Qon aylanish sistemasi – yurak ikkita oldingi bo‘lmacha va bitta qorinchadan tuzilib, bunga jabralarda oksidlangan qon tanaga tarqaydi. Qon aylanish sistemasi “yopiq”. Nerv tugunlari markazlashib, “bosh miya” hosil etadi.
Ko‘payishi - boshqa sinf mollyuskalaridan farq qiladi. Ko‘payish davrida erkaklari yirik spermatofora tayyorlab, qo‘shilish vaqtida uni urg‘ochisining mantiya bo‘shlig‘iga uzatadi. Ba’zi okean sakkiz oyoqlilarida va spermatofora joylashgan oyoq uzilib, mustaqil suzib yuradi va urg‘ochini uchratgach, uning mantiya bo‘shlig‘iga kirib spermatoforani tapshiradi. Urg‘ochilari bir – biriga ilashgan yirik tuxumlarini o‘z mantiya bo‘shlig‘ida otalantirgach dengizdagi biror o‘simlik yoki o‘troq hayvon (bulut) tanasiga ilashtirib qo‘yadi, ba’zilari esa tuxumlarini olib yuradi. Rivojlanish lichinkasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |