Reja membrananing struktural mozaikasi va komponentlarining funktsiyalari



Download 150,14 Kb.
bet4/15
Sana24.05.2023
Hajmi150,14 Kb.
#943214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
17-Ma\'ruza (1)

2.2-rasm. Diffuziya hodisasi.
Hujayrada muntazam ravishda bir qancha katta-kichik molekulalar, turli organik birikmalar hamda kaliy, magniy, fosfat, natriy, xlor ionlar bo’ladi. hujayradagi natriy ionning kontsentratsiyasini pazmatik membrana shu ionlarni chiqarib turish yoki qabul qilish bilan boshqarib turadi. Demak, hujayradagi natriy ioni kontsentratsiyasining oshib ketmasligi shu ionlarni hujayradan chiqarib turuvchi mexanizm orqali bajariladi. Shu mexanizm hujayrada Na+ yig’ilib hujayraning bosimini ortib ketishidan va pirovardida, hujayrani nobud bo’lish (shishib, yorilib ketish) dan asraydi. Modomiki, natriy ioni hujayraga diffuz yo’li bilan kirib, unda kontsentratsiyasini oshirsa, hujayraning plazmatik membranasidagi fermentlar hamda energiya sarfi (ionlarni faol tashqariga chiqarish) bilan shu ion kontsentratsiyasining hujayradagi turgunligini ta’minlaydi. Ionning hujayraga kirishi va chiqarilishi mutanosibligidagi o’zgarish hujayra membranasining funktsional holatini o’zgartiradi (nerv hujayralaridagi qo’zg’alish impulsini ayrim hujayralarda sekretsiya jarayonini yuzaga keltiradi) hamda hujayra ichi va uni o’ragan muhitdagi boshqa ionlarning holatiga ta’sir etadi. Shu “nasos” ning mavjudligi o’simlik hujayralarining tarangli - bosimini yuzaga keltiradi va o’simliklarning yashash sharoitiga qarab, uning so’lib qolish va qayta oldingi holatga qaytishini ta’minlaydi.
Hujayralarga turli ionlarning kirishi va chiqishi yuqorida bayon etilgan “nasos” jarayoni orqali yuz bersa, ayrim organik moddalar (glyukoza) ning kirib chiqishi esa faol o’tkazish jarayoni bilan amalga oshadi. Agar hujayrada organik molekula kam bo’lsa, u modda diffuziya yo’li bilan hujayraga kirishni davom ettiradi. Hujayrada shu moddaning kontsenratsiyasi ortib ketsada, uning normal faoliyati shuni taqoza etsa shu modda hujayraga kirishni davom ettiradi. Modda shu hujayraning plazmatik membranasidagi “tashuvchi” modda bilan birikib, kontsentratsiya oqimiga qarshi harakat qiladi. Bu “kuchli” oqimini yengish uchun energiya sarflanadi. Membrana energiyasi tufayligina bu modda yuqori kontsentratsiyali muhitga o’tib oladi. Demak, bu moddaning kirishida ikki narsa: moddani biriktirib oluvchi ya’ni ferment va energiya sarfi muhim rol o’ynaydi.
Hujayra membranasi modda va ionlar harakatida barer (to’siq) vazifasini bajaradi. Hujayraning ichki muhiti hujayra atrof- muhitidan farq qiladi. Masalan, eritrotsit atrofidagi K+ kontsentratsiyasi yuqori, sitoplazmada esa Na+, Sa+ nasosi tushunchasi asosida hujayradagi qo’zg’alish (nerv hujayrasi o’simtasi bo’yicha qo’zg’alishning uzatilishi hamda mushakdagi qisqarish jarayonlari) izohlanadi. Na+/K+ nasosi jarayoni amalga oshishi uchun hujayra ichida Na+ zarur. Hujayraga K+ning kirishi sitoplazmadan Na+ chiqarilishini taqoza qiladi. Bu ikki jarayon o’zaro bog’langan bo’lib, ikkala ion nasosi birga ishlaydi. Hujayraga kirgan K+ ionning miqdori hujayradan chiqarilayotgan Na+ miqdoriga teng bo’lmaydi. Hujayradan chiqarilayotgan 3 ta natriy ioniga bitta K ionning kirishi to’g’ri keladi. Bunda bir molekula ATF parchalanib hosil bo’lgan energiya yuqoridagi ionlar almashinuvi jarayonini ta’minlaydi. Suv diffuziya yo’li bilan membranadan o’tadi. Ionlar, qandlar, aminokislota, nukleotidlar kabi erigan moddalar mahsus membrana tashuvchilari- oqsillar yordamida o’tkaziladi. Bu oqsillar har bir tashiluvchi uchun maxsusdir.
Hujayralardan chiqadigan modda membranasining ikki tomonidagi kontsentratsiyasi farq (kontsentratsiya gradienti) bilan aniqlanadi. Chiqadigan modda zaryadlangan bo’lsa, uning transportiga kontsentratsiya gradienti hamda membrananing umumiy elektrik gradient - membrana potentsiali ta’sir qiladi. Kontsentratsiya gradienti membrana potentsiali bilan birgalikda hujayra membranasining elektroqimyoviy gradientini hosil qiladi.
Membranadagi tashuvchi oqsil erigan moddani elektroqimyoviy gradientga qarshi faol transport etib, uni surib o’tkazadi. Ayrim, passiv tashishni amalga oshiruvchi oqsillar hujayra membranasida naychalar hosil qiluvchi oqsillarni tashkil etib, ma’lum kattalik va zaryadga ega bo’lgan, erigan molekulalarining diffuziya yo’li bilan o’tishini ta’minlovchi naychalarni shakllantiradi. Ayrim oqsillar tashiluvchi moddani biriktirib olib, membranadan o’tkazadi. Bunday o’tish jarayoni yengillashgan diffuziya hisoblanadi.
Plazmolemma hosilalari. Adgeziya hodisasi. Plazmolemma hosilalari: mikrotukchalar, kiprikchalar, xivchinlar.

Download 150,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish