Vallarning geometrik o‘qlari ixtiyoriy burchak bilan kesishgan hollarda konussimon g‘ildiraklardan foydalaniladi. Ko‘pincha vallarning orasidagi burchak =90o bo‘lgan uzatmalar ishlatiladi. Konussimon g‘ildiraklar tayyorlash silindrik g‘ildiraklar tayyorlashga qaraganda bir muncha murakkab bo‘lib tishlar qirqish uchun maxsus asbob va stanoklardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Konussimon g‘ildiraklarni talab etilgan aniqlik bilan yig‘ish undanham qiyin. Val o‘qlarining o‘zaro kesishuvi ularning tayanchlarini joylashtirishni qiyinlashtiradi va g‘ildiraklarning biri faqat bir tamondan joylashgan tayanchga o‘rnatiladi. Bu uzatmalarning uzatish soni konus shaklidagi friksion uzatmalarniki singari topiladi. Ilashishda bo‘lgan konussimon g‘ildirakli uzatmalarning vallariga aylana R kuch radial (val o‘qiga tik) T kuch, hamda val o‘qi bo‘ylab yo‘nalgan S kuch ta’sir etadi. Ularning qiymatlari va o‘zaro bog‘liqligi haqidagi ma’lumotni 1-rasmdan tushinib olish qiyin emas. 1-rasm Umumiy Q kuch tish yo‘nalishiga tik ta’sir etadi. Bu kuch tashkil etuvchilarga ajratilsa biri aylana kuch R ni ikkinchisi S va T ning umumiy ta’sir etuvchisi T ni hosil qiladi. Demak T kuch ta’sir etuvchilariga ajratilsa T va S hosil bo‘ladi. Tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki tishga ta’sir etuvchi solishtirma kuch ham tishning ko‘ndalang kesimi ham, tish bo‘yicha o‘zgarganligidan eguvchi kuchlanish tishning uzunligi bo‘ylab hamma erda bir xil bo‘ladi. SHuning uchun eguvchi kuchlanishga tishning istalgan kesimi bo‘yicha hisoblash mumkin. Agar uzatish soni katta bo‘lmasa, ya’ni (u6,3) elektr dvigatelga ulanadigan val bilan ish bajaruvchi qismga harakat uzatadigan vallar o‘zaro perpendikulyar holatda joylashgan bo‘lsa, konussimon g‘ildirakli reduktorlardan foydalaniladi (1-rasm).
1-rasm. Konussimon g‘ildirakli tishli uzatmali reduktor sxemasi.
Agar vallari o‘zaro tik bo‘lgan reduktorlardagi uzatish sonining bir muncha katta miqdorda bo‘lishi talab etilsa, bunday hollarda silindrik va konussimon g‘ildiraklardan tashkil topgan ko‘p pog‘onali reduktorlar ishlatiladi (2-rasm). Bunda reduktorning konussimon g‘ildiraklardan tashkil topgan qismi elektr dvigatel tomonidan birinchi pog‘onaga joylashtirilishi tavsiya etiladi.
2-rasm. Ko‘p pog‘onali konussimon g‘ildirakli reduktor sxemasi.
Xulosa:Men bu mustaqil ish yozishim davomida tishli uzatmalar va ularning turlari,tuzilishi,qo’llanilishi, hamda konussimon tishli uzatmalar haqida bilimlarga ega bo’ldim.