3 soniya qoidasi. To‘pni nazorat qilayotgan jamoa o‘yinchisi to‘p bilan yoki to‘psiz bo‘lishidan qat’iy nazar raqib jamoaning trapetsiya shaklidagi chegaralangan zonasida qatorasiga 3 soniyadan ortiq turishi mumkin emas.
Uch soniyali zonani chegaralab turgan chiziqlar shu zonaning qismi bo‘lib hisoblanadi. Shu chiziqlarning birini bosib turgan o‘yinchi zona ichida turgandek hisoblanadi.
5 soniya qoidasi. To‘pni egallab turgan hamda raqib tomonidan yaqindan ta’qib qilinayotgan o‘yinchi, to‘pni sheriklariga 5 soniya ichida uzatmasa, savatga otmasa, yumalatmasa yoki olib yurmasa, qoida buzilgan hisoblanadi. Maydon tashqarisidan to‘pni o‘yinga kiritishga hamda jarima to‘pini otishga ham 5 soniya vaqt beriladi.
Agar qoida buzilsa, to‘p qoida buzilgan joyga yaqin bo‘lgan yon (en) chiziq tashqarisidan o‘yinga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |