SS 529 16-1- 42-K
mashinasi tolali, to`qima va sintetik materiallarni
bichishga mo`ljallangan. Mashina korpusi 1 da elektyuritgichi 2, pichoq va
charxlash mexanizmlari joylashtirilgan bo`lib, ularni platforma 4 ga o`rnatilgan
tayanch 3 ushlab turadi. Pichoq 5 ga vertikal ilgarilanma qaytma harakat krivoship
polzunli mexanizm orqali uzatiladi. Pichoq 5 ning old tomoniga materialni bosib
turuvchi planka 6 joylashgan. Pichoqning o`ng va chap tomoniga tortqi 7 ga vintlar
bilan mahkamlangan charxlash toshlari 8 o`rnatilgan. Charxlash toshlari 8 ikki
tomonlama aylanma harakatni bosh valga o`rnatilgan
disklardan shnurlar orqali
oladi. Charxlash aylanishlari orasidagi masofa 0,5-1 mm bo`lishi kerak. Mashina
platformasi ortida roliklar o`rnatilgan bo`lib, ular platformaning stol ustida yengil
siljishini ta`minlaydi (15.9-rasm).
Vertikal pichoqli ko`chma bichish mashinalariga pichoq harakati tezligini
ko`rsatadigan taksometr o`rnatilsa, qirqish tezligini keragicha o`zgartirish mumkin
bo`ladi.
Buning zarurati shundaki, masalan, sintetik tolalardan to`qilgan
gazlamalar
tez eriydigan bo`lgani uchun, bichish mashinasi elektr yuritgichining aylanish
tezligi minutiga 1800 martagacha kamaytirilishi kerak bo`ladi. Hozir vertikal
pichoqli ko`chma bichish mashinalarini takomillashtirish ustida ishlanmoqda.
Buning uchun elektr yuritgich podshipniklari avtomatik moylanadigan,
mashina
mexanizmlari gazlama changidan, tolalardan, iplardan mexanik yo`l bilan
tozalanadigan qilinmoqda; mashinaning ichiga ip yoki siyrak to`qilgan gazlamalar
kirib ketishiga yo`l qo`ymaydigan va gazlamaning bichish sifatini yaxshilaydigan
qilib, pichoq tig`ining yangicha konstruktsiyalari topilmoqda. Pichoq tig`ini
charxlash va kirovini to`qish avtomatlashtirilmoqda. Bundan tashqari, ko`rinishi
har xil pichoqlardan foydalanish ustida ham ish qilinmoqda. Masalan, juda dag`al
materiallarni kesish uchun dami silliq pichoqlar, maxsus kiyimlar tikiladigan qalin
gazlamalarni va dag`al sun`iy charmni
qirqish uchun dami arrasimon, serpardoz
gazlamalarni va sintetik tola gazlamalarini qirqish uchun esa dami to`lqinsimon
pichoqlar ishlatish tavsiya etiladi.
15.10-rasm. Vertikal pichoqli ko`chma bichish mashinasi. KV 1605R/KV
2005 E
14-
Disk pichoqli EZDM-3 ko`chma bichish mashinalari (15.11-rasm)
to`shamani alohida qismlarga bo`lishda va shakllari murakkab bo`lmagan
detallarni qirqishda ishlatiladi. Bunday mashinalardan ich kiyimlik va kuylaklik ip
gazlamalarni, ipak, yupqa jun va yarimjun gazlamalarni, shuningdek,
astarli
gazlamalarni bichishda foydalaniladi. Bunda to`shamaning balandligi 5-7 sm dan
ortmasligi kerak. Disk pichoqli bichish mashinalarining kichikroqlari ko`pincha,
tekislash qaychilari deb ataladi. Ular balandligi 1-3,5 sm to`shamalarni bichish va
kiyim detallarini tekislab qirqish uchun ishlatiladi. Ularda pichoq damini
charxlaydigan va moylaydigan moslamalar bo`ladi.
15.11-rasm. EZDM-3 disk pichoqli ko`chma bichish mashinasi.
EZDM-1 mashinasining qirqish organi 120 mm diametrli, 1,1 mm
qalinlikdagi disk pichoq 1 dan iborat. Bu pichoqning tutkichi
katta yassi doiradan
iborat bulgani uchun, unda to`shamani radiusi kichik traektoriya bulganda qirqib
bulmaydi, aks xolda qirqilayotgan joy yakinidagi joylari surilib ketadi. Bu
mashinaning platformasiga kimirlamaydigan yana bitta pichoq 2 urnatilgan bo`lib,
u prujina yordamida disk pichoq tig`iga kisilib turadi. Disk pichoqning tig`i
mashinaning uziga urnatilgan qo`zg`almas ikkita doiraviy moslama 6 da
charxlanadi. Disk pichoq yassi tutkich 3 ustiga urnatilgan elektr yuritgich 4
yordamida konus gildirak vositasida aylanadi. Tutkich disk pichoqnikidan kattarok
diametrli diskdan iborat bo`lib, mashinaning platformasi 5 ga biriktirilgan. Bu
mashinaning vertikal pichoqli mashinadan farqi shuni,
undagi pichoqning qirqish
tezligi o`zgarmas 9 m/sek bo`lishi mumkin. Bunday mashinalar ishlatishda,
pichoqning diametri 120 mm bo`lsa, to`shamaning balandligi 20-25 mm dan
oshmasligi shartligini va keskin burilishli hamda burchak joylarni qirqishda
to`shamaning pastki qavatlari oxirigacha qirqilmay kolishini nazarda tutish kerak.
Chet davlatlarda chiqarilayotgan shunga uxshash ba`zi mashinalarda doira
pichoq bilan birga, ko`pburchak shaklidagi pichoq ham bo`ladi.
Lenta pichoqli mashinalar ma`lum o`lchamdagi to`plamlardan
mayda
detallarni va murakkab shaklli detallarni uzil-kesil qirqib olish uchun ishlatiladi.
Lenta pichoqli bichish mashinalarini bichish stolining sathi etarli darajada katta
bulganda va katlamlari joylar joyga kuchirilayotganda surilib ketmaydigan
gazlamalarda ishlatish ma`kul. Lenta pichoqli bichish mashinalari ham statsionar
yoki ko`chma bo`lishi mumkin (15.12-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: