Reja: Milliy gʻoya tarixi haqida



Download 10,62 Kb.
Sana03.11.2022
Hajmi10,62 Kb.
#859795
Bog'liq
sabina


Milliy gʻoya tarixi va nazariyasi fanining shakllanishi. Milliy gʻoya tipologiyasi
Reja:

  1. Milliy gʻoya tarixi haqida

  2. Fanning shakllanish bosqichlari

  3. Milliy gʻoya tipologiyasi



1) Malumki, inson hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham goya va mafkura muhim ahamiyatga egadir. Inson ong va tafakkurga ega bolib, oz oldiga muayyan maqsadlarini qoyib, bu maqsadlarini amalga oshirish uchun harakat qiladi. Insonning malum maqsadga qaratilib amalga oshiradigan hatti-harakati faoliyat deb nomlanib, moddiy va manaviy faoliyatning asosini insonning mehnati tashkil etadi. Insonning jamiyat hayotidagi faoliyati malum bir goya va mafkura asosida muayyan maqsadga yonaltiriladi. Dunyodagi hech bir jamiyat, xalq va millat goya va mafkurasiz yashay olmaydi. Dunyodagi har bir jamiyatning, har bir davlatning oziga xos hamda mos milliy goya va mafkurasi mavjud bolib, bu goya va mafkura davlat va jamiyatning tub maqsadlari va manfaatlarini himoya qiladi. Odamlar jamiyat taraqqiyotining qaysi davri va bosqichida yashamasin, ular albatla nimagadir ishonishi, nimagadir etiqod qilishi, qandaydir bir goyaga, mafkuraga, talimotga asoslanib ish korishi va faoliyat korsatishi zarurdir. Ozbekiston xalqini umumiy maqsad sari faol harakatga davat etadigan milliy goya va mafkura bugungi kunda juda ham muhimdir. Milliy goya va mafkura Ozbekiston fuqarolarni barkamol inson qilib tayyorlash, tarbiyalash, mustaqillikning ongli fidoyisiga aylantirishga xizmat qiladi. Insonning faoliyati va uning ijtimoiy faolligi jamiyat hayotiga maqsad va yonalish berib turgan goya va mafkuraga bevosita bogliqdir. Milliy goya va mafkura odamlarda kelajakka ishonchni, umidvorlikni tarbiyalaydi, mehr-muhabbat, oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, marifat tuygularni shakllantiradi. Jamiyat hayotidagi har qanday goya va mafkura muayyan ijtimoiy-tarixiy negizlarga asoslanganda u odamlarni oz atrofida uyushtirib, muayyan vazifalarini bajarishga yonaltiradi.Ozbekiston ozining milliy mustaqilligini qolga kiritganidan song boy tarixiy manaviy meros, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan holatda milliy goya va milliy mafkura ishlab chiqila boshlandi. Milliy goya xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni oz oldiga qoygan maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan goya bolib, u oz tarixi va taraqqiyotining tub burilish davrlarida har qanday millat va xalqning kelajagini belgilaydi. Milliy goya Ozbekiston xalqining madaniyati, tarixi, milliy oziga xosligi, manaviy-madaniy merosiga tayanilgan holda shakllanib boradi.Ozbekistonda bugungi kunda boy tarixiy, manaviy merosimizni tiklash masalasida kopgina ishlar amalga oshirilmoqda. Koplab ilmiy, badiiy, tarixiy, falsafiy asarlar, qadimiy qolyozmalar nashr qilinmoqda. Boy tarixiy manaviy merosimizning namunalari bolgan qadimgi qolyozmalar, bitiklar, xalq ogzaki badiiy ijodi namunalari, buyuk mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan dunyoviy va diniy mavzulardagi asarlarini izlab topish, chet elardagi manaviy merosimiz namunalarini Ozbekistonga qaytarish, xalqimizning manaviy mulkiga aylantirish uchun kopgina ishlar amalga oshirilmoqda. Ilm-fanning turli sohalariga taalluqli bolgan asarlar, badiiy adabiyotning nodir durdonalari, Ahmad Yassaviy va Sulaymon Boqirgoniylarining diniy-axloqiy mavzulardagi asarlari, Ahmad Yugnakiy va Yusuf Xos Hojiblarining pand nasihatlan, Najmiddin Kubro va Bahovuddin Naqshbandiylarining insonning ichki dunyosi, ruhiyatiga qaratilgan talimotlari, Alisher Navoiy va boshqalar tomonidan yaratilgan badiiy ijod namunalari xalqimizning boy tarixiy va manaviy merosi bolib hisoblanadi.
2)Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” fanining shakllanishi - Vatanimiz mustaqilligining milliy-ma’naviy asoslarini mustahkamlash, ma’naviy meros, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalangan holda kelgusi, zamonaviy baxtli hayotimizni tashkil etishda xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirish masalasi bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
SHu bilan birga, xalqaro maydonda mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda milliy g‘oyalarimizning tarixiy asoslarini chuqur o‘rganishni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilishda ulardan oqilona foydalanish. Ular asosida, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish, buyuklardan meros bu Vatanni asrab-avaylash, uning buyuk kelajagini tashkil etish kabi muqaddas tuyg‘ularni shakllantirish mazkur fan shakllanishining asosiy maqsad-yo‘nalishlaridan biridir.
3) G‘oyalar tipologitasi, milliy g‘oya tipologiyasi, ularning mazmun-mohiyati, milliy g‘oyaning mafkuraviy plyralizmga asoslanishi. Milliy g‘oyaning buhyodkor g‘oya ekanligi. Uning jamiyatni jamiyat, millatni millat, xalqni halq qilishdagi o‘rni va roli. Milliy g‘oyaning bosh maqsadi va asosiy g‘oyalari. Milliy g‘oyaning yot va zararli g‘oyalardan farqi. Uni aniqlash mezonlari.Milliy g‘oyaning umuminsoniy mazmuni , insonparvarligi , tinchliksevarligi va taraqqiyotga etaklashi. Islohotlar jarayonida bunyodkor g‘oyalar va erkinlik tamoyillarini ta’minlash imkoniyatlari. Mustaqillik sharoitida jamiyat g‘oyaviy- mafkuraviy asoslari o‘zgarishining mamlakat taraqqiyotini ta’minlashdagi ahamiyati. G‘oya inson va jamiyat taraqqiyotida asosiy o‘rin tutadi. Inson va jamiyat hayotida muhim o‘zgarishlarni amalga oshirilishida muayyan g‘oyalar ta’sir qiladi. Jamiyat taraqqiyotining ma’lum davrlarda tezlashuvi yoki sekinlashuvi, jamiyat hayotida ijobiy yoki salbiy holatlarning ro‘y berishi, qanday g‘oyalar hukmronlik qilishi va u qanday kuchlar tomonidan, qanday sharoitlarda, kimlarning manfaatlariga xizmat qilishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
G‘oya tushunchasining mohiyati nimadan iborat?
Inson o‘zining aql – zakovati, iymon – ehtiqodi va ijodiy mehnati bilan boshqa barcha tirik jonzotlardan farq qiladi.
Inson tafakkuri voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va ta’limotlar yaratadi. Demak, birinchidan, g‘oya inson tafakkurining maqsulidir.
Ikkinchidan, g‘oya oldin mavjud bo‘lmagan o‘zida yangilikni tashuvchi fikrdir.
Uchinchidan, oldin g‘oya paydo bo‘ladi, undan keyin g‘oya asosida mafkura, mafkura asosida esa tizim, siyosat paydo bo‘ladi.
Ilmiy-falsafiy adabiyotlarda «g‘oya», «mafkura», «ideya» va «ideologiya» tushunchalari ishlatilmoqda. Ideya va ideologiya ko‘‘proq g‘arb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Ideya iborasi yunon tilidagi idea so‘zidan olingan, ideologiya uchun o‘zak bo‘lib hisoblanadi va tushuncha yohud fikr ma’nosini anglatadi. Ideologiya (idea- g‘oya. Tushuncha, logos – ta’limot) atamasi esa g‘oyalar to‘g‘risidagi ta’limotni anglatadi va ikki xil ma’noda ishlatiladi.
- g‘oyalarning mazmuni, shakllanishi, ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha bo‘lib hisoblanadi;
- muayyan g‘oyani amalga oshirish, maqsadga etish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi.
Sog‘lom va nosog‘lom, ezgu hamda yovuz bunyodkor yoki buzg‘unchi g‘oyalar bo‘lishi mumkin. g‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, bular garchi tafakkurda ‘aydo bo‘lsa-da, keng jamoatchilikning maqsadlarini ifoda etadi. Ularning ishonchi va ehtiqodiga aylanib, ehtirof etilganligini bildiradi, inson (va jamiyat) ruhiyatiga, hatto tub qatlamlariga ham singib boradi. g‘oya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki dunyosigacha kirib borib uni harakatga keltiruvchi, maqsad sari etaklovchi ruhiy – aqliy kuchga aylanadi. Ularni muayyan maqsadga yo‘naltiradi, safarbar etadi. Ularni ji’slashtiradi, hamjihat va hamkorlikka undaydi.
G‘oyaning ijtimoiy mohiyati. har qanday g‘oya ijtimoiy xarakterga ega. Muayyan g‘oyalar odatda alohida olingan shaxs ongida shakllanadi. Ma’lum bir muddatdan keyin esa jamiyatning turli qatlamlariga tarqaladi, turli elatlar va millatlar orasida yoyiladi. Mustaqil hayotga qadam qo‘yyayotgan yangi avlod jamiyatda mavjud g‘oyalar tahsirida tarbiyalanadi. Muayyan qarashlar va g‘oyalarni o‘z ehtiqodiga singdiradi, o‘z navbatida yangi g‘oyalarni yaratadi va targ‘ib qiladi.
G‘oyaning eng muhim xususiyati – insonni va jamiyatni maqsad sari etaklaydigan, ularni harakatga ketiradigan, safarbar etadigan kuch ekanidadir.
Download 10,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish