Mustaqil ish
Falsafa
Bajardi:Roʻziyev .S
Qabul qildi:
Olamning yaratilishi haqidagi miflar va afsonalar
Reja:
Mif va uning turlari haqida umumiy tushuncha
Qadimgi yodnomalarda mifologik tasavvurlar
Turkiy mifologiyada afsonaviy obrazlar talqini
Dunyo va xudolarning paydo bo`lishi haqida yunon afsonalari
Mif nima?
Mif (yunoncha mithos —rivoyat, afsona, asotir) — qadimgi odamning olam haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui boʻlib, koinotning yaralishi, samoviy jismlarning paydo boʻlishi, inson, hayvonot va nabotot dunyosining vujudga kelishi, tabiiy hodisalarning sabab va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, iloh va maʼbudlar haqidagi eʼtiqodiy qarashlarni oʻz ichiga olgan. Miflar odamning voqelikka nisbatan ongsiz emotsional munosabati ifodasi boʻlib, tabiat va jamiyat hayotining turli qirralari mohiyatini tushuntiruvchi eng qadimiy tasavvurlar silsilasidir.
Mifologik tasavvurlar muayyan voqelik mohiyatini xayoliy uydirma vositasida izohlasa-da, miflar yaratilgan va ommalashgan joyda oʻz ijodkori va ijrochilari tomonidan hayotda boʻlib oʻtgan haqiqiy voqealar bayoni sifatida qabul qilingan. Qadimiy odamning olam to`g`risidagi tasavvurlarini oʻzida aks ettirgan va avloddan avlodga yetkazishga moʻljallangan miflarning ommalashish usullari ham turlicha. Ular, asosan, ogʻzaki ijro orqali hikoya qilingan. Mifologik tasavvurlar ibtidoiy urf-odat va marosimlarning asosini tashkil etuvchi ramziy xatti-harakatlardan iborat ritual oʻyinlar sifatida ham namoyish qilingan. Qadimiy tasavvurlar asosida yaratilgan osori-atiqalar hamda xalq hunarmandchiligi namunalaridagi ramziy chizgilarda ham mifik syujetlar aks etgan.
Mif quyidagi turlarga bo`linadi:
ibtido haqidagi miflar (olamning yaratilishi va yerda hayotning paydo boʻlishi toʻgʻrisida);
samoviy miflar (osmon jismlari va tabiat hodisalarining paydo boʻlishi haqida);
antropogenik miflar (gʻayrioddiy xislatga ega afsonaviy pahlavonlar: Gerakl, Gilgamesh, Odami Od, Hubbi va boshqalar);
sigʻinish – e’tiqod miflari (muayyan eʼtiqodiy ishonchlar bilan bogʻliq: xreildorlik, suv, oʻsimlik, olovga sigʻinish haqida);
etnogenetik miflar (urugʻ-qabilalarning kelib chiqishi bilan aloqador: 92 oʻzbek urugʻlarining paydo boʻlishi);
kalendar miflar (yil, oy, kun hisobi bilan bogʻliq: ayamajuz, ahmandahman, chilla, toʻqson hisobi bilan bogʻliq miflar);
esxatologik miflar (olamning intihosi haqidagi: oxirzamon to`g`risidagi miflar).
Qadimgi yodnomalarda mifologik tasavvurlar
Ibtidoiy inson o‘zini tabiiy olamdan aniq ajrata bilmagan, shu bois tabiiy obyektlarga o‘z insoniy xususiyatlarini ko‘chiravergan - tabiiy obyektlar inson kabi hayot kechiradi, ulaming insondagi kabi his-tuyg‘ulari bor, ongli, ma’lum maqsadga yo'naltirilgan xo'jalik faoliyatini yuritadi, deb bilgan. Shuningdek, inson ibtidoiy bosqichda mavhum fikrlashni bilmagan. Mifning barcha turlari manbai ana shu fikrlashda. Fetishizm, animizm va totemizm kabi e’tiqodlar ham aslida atrof muhitni “insonlashtirish”dan kelib chiqqan. Turkiy miflar ham ayni shu xususiyatlar va jarayonlami bosib o‘tgan.
Miflar, mifologik taffakkurning insoniyat tarixidagi ulkan ahamiyati hech kimga sir emas. ”Fan mifdan tug‟ilmaydi, - deb yozgan edi taniqli faylasuf olim A.F. Losev, - ammo mifsiz ham yashay olmaydi. Zero, fan doimo miflashgan”. Mifologik mushohadalarning badiiy ifodasi og’zaki ijod namunalari hamda ayrim mifologik obrazlar mohiyatida bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan.
“Mifologik tafakkur tasavvur hukmronligida paydo bo’lgan tafakkurdir, - deydi Ya. Golosovker. - Tasavvur oddiy faoliyat natijasi emas, balki oliy tafakkur shakli, ayni paytda ham ijod, ham bilim xususiyatiga ega bo’lgan shakldir. Bu hodisa mifologik obrazlar tabiatiga ham xos. Shuning barobarida xalqimiz tasavvurida mifologik obrazlar (dev, jin, yalmog`iz kampir, pari, humo, qaqnus, semurg` va boshqalar) bilan bog`liq bir qancha an’ana-odatlar, marosimlar hamda xalqimiz tarixining muhim sahifasi bo`lib kelayotgan arxeologik topilmalar, etnografik ma’lumotlar mavjudki, bu mazkur obrazlar faqatgina badiiyat mahsuli emas, balki o`zlarining tarixiy asosiga ega ekanligidan ham dalolat beradi. Shunga muvofiq, mifologik obrazlarning tarixiy ildizlarini o`rganish, ularning mifologik va tarixiy xususiyatlarini xalq og`zaki ijodi va yozma manbalar asosida qiyosiy tahlil etish o`rinlidir.

Tarixi eski, katta millatlarda asotirli, ya’ni mifologik manbalar juda mo`ldir. Bu jihatdan boy va mahobatli tarixga ega bo`lgan turkiy xalqlarning qadimgi yodnomalari katta qiymatga ega. O`tgan asrlar davomida ko`p harakatli katta urushlar, begona madaniyatlar va begona dinlar bilan munosabatlar turkiy xalqlar asotirlariga bir qator ta’sir ko`rsatdi. Bu ta’sirlarning izlari, turkiylar madaniyatining barcha sohalarini qamrab olgan holda aytish mumkinki, xitoyliklar, hindlar va eronlar bilan munosabatlarda bo`lgan ko`kturklarda va uyg`urlarda hamda to`g`ri janubga tushayotib arablar bilan duch kelib qolgan shumerlarda ko`rinadi. Oltoyliklar, yoqutlar, hatto qirg`izlar yuqoridagilar bilan qiyoslanilsa, hali-hanuz ta’sirlardan xolidirlar. Lekin har qalay bu munosabatlar namunalarga boy, manbalari ko`p, tangrilari o`ziga xos bo`lgan turkiy xalqlar mifologiyasining qiyofasini o`zgartira olmadi. Boshqa bir qator millatlarning madaniy hayotida keng o`rin egallagan mifologik tasavvurlar, obrazlar va asotirli mavzular esa turkiy xalqlar madaniyati ta`sirida shakllangani shak-shubhasizdir.

Do'stlaringiz bilan baham: |