Reja membrananing struktural mozaikasi va komponentlarining funktsiyalari


-rasm. Ikki hujayra orasidagi bo’shliqli aloqa



Download 150,14 Kb.
bet6/15
Sana24.05.2023
Hajmi150,14 Kb.
#943214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
17-Ma\'ruza (1)

2.3-rasm. Ikki hujayra orasidagi bo’shliqli aloqa.




2.4-rasm. Bo’shliqli aloqa orqali molekula va ionlarning o’tishi.


Plazmodesma - o’simlik hujayralarida uchraydi. Ingichka kanalchalar bo’lib 2 ta hujayrani biriktirib turadi. Kanalchalar diametri 40-50 nm. Plazmodesmalar orqali bir hujayradan ikkinchisiga moddalar harakat qiladi.
Hujayralar bo’linishidan so’ng yangi hujayralar o’sadi, hajmi ortadi va demak ularning membranasi ham kengayadi. Plazmolemmaning yuzasida doimiy ravishda lipid va oqsil molekulalarining yangi­lanib turishi kuzatiladi. Plazmatik membrana yangilanib turishi Golji apparati xisobiga amalga oshadi. Golji apparati hosil bo’lgan pufakchalar plazmatik membranaga kelib, bu yerda bir-biri bilan qo’shilib yangi membranani hosil qiladi. Bu jarayon asosan plazmatik mem­brananing shikastlanishida ro’y beradi.
Lekin plazmatik membrana yangilanib turishi hujayraning hayot faoliyati davomida ham sodir bo’ladi. Hujayrada endoplazmatik to’rda sintezlangan maxsulotlar Golji apparatiga o’tib, bu yerda kontsentratsiyala-nadi va membranaga o’raladi. Bu moddalar hujayradan ekzotsitoz yo’l bilan chiqariladi. Bunda vakuolalar plazmatik membranaga yaqinlashib ularning membranasi plazmatik membrana bilan qo’shiladi, vakuol ichidagi mahsulot esa tashqariga chiqariladi. Shu hisobiga plazmatik membrana sathi kattalashadi.
Ichkariga fagotsitoz yo’l bilan kirayotgan molekulalar hujayra yuzasiga kelib bu yerda plazmatik membrana bilan o’ralib ichkariga kiradilar va natijada plazmatik membrana usti kattalashadi. Demak, plazmatik membrana yangilanib turishida asosiy vazifani Golji appa­rati bajaradi.
Yuqorida aytib o’tilganlarni umumlashtirib, biologik membranalarning quyidagi umumiy xususiyatlarini keltirish mumkin:
1. Hamma membranalarning umumiy qalinligi 5-10 nm ni tashkil etadi.
2. Membrana lipoproteinli tuzilma bo’lib, ba’zi oqsil va lipid molekulalariga tashqi tomondan uglevod komponentlari birikadi. Membrana tarkibidagi uglevodlar 2%~10%ni tashkil etadi.
3. Lipidlar ulardagi qutbli boshchalar va qutbsiz dumchalari yordamida biqatlamni hosil qilib joylashadi.
4. Membrana tarkibidagi oqsillar turli tabiatga ega bo’lib, turli vazifani bajaradi.
5. Membrana yuzasidagi glikokaliks guruhi topib olish xususiyatiga ega.
6. Membrananing tashqi va ichki tomonlari tarkibi va xususiyati jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Hujayra tashqi apparatining submembrana tizimi faqat eukariotlarda bo’lib, unda 2 ta asosiy qism ajratiladi: hujayraning tayanch qisqarish tizimi va periferik (chekka) gialoplazma.
Tayanch - qisqarish tizimi mikrofibrillalar, mikronaychalar skeletli fibrillyar tuzilmalardan iborat. Fibrillyar tuzilmalar, deyarli barcha eukariot hujayralarda uchrab, tayanch vazifasini bajaradi.
Mikrofibrillyar tuzilmalar tarkibiga aktin, miozin, aktinin, tropomiozin oqsillari kiradi. Bu oqsillar membrana ostida mikrofilamentlardan iborat to’rni hosil qiladi.
Tayanch - qisqarish tizimining yana bir komponenti mikronay­chalar. Ularni tarkibi 80% tubulin oqsilidan iborat Mikrofibrillalar singari mikronaychalar o’zi yig’ilib va tarqalib turadigan tizim.
Mikrofibrillalar va mikronaychalar plazmatik membrana o’simtalarini mikrotukchalar, kiprikcha, xivchinlarni hosil qilishda ishtirok etadilar.
Hayvon hujayralari yuzasida ko’p uchraydigan usimtalar mikrotukchalardir. Ular sitoplazmaning hosilalari bulib membrana bilan o’ralgan bo’ladi. Qalinligi 100 nm. Ichak epiteliysining 1-ta hujayrasiga 3000 ta mikrotukcha to’g’ri keladi. Mikrotukchalar orasidagi plazmatik membrana qismlari zich glikokaliks bilan to’lgan bo’lib shu joyda moddalar ichkariga so’riladi. Vazifasi oxirigacha urganilmagan, asosan so’rish maydoni hajmini kattalashtiradi
Plazmatik membrana usimtalarining yana bir kurinishi kiprik­cha va xivchin. Plazmatik membrana bilan o’ralgan, bo’lib, asosida bazal tanachasi bo’lgan mikronaychalardan tuzilgan. Diametri 200 nm, uzunligi 200 mkm. Kiprikcha 1 ta bo’lsa xivchin deyiladi. Hayvon hujayralarida uchraydi, o’simliklarda erkak gametalarda hosil bo’ladi. Vazifasi harakat.

Download 150,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish