bichaverish mumkin. Bunda bir xil kiyimlarni bichishdan ikkinchi xil kiyimlarni
bichishga o`tishda bichish uskunasi ham, qirqish asbobi ham o`zgartirilmaydi.
Universal asbobda gazlama bichishning eng asosiy afzalligi ham ana shundan
iborat. Universal
usulning kamchiliklari shuki, bunda kiyim detallari aniq bichib
olinmay balki kengaytiribroq qirqiladi va bichish jarayonining o`zidan oldingi
ishlar, qavatlarni to`shash va tekislash ko`p mehnat talab qiladi.
Ommaviy tikishning rivojlanishi, tikuvchilik fabrikalarining ixtisoslanishi,
mehnat unumdorligini yanada oshirish va tikuvchilik mahsulotlari sifatini
yaxshilash zarurati gazlama bichishning samaraliroq usullarini topishni talab qildi.
Natijada gazlama bichishning
yangi-yangi usullari, jumladan, presslarda, rotatsion
qurilmalarda va boshqa uskunalarda maxsus asboblar yordamida bichish usullari
paydo bo`ldi.
Tikuvchilik sanoatida gazlama bichishning bunday usullari ishlatilganda,
to`shash
bilan bichish ishlari, bichish bilan kertish operatsiyalari bir vaqtda
bajariladigan bo`lsa, materiallarni ko`proq tejash va mehnat unumdorligini ko`proq
oshirish mumkin bo`ladi. Biroq bunday usullarda bichilganda, asboblar turi
nihoyatda ko`payib, ularga ketadigan harajatlar ortadi, chunki bunda har bir shakl
va har bir o`lchamli kiyimning har qaysi detali uchun bittadan
asbob loyihalash va
tayyorlash, gazlama bichishning biror usulidan boshqasiga o`tish uchun yangi
asbobni o`rnatish va uni uzoq vaqt ishga moslash kerak bo`ladi. SHu sababli,
mutlaqo tabiiyki, asboblarga ketgan harajatlar ularning ko`p vaqtga chidashi va
materiallarni tejash hisobiga qoplansagina gazlamalarni maxsus asboblarda bichish
samarali natija beradi.
Balandligi 180 mm li tik tutqich mashinaning platformasi 3 ga o`rnatilgan. Tik
tutqichning ustida minutiga 3000 marta aylanadigan elektr yuritgichi 4 bo`ladi.
Ko`chma bichish mashinalari ko`chma statsionar holatda o`rnatilsa, ularni
lentali bichish mashinalari o`rnida ishlatish ham mumkin.
Vengriyaning
“Pannoniya” firmasi qo`zg`aluvchan
pichoqli bichish
mashinalarining 20 dan ortiq variantlarini ishlab chiqaradi. Hozirgi paytda firma
CS
529
16-1-42-K
tipidagi
takomillashtirilgan
plastinasimon
pichoqli
qo`zg`aluvchan bichish mashinasini ishlab chiqarmoqda. Bu mashina bosh valining
aylanishlar soni 2800 ayl/min. Elektr yuritgichi turi F572 NN 01. Gabarit
o`lchamlari 560x185x330. Pichog`ining harakat yo`li 26 mm. Pichoq qalinligi 0,7
mm. Qirqiladigan material qalinligi 160 mm. CHarxlash organi harakat yo`li 156
mm. Pichoqni avtomatik o`tkirlanish vaqti 2-2,5 min. Pichoq 20 gradus ostida
o`tkirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: