Innovatsion menejment - bu mulk egasi tomonidan innovatsiyalarning barcha turlarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalarni boshqarishning majmuaviy usuli. U o'z ichiga tashkiliy tuzilmalarni qurish, innovatsiyalarning yo'nalishlarini tanlash, innovatsiyalar, xodimlarni boshqarishning har xil jihatlarini muvofiqlashtirishni oladi.
Savdo menejmenti- savdo korxonasi faoliyatining barcha asosiy jihatlarini boshqarish jarayonidan iborat bo'ladi. U aniq savdo korxonasini rivojlantirish masalalari bo'yicha ratsionalroq boshqaruv qarorlarini shakllantirish, uning faoliyati har xil yo'nalishlarini muvofiqlashtirish va bu faoliyatning yakuniy natijalari yuqori samaradorligini ta'minlashga qaratilgan.
Texnologik menejment.
80-yillari yirik sanoat firmalarida elektron informasion texnika asosida ishlab chiqarishning yangi texnik bazasi yaratilgan va ishlab chiqarishning intensiv resurs tejamkorlik turiga o’tish yakunlaydi.
Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.
Yangi texnologiyalarni rivojlanishining quyidagi yo’nalishlari keng tarqaladi:
- ishlab chiqarishni mexanizasiyalashtirish va avtomatizasiyalashirish;
- texnologiyani yuqori samaraliligiga va kam operasiyaligiga o’tish;
- resurslarni tejashga o’tish;
- kompleks ravishda uskunalarning tizimini ishlatish.
Ishlab chiqarishni mexanizasiyalashtirish va avtomatizasiyalashtirish xozirgi sharoitda kompleks harakterga ega bo’lib, ishchi mashinalarni, texnologik liniyalarni va bloklarni avtomatizasiyalashtirishning, sonli boshqaruv stanoklarni joriy qilishni, EXMlarni, programmalashtirilgan robotlarni, mikroprosessorlarni ishlatishni mo’ljallaydi.
Texnologiyani yuqori samarali va kam operasiyaligiga o’tish, operasiyalarni yahlid kam operasiyali texnik tizimlarga birlashtirishni mo’ljallaydi.
Resurslarni tejashga, mahsulotni energiyaga va metallga kam harajatligiga olib kelishga yo’naltirilgan. Boshqacha qilib aytganda, resurslarni tejash siyosati muhim moddiy resurslardan foydalanishni kamaytirishga yo’naltirilgan.
Xozirgi zamonda keng tarqalgan kompleks mashina texnik tizimlarini, bunga misol qilib aytsa bo’ladi, ya’ni, programmali boshqaruvga asoslangan stanoklar, robotlar tizimi, uzluksiz
Do'stlaringiz bilan baham: |