Bog'liq MAVZU ASOSIY XOJALIK FAOLIYATIDAN OLINGAN OLINADIGAN DAROMADLAR HISOBI
Asosiy(operatsion) faoliyatdan daromadlar hisobi. Moliyaviy faoliyatdan daromadlar va xarajatlarning hisobi.
BHMA -2 - “Asosiy xo’jalik faoliyatidan tushgan daromadlar “ milliy andozani 6.1 bandiga binoan -“ Asosiy xo’jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar” - bu xo’jalik yurituvchi sub’yektining odatdagi faoliyati davomida vujudga keladigan davr ichida mulk egalarining o’z sarmoyalariga badal bilan bog’liq bo’lgan ko’payishlarni istisno etganda, o’z sarmoyasi ko’payishiga olib keladigan tushumlardir.
Qishloq xo’jalik korxonalarida asosiy(operatsion) faoliyatdan daromadga ularni ixtisoslashishiga ko’ra yetishtiriladigan va sotiladigan mahsulot(ish, xizmat)lardan tushadigan daromadlar kiradi.
Bunda BHMA - 2 ning 11 -bandida ta’kidlanishicha -“ Mahsulotlarni sotish baxosi o’z ichiga sotishdan keyingi xizmatlar uchun ma’lum summani o’z ichiga olganda ushbu summa kelgusi davrga o’tkaziladi va xizmatlar ko’rsatilgan davrda daromad sifatida tan olinadi”- deyilgan.
Umuman, qishloq xo’jalik korxonalarida yetishtirilgan mahsulot (bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmat)larni sotishdan daromadlarni hisobi fanning 8-tayyor mahsulot(ish, xizmat)lar va ularni sotilishining hisobi mavzusini 4-savolida batafsil yoritilgan.
Xo’jaliklarda asosiy faoliyatdan olingan daromadlardan tashqari asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar bo’lib ularning hisobiga 9300 hisobvaraq mo’ljallangan va u quyidagilar bo’yicha olib boriladi:
9310 - Asosiy vositalarni sotilishi va turli chiqimidan olingan foyda (Dt9210Kt9310)
9320 - Boshqa aktivlarning chiqimidan foyda (Dt 9220 kt9320)
9330 - undirilgan jarima, boqimanda va bo’rdsizliklar(neustoyka)
(Dt 4860 Kt 9330)
9340 - o’tgan yilar foydasi(Dt 4010 Kt 9310)
9350 - Operativ lizingdan olingan daromad (Dt 4820 Kt 9340)
9360 - Kreditorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqishdan olingan daromadlar (Dt 6010-6990 Kt 9360)
9370 - Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarning daromadlari (Dt 5110-5530 Kt 9370)
9380 - Qaytarilmaydigan moliyaviy yordam (Dt 5110, 5530 Kt 9380)
9390 - Boshqa operatsion daromadlar (Tovar va mahsulotlarni ortiqcha chiqishi) Dt 2810, 2910 Kt 9390, mulk bo’yicha sug’urta to’lovlarini tushishi
Dt 6510 Kt 9390, avvalgi hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlaridan daromad Dt 4010, 4020, 4110, 4120 Kt 9390 va boshqalar)
Hisobot davr oxirida asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar hisobvarag’ining yopilishida Dt 9900 Kt 9310-9390
“Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi to’g’risida nizom”ga binoan korxonalarning moliyaviy faoliyatidan daromadlariga quyidagilar kiradi va ular hisobiga quyidagi schyotlar o’zaro bog’lanadi:
9510 - Royaltidan olingan daromadlar (Dt 4850 Kt 9510)
Royalti - lisenziya bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdan olingan daromad yoki lisenziya mukofoti; muallif qalam haqi; yer osti boyliklarini qazib olish huququ uchun ijara haqi.
9520 - Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar (Dt 4840 Kt 9520)
9530 - Foiz ko’rinishidagi daromadlar (Dt 4830 Kt 9530)
9540 - Kurs farqlaridan olingan daromadlar ( Dt pul mablag’lari, olinadigan schyotlar, majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar Kt 9540) 9550 - Uzoq muddatli ijaradan daromadlar(Dt 4830 Kt 9550)
9560 - Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar(Dt 0610, 5810 Kt 9560)
9590 - Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa daromadlar.
Hisobot davr yakunida ushbu hisobvaraq yakuniy moliyaviy natija hisobvarag’i bilan yopiladi(Dt 9510-9590 Kt 9910)
Nizomga ko’ra moliyaviy faoliyat xarajatlariga quyidagilar kiradi va ular hisobiga quyidagi hisobvaraqlar mo’ljallangan:
9610 - Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar (Dt 9610 Kt 6920)
9620 - Kurs farqlaridan zararlar (Dt 9620 Kt 5210)
9630 - Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar(Dt 9630Kt5110)
9690 - Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar (qimmatli qog’ozlarni qayta baholashda ko’rilgan zarar Dt 9690, Kt 0610 - 0690, 5810, 5890)
Hisobot davr oxirida moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar hisobvarag’ini yopilishiga (Dt 9900 Kt 9610-9690) hisobvaraqlar bog’lanishi tuziladi.