan tarkib topgan.

Mollyuskalar sistematikasi ananaviy Linney klassifikatsiyasi bo‘yicha 7 ta sinfga bo‘linadi.

1. Aplacophora sinfi.

2. Xitonlar Polyplacophora sinfi.

3. Monoplacophora sinfi.

4. Gastropoda sinfi - qorinoyoqlilar mollyuskalar.

5. Cephalopoda sinfi - boshoyoqli mollyuskalar.

6. Bivalvia sinfi - ikki pallali mollyuskalar.

7. Scaphopoda sinfi - kurakoyoqli mollyuskalar.




Download 28,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish