Prostaglandinlar. Ular (PG) biologik faol moddalar bo’lib, mahalliy ta’sir ko’rsatuvchi gormonlardir. Prostaglandinlar barcha organ va to’qimalarda sintezlanib organizmning talaygina fiziologik funktsiyalariga ta’sir ko’rsatadi. Xususan buyraklar gemodinamikasini, silliq muskullar qisqarishi me’daning sekretor funktsiyasi, yog’, suv, tuz va boshqa modda almashinuvi jarayonlarini idora etadi. Prostaglandinlarning o’tmishdoshi linol va linolenat kislotadan hosil bo’luvchi araxidohat kislotadir. Araxidonat kislota biomembranalarning fosfolipidlaridan ajralib chiqqandan so’ng fermentativ o’zgarishlar bo’yicha prostaglandinlar va leykotriyenlarga aylanadi.
Prostaglandinlar siklopentan halqasining tuzilishiga qarab 4 ta asosiy guruhga bo’linadi:
PGE, PGF, PGA, PGB
Do'stlaringiz bilan baham: |